Neutral Tech | Texnologiya olami
45 subscribers
1.3K photos
36 videos
7 files
69 links
Biz bilan texnologiya haqidagi yangiliklardan birinchilardan bo'lib boxabar bo'ling.

News and reviews about Samsung: @only_samsung_uz

@Iqboljon_Zokirov
Download Telegram
📱 Xiaomi 17 seriyasiga ilk nazar

Xiaomi Weibo’da yangi flagmanlari haqida press-materiallar bilan bo‘lishdi va bazaviy model haqida ayrim tafsilotlarni ochiqladi.

🔹 Xiaomi 17:
- 6,3 dyuymli displey, ramkalari atigi 1,18 mm
- 19,6:9 format
- Og‘irligi — 191 g
- Klassik “plita” uslubidagi kamera bloki saqlanib qolgan

🔹 Pro versiyalar haqida hozircha ko‘p narsa ma’lum emas. Faqat yangi to‘q yashil va siyohrang ranglarda chiqishi aytilmoqda. Shuningdek, Xiaomi yana bir bor Mi 11 Ultra konsepsiyasiga qaytishini eslatib o‘tdi.

📅 Rasmiy taqdimot sanasi ham e’lon qilindi — 25-sentabr.
1
Xiaomi 17 seriyasining smartfon batareyalarining surati paydo bo‘ldi!

Xabar qilinishicha, asosiy Xiaomi 17 7000 mA/s soat sig‘imdagi batareya bilan jihozlanadi, Xiaomi 15 esa 5400 mA/s soat sig‘imga ega edi.

17 Pro modeli 6300 mA/s soat sig‘imdagi batareyaga ega bo‘ladi — bu asosiy versiyadan biroz kam, lekin 15 Pro’dagi 6100 mA/s soatdan ko‘p.

Eng yuqori 17 Pro Max, mish-mishlarga ko‘ra, 7500 mA/s soat sig‘imdagi batareyaga ega bo‘lib, bu uni flagmanlar orasida ajratib turadi.

Yana bir batareya, taxminan, Xiaomi 17 Ultra uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning sig‘imi 6800 mA/s soatni tashkil qiladi — bu 15 Ultra’dagi 6000 mA/s soatdan ko‘p.

Barcha modellarda 100 Vt tez zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi, oldingi avloddagi 90 Vt ga qaraganda.
1
vivo X300 Pro zoom kamerasidan olingan suratlar

Yangi 200MP Samsung HPB sensori katta farq qiladi.

Kamera X200 Ultra-dan yaxshiroq bo'lishi mumkin va 35 mm linzaning yo'qligi uni video uchun yanada jozibali qiladi.
1
MacBook Air - eng ingichka va eng arzon.

iPad Air - eng ingichka emas va eng arzon emas.

iPhone Air - eng ingichka va eng arzon emas.

Ikki yildan so‘ng uni mini va plus kabi boshqa narsaga almashtirishadi 😄
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁1
Eski dizaynning qaytishi: suratlarda oppo find X5 va X9

#oppo@neutral_tech
🔥3
🍪 Yevrokomissiya cookie-banner qoidalarini yumshatishi mumkin

Politico xabariga ko‘ra, Yevrokomissiya saytlarni har safar foydalanuvchidan cookie-fayllar uchun rozilik olishga majbur qiluvchi qoidalarni yumshatishni rejalashtirmoqda.

🔹 Cookie’larning asl maqsadi — foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilish edi. Ammo hozirgi paytda pop-up bannerlar odamlarni (hatto siyosatchilarni ham) charchatib yubordi. Natijada ko‘pchilik hech o‘ylamasdan “Qabul qilish” tugmasini bosmoqda. Bu esa dastlabki g‘oyaga zid.

🔹 Yevrokomissiyaning asosiy takliflari:
- “Zararsiz” cookie’lar uchun ko‘proq istisnolar kiritish
- Brauzerda cookie sozlamalarini bir marta belgilab, barcha saytlar uchun amal qilishini ta’minlash

Politico ta’kidlashicha, bu foydali yangilikni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, chunki maxfiylik tarafdorlari qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
👍1
🚀 YangWang U9X Bugatti rekordini yangiladi!

Xitoylik BYD kompaniyasi o‘zining yangi YangWang U9 Xtreme elektromobilini sinovdan o‘tkazdi va natija hayratlanarli bo‘ldi.

🔹 Nemis poygachi Mark Basseng boshqaruvida U9X 496,22 km/soat tezlikka chiqdi. Bu esa Bugatti Chiron Super Sport 300+ (490,48 km/soat) rekordidan ham yuqori!

🔹 Avtomobilning kuch qurilmasi — 2980 ot kuchi, 1200 voltli arxitektura va BYD’ning o‘z akkumulyatori. Bu ko‘rsatkich oddiy U9’dan uch baravar kuchli.

🔹 Yana bir rekord: Nürburgring trassasida U9X 6:59,157 natija qayd etdi. Shu bilan u Xiaomi SU7 Ultra’ni ham ortda qoldirdi.

📦 Faqat 30 dona U9 Xtreme ishlab chiqariladi. Narxi hozircha sir, ammo oddiy U9 1,68 mln yuan turadi.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Tesla’ning “avtopilotda butun AQSH bo‘ylab sayohat” tajribasi muvaffaqiyatsiz tugadi

2016-yilda Ilon Mask va’da qilgandi: “2017-yilda Tesla avtopilot rejimida G‘arbiy qirg‘oqdan Sharqiy qirg‘oqqacha bemalol yuradi”. Oradan 9 yil o‘tdi, lekin bu hali amalga oshmadi.

🔹 Yaqinda ikki bloger va Tesla aksiyadori San-Diegodan Jeksonvillgacha Model Y’da avtopilotda yurib ko‘rishni maqsad qildi. Mashinani eng so‘nggi FSD v13.9 dasturiga yangilashdi.
🔹 Ammo ular 100 km ham yura olishmadi — avtomobil yo‘lda yotgan qattiq chiqindiga urilib, osma tizimini shikastladi.

👀 Albatta, bunday vaziyatda haydovchi aralashishi kerak edi. Lekin bu voqea yana bir bor ko‘rsatadiki, “qirg‘oqdan qirg‘oqqacha avtopilotda yurish” hali orzu darajasida qolmoqda.
👍1
📸 OnePlus 15’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi!

Avval tarqalgan renderlar feyk bo‘lib chiqqan edi, ammo bu safar haqiqiy kadrlar qo‘lga kirdi.

🔹 Peace Elite League tadbirida smartfon ikki rangda ko‘rindi: bledo-bej va pushti.
🔹 Qiziq tomoni — bu safar OnePlus dizaynda odatdagidek “ilhom manbai” bo‘lgan Apple’dan emas, balki Xiaomi Mi 11’dan andoza olganga o‘xshaydi.

📱 Dizayn tafsilotlari hali to‘liq ochilmagan, ammo bu kadrlar yangi flagman haqida dastlabki tasavvur beradi.
2