Germaniyada Bepul Ta’lim
1.08K subscribers
142 photos
72 videos
12 files
289 links
Assalomu alaykum, ushbu kanalda Nemis tili o‘rganishingiz, Germaniyada o'qish, ishlash, praktika kabi mavzular haqida ham ma‘lumot olishingiz mumkin.

Zafar Usarov: https://taplink.cc/zafar.u
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1946-yil ikkinchi jahon urushidan keyingi Köln shahri.

Quyidagi videoda esa qisqacha 2022-yildagi Kölnni ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/ofIvTuOzVy8

⚠️ Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu dunyoning 80% ini tashkil etardi.

Telegram || Instagram || YouTube
​​Shvesariya, birinchi marta 2020-yil borgan edim. Juda chiroyli joylar, Alp tog'lari va ulardan oqib tushadigan muzdek suvlar, u suvlardan yig'ilib tozzaligidan tubi ko'rinadigan ko'llar, madaniyatli, hushmomila insonlar...

O'shanda har yozda Shvesariyaga qayta kelishni niyat qilgan edim🤲. Yozni bu joylarni ko'rmasdan o'tkazib yuborish menga chinakamiga alam qiladi.😊

📍Zürich, Shvesariya

Video: https://youtu.be/tp-Oqb9fzko
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alp tog’lari, Pilatus 2132 metr balandlikda.

📍Luzern, Shvesariya 🇨🇭

To‘liq video: https://youtu.be/7BB2AQPMO6E
DAAD-STIPENDIYA DASTURI 2023/24 YILLAR UCHUN

Chet ellik talabalar, bitiruvchilar, aspirantlar va universitet o'qituvchilari uchun DAAD dasturining moliyalashtirish imkoniyatlari hamda boshqa tanlangan moliyalash tashkilotlarining takliflari haqida ma'lumot:
https://t1p.de/o9zdu
​​Ko'pchilik Fransiya, Parijga borishni va Eiffel Tower'ni ko'rishni istashadi, bilmayman nega🤔 balki siz izohlarda yozarsiz nega Parijga kelishni xohlashingizni. Aynan men tabiatga ko'proq qiziqqanim uchun shekilli inson qo'li bilan barpo etilgan _"mo'jiza"lar shaydosi emasman.

Balki bu videodan keyin Fransiyaga kelish istagingiz yanada oshadi yoki aksi😁

_https_://youtu.be/AHgWbk_UqQw
​​Germaniyaga kelishingizdan oldin so’raladigan hujjatlardan biri bu so’zsiz, Versi­che­rungs­be­schei­ni­gung (tibbiy sug’urtalanganligingiz haqidagi ma’lumot).

Xo’sh o’zi bu qog’oz sizga nega kerak? Germaniyada har bir shaxsning tibbiy sug’urtalangan bo’lishi shart, sog’ligining kafilligi uchun.

Siz Germaniyaga kelganingizdan keyin sizga Krankenversichertenkarte beriladi va siz bu karta bilan istalgan shifoxonangizga borib sog’ligingizdagi muammoni aytib mutlaqo bepul davolanishingiz mumkin.

Tibbiy sug’urtani olish haqida quyida to’liq ma’lumot yozilgan.

P.S: aslida bu postda shifokorlarning bemorlarga qanchalik xizmat ko’rsatishi haqida yozmoqchi edim, keyingi postlarda o’qishingiz mumkin endi, vaqtingizga rozi bo’ling😉
​​Liebe Grüße zum Tag der Deutschen Einheit.

Bundan 32 yil avval, ya'ni 1990-yil 3-oktabrda sharqiy va g'arbiy Germaniya rasman birlashgan. Bu kun har yili bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Sharqiy va g'arbiy Germaniyani ajratish uchun 1961-yili 160 km uzunlikdagi devor qurildi. Bu devor 1989 yilgacha Berlinni ham qoq ikkiga ajratib turgan. Bu devorning markaziy darvozasi "Brandenburger Tor" hisoblanadi.

Sobiq DDR der Bundesrepulik hozirga qadar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tafovutlar mavjud: yangi federal shtatlarda kam odamlargina Federativ Respublikasining siyosiy tizimidan mamnun - va ularning nisbati ortib boraveradi. Sharqda ishsizlik hali ham yuqori, insolari „millatchilik“ mafkuralaridan voz kecholmagan, xuddiki O’zbekistondek.

Telegram || Instagram || YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda Köln shahridagi markaziy masjidda har juma namozida Azon baland ovozda jaranglaydi😊

Zentral Moschee Köln 🕌: https://youtu.be/DCvpek7mIn8

@nemistili_uz
​​Nein auf Deutsch

• Nein, Danke
• Auf keinen Fall!
• Das will ich nicht
• Ich lehne ab
• Ich will nicht
• Das möchte ich nicht
• Ich bedauere
• Ich bin nicht interessiert
• Unmöglich!
• Das ist nicht mein Dind
• Ich denke nicht
• Diesmal nicht
• Das ist leider nicht für mich
• Ich verzichte
• Eher nicht
• Gewiss nicht
• Unter keinen Umständen

Telegram || Instagram || YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Neue Regeln zur Einbürgerung - Fuqarolikka qabul qilish bo'yicha yangi qoidalar.

Germaniya fuqoroligini olish uchun chet ellik fuqorolar kamida 8 yil shu mamlakatda yashashlari va nemis tilidan kamida B1 sertifikatga ega bo‘lishari kerak edi, endlikda bu jarayonlar soddalashi mumkin.

Germaniya fuqoroligini olish haqida sizning fikringiz qanday?

Telegram || Instagram || YouTube
Karl Lauterbach Germaniya sotsial-demokratik partiyasining (SPD) nemis olimi, shifokor va siyosatchi. 2021-yil 8-dekabrdan beri Federal Sog'liqni saqlash vaziri shu bilan birga Köln universitetining sog'liqni saqalash iqtisodiyoti va epidemiologiya kafedrasi professori.

Rasmda uning uyi va moshinasini ko'rishingiz mumkin. Hokimyat tepasiga kelgandan keyin quchoqlarga sig'madigan bir olam "va'da"larni berib chupchaklar o'qimadi. Shunchaki unga yuklatilgan vazifani bajaryapti xolos, #yangi_girmaniston yasamadi.

Telegram || Instagram || YouTube
​​Yevropadagi eng yaxshi 3 ta to'liq stipendiyalar.

• Swiss Government excellence scholarships🇨🇭
• DAAD - Germany 🇩🇪
• VLIR-OUS Training and Masters scholarships Belgium 🇧🇪

P.S. ishonavering bu stipendiyalar haqidagi barcha savollaringizga Google'da javob bor.😉

Telegram || Instagram || YouTube
​​Germaniyaning Ulm shahri ko'chalarida uysiz odamlarni (Obdachlosen) hayoti uchun xavfli harorat, shamol, namlik va sovuq kechalardan himoya qilish uchun mo'ljallangan uyqu kapsulasi ko'rinishidagi favqulodda boshpanalar o'rnatilgan.

Kapsulalarda tunab qolish mutlaqo bepul va elekr energiyasi bilan taminlangan. Obdachloslar uchun oziq-ovqat, tibbiy yordam, kiyim kechaklardan tashqari mutlaqo foizsiz kreditlar ham beriladi.

"Inson qadri uchun" deb, saylovlar bo'lishidan oldin yoziladigan katta bannerlarni bu yerlarda ko'rmaysiz.

Telegram || Instagram || YouTube
​​Gohida izohlarda o’qib qolaman: „Nega buncha bosha davlat, millat va boshqa din vakillarini maqtaysan, O’zbekiston ham hech qayerdan qolishadigan joyi yo’q“ va shunga yaqin bir biridan ajoyib fikrlar.

Eng avvalo o’z shaxsiy fikringizni bildirayotganingiz uchun sizdan minnatdorman. Qaysidir manoda balki siz haqdirsiz ammo bizni hali o’rganishimiz kerak bo’lgan narsalar juda ko’pligini tan olishimiz kerak. Shu sababli ham boshqa xalqlarning barchamizga o’rnak bo’ladigan taraflari haqida ko’proq yozaman.

Germaniyada 195 dan ziyod davlatlardan va ayni vaqtdagi statistikaga ko’ra 11.8 million Ausländer yani chet elliklar yashaydi. Juda ko’pchilik chet elliklar ham bu yerda o’zlarini ko’p narsaga qodiroq va erkinroq his qilishadi. Millatchilik qusirlari O’zbekistonga nisbatan juda juda kam.

Bizdan millatchilik emas balki urug’lar ham bir biridan ajratiladi, viloyat, tuman, shahar, qishloq, mahalla, ko’cha va qo’shnilar ham biri birini ajratishga harakat qilishadi. Eng katta, insoniylikka to’g’ri kelmaydigan qusirlarimizdan biri ham shu bo’lsa kerak. Payg’ambarimiz ham „millattchilikni talab qilganlar bizdan emas“ deganlar.

Bir nemis qo’shnimiz haftaning 7 kunidan kamida 5 kunida Eingang (подъезд) oynasining tokchasiga o’zini ehtiyoji bo’lmagan narsalarni chiqarib qo’yadi. Hatto u joydan men ham o’zimga kerak bo’ladigan narsani olganman. Men ayni vaqtda yashayotgan shaharda haftaning chorshanba kunida insonlar o’zlaridagi ortiqcha naralarini ko’chaga chiqarib qo’yishadi, kimgadir keraklisi bo’lsa bamalol olib ketishi mumkin yokida internet dukonlarida zu verschenken yani shunchaki bupul berishlarini yozib qo’yishadi.

Rasmda IPhone X telefoning 3 dona Handyhüllen yani himoya g‘iloflarini ko‘rishingiz mumkin, bittasi ochilmagan ham. Bu kabi narsalar aslida juda oddiy ammo shu oddiylikni boshqalarga ham ulashish yaxshi hislat.

P.S. Kimgadir namadir barsangiz albatta xursand bo‘lmadi ishonmasangiz bugunoq sinab ko‘ring.😉 Bunday qilmasangiz ham hech bo’lmasa yuqoridagi 4 ta nemischa so‘zni eslab qolasiz degan umiddaman.😎

Ich wünsche euch ein schönes Wochenende.

Telegram || Instagram || YouTube
​​Germaniyaga Aapair dasturi orqali kelmoqchi bo'lgan aziz opa-singillarimizga tavsiyalar.

1. Kelishingizdan oldin yana bir bor barchasi haqida yaxshilab o'ylang.

2. A1 bilan ham borsam bo'ladi deb o'zingizni aldamang, kamida B1 til darajasi bilan kelishga harakat qiling!

3. Oila bilan imkon boricha ko'proq suhbat qilib, siz ularni ham o'rganing, oila tanlashda shoshilmang.

4. Yetib kelganingizda sizni kutib oladigan ishonchli tanishingiz bo'lsin.

5. Siz oilaga yokida oila sizga maqul kelay qolishini hisobga oling, shunday bo'lgan taqdirda keyin nima qilaman degan savolingizga aniq javobingiz bo'lsin.

6. Ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliarga tayyor turing, ovqatlanish, insonlarning munosabatlari, oilani sog'inish va shu kabi bir qancha masalalarga tayyor turing.

7. Kelishingiz bilan til kursini boshlang, buni aslo ortga surmang.

Yuqoridagi kabi hayot tarzi davomida sodir bo'liadigan vaziyatlar juda ham ko'p. Ular haqida istagancha yozish mumkin. Eng asosiysi esa Alloh bizga buyurganini unutmasligimiz kerak yani "Ayollar faqatgina mahramlari bilan safarga chiqadilar, hatto ibodat uchun bo'lsa ham" bu hadis. Germaniyada akangiz, ukangiz yokida ota-onangiz bo'lsa bu boshqa gap ammo yolg'iz kelishingiz kerak bo'lsa bu haqida yaxshilab o'ylab ko'ring.

Telegram || Instagram || YouTube
​​Talabalar uchun bu eng yaxshi imkoniyat.

3 oy davomida Germaniyada ishlab, tajriba ortirib ketish imkonini beruchi va har bir talaba foydalanishi mumkin bo'lgan sodda dasturlardan biri.

Bularning barchasi haqida quyidagi videoda bilib olishingiz mumkin. Savollaringiz bo'lsa izohlarda yozing va albatta kanalga obuna bo'lishi unutmang😎

https://youtu.be/pj6Q9Bp0-Nk
​​Muslim va muslimalar uchun Allohning bergan har kuni bayram.

P.S. oilamni ardoqlab, mehrimni ishor qilishim uchun qo‘shnim kelib ayan bir kunni belgilab berishi shart emas. Har kuningiz bayram bo‘lsin aziz opa-singlar🤲

Telegram || Instagram || YouTube
​​#foydasi_tegib_qolar

Germaniyda yashovchi barcha voyaga yetgan shaxslar Rudfunkbeitrag yaniki televideniya va radio uchun majburiy to’lov to’lashlari shart. Hozirgi kunda har oy uchun 18,36 o’zbek valyutasida esa 224 786,48 so’mni tashkil etadi.

Können international Studierende von den Rundfunkbeiträgen befreit werden?

Yaniki chet ellik talabalar bu to’lovdan ozod etiladimi? Ha albatta, bu to’lovdan ozod etilasiz buning uchun esa oylik daromadingiz, xarajatlaringiz hisoboti va yozma ariza berishingiz kerak bo’ladi.

P.S. birinchi marta men ham bu to’lovni to’lashim kerakligi haqidagi xatni olganimda ajablangan edim. Sababi men televezor tomosha qilish yokida mutlaqo kinofilmlar ishqibozi emasman. Shunga qaramasdan nega to'lashim kerak degan savolni berishim tabiiy edi.

Bu yerda yashovchilar bu to'lovni to'lashlarining asosiy sabablaridan biri bu siyosiy Propagandani oldini olish. Masalan O’zbekistonda radio va televideniyalarni soliqlar evaziga davlat moliyalashitiradi va buning evaziga esa guvohi bo'layotganingizdek jamiyatda barchasi yaxshi, Shavkat aka „Zo’r“ degan safsatalar, xalqni asl haqiqatlardan chalg’ituvchi axlatlarga to'ladi.

Telegram || Instagram || YouTube
#foydasi_tegib_qolar

Kranken- und Urlaubsgeld auch beim Minijobs für 520 €?

Agarda siz Minijob qilsangiz va kasal bo‘lib ishga borolmasangiz Arbeitgeber oylik to’lanmasligini aytadi. Aslida bu shundaymi? Ko‘pchilik ish beruvchilar Vertrag berayotganda kasal bo‘lgan vaqtingiz oylik to‘lanmasligi haqidagi qismini ham kiritib qo‘yishadi. Siz bu joyiga e‘tibor qaratishingiz kerak yokida Vorstellungsgespräch vaqtida bu haqida so‘rashingiz kerak. Qonun bo‘yicha boshqa ishchilar singari 6 haftagacha oyligingizni olishga haqlisiz. (§ 4 TzBfG; Griese in Küttner, 2020, Minijob A., Rn. 2)

Urlaubsgeld ham xuddi shunday bu ham sizning shartnomangizda keltirilgan bo‘ladi. Yozilmagan bo‘lsa albatta bu haqida ham so‘rashingiz kerak aksholda no money😎

@nemistili_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soll ich den mitnehmen 😀

P.S. chet tillarini o‘rganish qiziq jarayon kimdir buni uddalay oladi, kimdir esa yo‘q. Til o‘rganish sizga yoqsa va u sizga Spaß bag‘ishlasa ancha tez o‘rganishingiz mumkin. Oddiygina yuqoridagi videoni tushuna olish va mazza qilib kulish mumkinligi, boshqa millat egalari bilan suhbatlashish, kitoblar o‘qish, umuman olganda faqat ijobiy tuyg'ular. Yuqoridagi gaplar chet elga chiqib "soqqa" qilaman degan akalar uchun emas😉

Birodar agarda sizni til o‘rganishingiz qiyin bo‘lyaptimi yokida sizga bu jarayon zavq bag‘ishlamayaptimi, demak qayerlardadir xatoliklar bor.

und, wie lief deine erste Fahrstunde?

Telegram || Instagram || YouTube