Birinchi javob adashtirishi mumkin
Suhbatlarning boshida odamlar ko‘pincha asl sababni darrov aytavermaydi.
“Oylik kam.”
“Vaqtim yo‘q.”
“Sizni yoqtirmayman.”
Bular yolg‘on emas. Lekin ko‘pincha masalaning faqat ustki qatlami.
Bir oz gaplashsang:
“Oylik kam”ning tagidan — “Meni qadrlashmayapti” yoki “Falonchi mendan ko‘p topar ekan” chiqishi mumkin.
“Vaqtim yo‘q”ning tagidan — “Bu men uchun yetarlicha muhim emas.”
“Sizni yoqtirmayman” deganda esa — “Yoqtirganim bilan sizga berishmaydi” yoki “Bu shartlarda yashashga tayyor emasman” degan gap chiqishi mumkin.
Kishi buni ataylab yashirayotgan bo‘lishi ham shart emas. Ba’zan o‘zi ham nimadan bezovta bo‘layotganini gaplashgan sari tushunib boradi.
Shuning uchun birinchi javobni oxirgi javob deb qabul qilma.
Bir oz chuqurroq so‘ra:
“O‘zi seni eng ko‘p nima bezovta qilyapti?”
Ko‘pincha haqiqiy suhbat aynan shu yerdan boshlanadi.
https://t.me/negizz

Fakt unutiladi, xulosa qoladi
Odamlar voqeani unutadi. Lekin o‘sha voqeadan chiqargan xulosasini uzoq saqlab yuradi.
Masalan, bir marta omma oldida xato qilding.
Oradan vaqt o‘tadi. Kim nima degani, voqea qanday bo‘lgani esdan chiqadi.
Lekin ichingda bitta xulosa qolishi mumkin:
“Men odamlar oldida yaxshi gapira olmayman.”
Keyin har safar chiqish qilish kerak bo‘lsa, eski voqeani emas, shu xulosani eslaysan.
Eng xavflisi — vaqt o‘tishi bilan xulosani fakt deb qabul qila boshlaymiz.
“Bir marta uddalay olmadim” asta-sekin “Men buni uddalay olmayman”ga aylanadi.
Shuning uchun ba’zan o‘zing haqingdagi eski fikrlarni ham tekshirib turish kerak
Bu haqiqatmi yoki bir paytlar bo‘lgan voqeadan chiqargan xulosammi?

Sog‘lom munosabat ba’zan zerikarli tuyuladi
Chunki unda drama kam bo‘ladi.
Har kuni urushib-yarashmaysan.
Ketib qoladimi deb xavotir olmaysan.
Bugun yaxshi, ertaga sovuq bo‘lib qolmaydi.
Shuning uchun kuchli emotsiyaga o‘rgangan odamga tinch munosabat “zerikarli” tuyulishi mumkin.
Lekin oldin hayajon deb yurgan narsangning bir qismi noaniqlik, rashk va qo‘rquv bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom oilada esa ko‘p kunlari oddiy o‘tadi.
Birga ovqatlanasan.
Gaplashasan.
Hazillashasan.
Uxlaysan.
Ertasi kuni yana shu.
Bu hammasi joyida, muammo yo‘q degani emas.
Ba’zi gaplarni aytish qiyin bo‘ladi. Ba’zi muammolarning yechimi ham oson emas.
Farqi — har bir muammo oilani larzaga solavermaydi.
Ba’zan baxt degani katta hayajon emas.
Yoningdagi odamdan ko‘ngling tinch bo‘lishi.

Do‘st qiyin kunda sinaladi(mi?)
Bu gapni ko‘pincha o‘zimizga qulay qilib tushunamiz:
“Boshimga ish tushsa, kim yonimda qolarkin?”
Keyin qiyin kun keladi. Kim telefon qildi, kim kelmadi — hisob boshlaymiz.
Lekin do‘stlikning negizi bu emas.
Savol:
“Do‘stimning boshiga ish tushsa, men qayerda bo‘laman?”
U kuchli paytida yonida yurish oson.
Obro‘si borida ham.
Senga foydasi tegib turganida ham.
Qiyin joyi — undan hech narsa ololmaydigan paytingda boshlanadi.
Xato qilganda xatosini oqlamasdan, o‘zini tashlab ketmaslik.
Hamma uzoqlashganda, sen ham olomonga qo‘shilib ketmaslik.
“Do‘st qiyin kunda sinaladi” — do‘stlaringni tekshir degani emas. O‘zingning do‘stligingni tekshir degani.

Ertadan nega qo‘rqasan?
Ba’zan ichimizda bir shubha uyg‘onadi.
Do‘stimiz, yaqinimiz, jamoadoshimiz yoki sevgan insonimiz haqida:
“Shu kungacha undan ko‘nglim to‘q. Lekin boshga katta sinov tushsa, nima qilishini bilmayman.”
To‘g‘ri, ertani hech kim bilmaydi.
Lekin odam sinov kelganda birdan boshqa odamga aylanib qolmaydi. O‘sha kuni ichida nima bor bo‘lsa, kattaroq ko‘rinadi, xolos.
O‘z foydasi uchun yolg‘on gapiradimi?
Va’dasida turadimi?
Og‘ir paytda mas’uliyatni oladimi yoki qochadimi?
Hech kim ko‘rmayotganda ham prinsipini saqlaydimi?
Odamning katta qarorlari ham shu kichik kundalik tanlovlari asosida chiqadi.
Shuning uchun yillar davomida ishonchingni oqlab kelgan odam ertaga nima qilib qo‘yarkin deb yashash — uni emas, avvalo seni qiynaydi.
Keyin hali qilmagan ishidan ranjiysan.
Aytilmagan gapidan ma’no qidirasan.
Bo‘lmagan voqeaga ichingda hukm chiqarasan.
Bir qarasang, yoningdagi odam bilan emas, xayolingdagi odam bilan yashay boshlabsan.
Balki muammo uning kelajagida emasdir.
Balki sening bugungi gumoningdadir.
Qur’onda ham ko‘p gumondan saqlanish buyurilgani bejiz emas.

Muhabbat kerak
Bir narsani vaqt o‘tib tushunasan: chin muhabbat odamning qalbini kengaytirar ekan.
Bir insonni chin dildan sevganingda uning xursandchiligi sening ham quvonchingga aylanadi. Dardi senga ham dard bo‘ladi. Sog‘inasan, avaylaysan. Ba’zan o‘z istagingni chetga surib, unga yaxshisini o‘ylaysan.
Shunda hayot faqat “men”dan iborat emasligini his qilasan.
Balki ustozlarning “Insonni sevmagan Robbini sevolmaydi” degan gapining bir ma’nosi ham shudir.
Gap shunchaki bir yorga ko‘ngil qo‘yishda emas. Gap qalbning sevishni tanishida.
Bu yerda gap gunohga yetaklaydigan bog‘lanish haqida emas. Qalbga tushgan muhabbatning halol yo‘l topib, nikohda mas’uliyatga aylanishi haqida.
Bir inson orqali sog‘inish, avaylash, o‘zingdan boshqani o‘ylash nimaligini qalbing bilan his qilasan. Keyin shu qalb Robbini ham boshqacha sevadi. Odamlarga ham boshqacha qaraydi. Birovning dardi avvalgidek begona tuyulmaydi.
Shunda muhabbatning negizi faqat bir insonni qattiq sevishda emasligini tushunasan.
Chin muhabbat seni faqat sevganingga yaxshi qilmaydi. Qalbingni kengaytirib, odamlarga yaxshiroq, Robbingga yaqinroq qiladi.

Odamni bitta rolga sig‘dirib bo‘lmaydi
Tarixda davlat boshqargan, qo‘shin tortgan, katta qarorlar qilgan odamlarning ko‘pi bir vaqtning o‘zida ijod ham qilgan.
Bobur — hukmdor va sarkarda edi. Shu bilan birga shoir, yozuvchi edi.
Alisher Navoiy — davlat arbobi, shu bilan birga buyuk ijodkor edi.
Istanbulni fath qilgan Fotih Sulton Mehmed — “Avni” taxallusi bilan she’r yozgan.
Sulaymon Qonuniy esa ulkan imperiyani boshqarib turib, “Muhibbiy” nomi bilan she’rlar bitgan.
O‘sha paytda buning bir-biriga zid joyi ko‘rilmagan.
Hozir esa odamni bitta qutiga solishga o‘rganib qolganmiz.
Rahbar bo‘lsang — faqat boshqaruv haqida gapir.
Tadbirkor bo‘lsang — faqat biznes haqida.
Muhabbat, sog‘inch, do‘stlik yoki qalb haqida yozsang — go‘yo jiddiyliging kamayib qolgandek.
Aslida esa jiddiy qaror qila olish bilan nozik his qilish bir-biriga zid emas.
Rahbarlik ham oxir-oqibat odamlar bilan ishlash.
Odamni tushunish uchun esa uning faqat aqlini emas, qalbini ham tushunish kerak.
Shuning uchun ijod rahbarlikka begona emas. Balki odamni tushunishning boshqa bir yo‘li.

Erkak yig‘lamasin, deyishadi
Unda nima qilsin?
Ichiga yig‘ilgan dardni qanday chiqarsin?
Menimcha, gapni boshqacha aytish kerak.
Erkak yig‘lamasin emas. Dardi bilan boshqalarga dard bo‘lib qolmasin.
Kechasi turib joynamozini ho‘l qilsa qilsin.
Yolg‘iz qolib yig‘lasa yig‘lasin.
Og‘ir kunda sevgan insonining oldida ko‘ziga yosh kelsa, bundan ham uyalmasin.
O‘zim ham ba’zan ichim to‘lib ketsa, uzoq yo‘lga yoki tog‘larga yolg‘iz chiqib ketaman. Yig‘lab olaman. Ichimdagini chiqaraman. Keyin yengillashib qaytaman.
Yig‘lash ojizlik emas.
Ojizlik — dardingni ko‘tarishni butunlay boshqalarning zimmasiga tashlab qo‘yish.
Ayoling seni har safar tinchlantirishi kerak emas.
Onang sening har bir og‘irligingni ko‘tarib yurishi shart emas.
Ba’zan yig‘laysan.
Yuzingni yuvasan.
O‘rningdan turasan.
Va yana vazifangga qaytasan.
Mana shu haqiqiy erkaklikdan.

Ikkinchi xotin
Ikkinchi xotin olishga din ruxsat bergan.
Lekin ruxsat borligi — hammaga kerak degani emas.
Xohish borligi esa — bunga tayyor degani emas.
Chunki ikkinchi nikoh faqat boshqa ayol bilan yaqinlik emas.
Yana bir oila.
Yana bir ro‘zg‘or.
Yana vaqt.
Yana pul.
Yana farzandlar.
Yana bir ayolning haqqi.
Ba’zida bunga haqiqiy sabab bo‘lishi mumkin.
Er-xotinning jinsiy ehtiyoji keskin farq qiladi. Farzand bo‘lmaydi. Uzoq kasallik bor. Yoki boshqa jiddiy holat chiqadi.
Lekin “menda ehtiyoj bor”ning o‘zi yetmaydi.
Qur’on ham ruxsatni aytib, ortidan:
“Adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittaga”, deydi.
Shuning uchun savol:
“Yana uylangim kelyaptimi?” emas.
“Ikki oilani ham eplay olamanmi?”
Bir oilasini zo‘rg‘a boqayotgan odamning ikkinchi oila qilishi ko’pincha kutilgan natija bermaydi.
Pul kerak, lekin puli ko‘p bo‘lishni o’zi ham yetmaydi.
Vaqt bera oladimi?
Haqqini bera oladimi?
Janjalini ko‘tara oladimi?
10–20 yildan keyin ham “bu mening oilam” deb tura oladimi?
Eng muhim savol ham shu:
Yangi ayolning yangiligi tugagandan keyin ham shu nikohni xohlaysizmi?
Agar javob yo‘q bo‘lsa, sizga ikkinchi oila kerak emas.
Sizga yangi jinsiy aloqa kerak.
Farqi katta.
Islom ikkinchi xotinni buyurmagan.
Taqiqlamagan ham.
Ruxsat bergan.
Lekin ruxsat bilan birga haqqini ham yuklagan.
Shu sabab har xohlagan erkak ikkinchi xotin olishi kerak emas.
Lekin haqiqiy sabab, imkon va ikki oilani ham eplash kuchi bo‘lsa, buni shunchaki “shahvat” deb qo‘yish ham soddalik bo’lsa kerak.
O’zi shaxvati bo’lmaganda erkak birinchisiga ham uylanmasdi ham.

Hozir hamma joyda “shaxsiy brend quring, kontent qiling, ko‘rining” degan gap.
To‘g‘ri. Biznesingiz yoki biror ishingiz bo‘lsa, odamlar sizni tanishi kerak. Qilgan ishingizni ko‘rsatmasangiz, qayerdan bilishadi?
Lekin ko‘pchilik shu yerda qayerda to‘xtashni bilmayapti.
Avval ishini ko‘rsatadi. Keyin oilasi, bolasi, qayerga borgani, nima yegani, kim bilan urishgani ham kontentga aylanadi.
Biror yaxshi voqea bo‘lsa, xursand bo‘lib ulgurmay, uni qanday qilib hammaga ko‘rsatishni o‘ylaydi. Bir kun jim tursa, odamlar unutib yuboradigandek.
Mana shu joyi ochig’i xavfli.
Shaxsiy brend sizga va ishingizga yordam berishi kerak. Siz esa kun bo‘yi unga kontent tayyorlaydigan qulga aylanib qolmasligingiz kerak.
Ishingizni ko‘rsating. Bilganingizni ayting. Lekin hammasini emas.
Odamlarning siz haqingizda kamroq bilishi kamchilik emas. Ko‘pincha bu katta ustunlik. Muallif ham buni kech tushundi.
Ba’zan post qo‘yishdan oldin bitta savol yetadi:
Buni ishim uchun qo‘yyapmanmi yoki shunchaki meni ko‘rishsin debmi?
Shaxsiy brend sizga ishlasin. Siz unga emas.