N.E.G.A
544 subscribers
124 photos
34 videos
3 files
287 links
Salom do'stlar! Bu kanalda faqat quruq faktlar emas,ilm-fan va oddiy kundalik hayotimiz haqida haqiqiy, ishonish mumkin bo'lgan to'liq ma'lumotlar yetkaziladi.

Aytgancha, @SavolNEGAbot ga o'ziningizni qiziqtirgan savollarni bering!
Download Telegram
Tugʻilgan kun paradoksi

Bilasizmi, bir xonada 23 ta odam bor bo'lsa, unda u yerdagi ikkita odamning tugʻilgan kunlari bir kunga to'g'ri kelishi ehtimolligi 50% dan yuqoriroq. Agar jamoat 60 ta yoki undan koʻp bo'lsa unda, buning ehtimolligi 99% dan yuqori bo'ladi.

Boshqacha qilib aytganda, maktabda bir kunda tugʻilgan o'quvchilari bor bo'lgan sinflarni topish, unaqa holat kuzatilmaydigan sinflarni topishdan ancha osonroq.

Umuman olgada bu haqiqiy matematik paradoks emas, shunchaki hayotda buning ehtimolligi ancha kamdek tuyulgani uchun uni paradoks deb atashadi.


Siz ham buni sinab koʻring, tanishlaringiz orasida bir kunda tugʻilganlari albatta topiladi.
Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
Dunyodagi barcha shilliqqurtlar chig'anog'i o'ng tarafga, ya'ni soat strelkasi bo'yicha buralgan.

Ammo, bazida chigʻanogʻi chap tarafga buralgan shilliqqurtlar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday shilliqqurtlar deyarli milliondan bitta holatda uchraydi.
Ularning jinsiy organlari joylashuvi ham oddiy turdoshlaridan farq qiladi. Shuning uchun ular boshqa shilliqqurtlar bilan juftlashib, naslini davom ettira olmaydi.(Aslida ular germafrodit ya'ni, bitta organizmda ham ayol ham erkak organlari bor. Lekin, urug'lanish uchun shilliqqurtlarga jufti yordam berishi kerak)

2016-yil Britaniyada qiziq hodisa roʻy bergan. O'shanda Jeremy laqabli ana shunday shilliqqurt egasi unga o'z sevgisini topishga yordam bermoqchi boʻlgan. Buning uchun u Twitter sahifasida e'lon bergan. Tez orada bir emas ikkita shunday "chapaqay" shilliqqurtlar topiladi va Jeremy 56 ta bolalik bo'lishga erishadi. Qizig'i ularning hammasi oddiy chig'anoqli bo'lib tug'ilgan.

Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlar @nega_unday kanalida.
Yaxshi yangilik

Ancha oldin va'da qilgan Tarix haftaligini keyingi hafta o'tkazamiz!!!

Undan nimalar kutayotganingizni, fikr va takliflaringizni pastdagi izohlarda kutib qolaman.
Birinchi o'rinda sizning fikringiz men uchun muhim.😊
N.E.G.A pinned «​​Saloom, astronomiya haftasini rasman ochiq deb eʼlon qilamiz!!! Bir hafta davomida sizga kosmos haqida qiziqarli va ba'zida hayratlanarli ma'lumotlarni yetkazishga harakat qilamiz.Bu vaqt davomida bizni kuzatish qiziq boʻladi deb o'ylayman, shuning uchun…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#obunachidansavol
Kosmosda yeg'lash qanday bo'ladi?

Odamlar orasida kosmosda yeg'lab bo'lmaydi degan gap yuradi. Bu unchalik toʻgʻri emas.

Vaznsizlikda ham ko'z yoshlar chiqaradigan bezlar normal ishlaydi. Lekin, Yerning tortishish kuchi kam boʻlgani uchun ko'z yoshlar tomchilab oqish o'rniga ko'z atrofiga yeg'ilib qoladi.

Xalqaro Kosmik Stansiyasi kosmonavti, Chris Hadfield manashu videoni taqdim etib, ko'pchilikni qiziqtirgan savolga nuqta qo'ydi. Uning aytishi boʻyicha kosmosda ko'z yosh oqizish yoqimli ishlardan emas, yig'ilib qolgan yoshlar ko'rishga juda halaqit qilar ekan.


Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
#boshqa_rakurs
Bilasizmi? 3 gramm faollashtirilgan koʻmirning umumiy yuzasi futbol maydonining yuzasidan katta!!!

Aktiv komirda ko'zga ko'rinmaydigan, juda koʻp va murakkab joylashgan govakchalar bo'ladi. Govaklarning koʻpligi tufayli umumiy yuza juda kattalashib ketadi.
Aynan shu govakchalar hisobiga ko'mir eng yaxshi absorbent ya'ni singdirib oluvchidir. U organizmdagi zaharli moddalar va gazlarni ham shimib oladi. Aynan shuning uchun turli xil zaharlanishlarda shifokorlar faollashtirilga ko'mir yozib beradi.

Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aktiv ko'mir govaklari va ular qanday qilib moddalarni o'ziga singdirib olishi.

@nega_unday
#obunachidansavol

NEGA shamollash yoki boshqa kasalliklar kechasi qiyinlashadi?

Barchamizga tanish holat. Shamollasak ko'chada bemalol yuramiz, lekin kechki payt uyga kelganimizda birdan burin oqib, bosh ogʻrishi boshlanadi.

Barchasiga bioritmlar aybdor. Barcha organizmlarda hususan odamlarda ham kunning maʼlum bir qismida qaysidir funksiyalari faolroq, qaysidirlari esa sustroq ishlaydi. Bu bizning ichimizdagi "biologik soat" va Quyoshning holatiga bogʻliq.
Inson immuniteti ham kunning boshqa qismlariga nisbatan, kechki paytda yaxshiroq ishlaydi. Immunitet bor kuchi bilan ishlagani uchun tana harorati koʻtariladi, bosh ogʻrigʻi, burun oqishi kuzatiladi.

Buning ustiga, ko'chada boʻlganingizda siz biror ish bilan band bo'lasiz va bunday muammolarga unchalik e'tibor bermaysiz. Uyda esa uyquga ketishdan oldin koʻpincha tinch xonada bo'lasiz, va albatta, bunga e'tibor qilmaslikni iloji bo'lmaydi.

Hullas, kirib kelayotgan dastroʻmollar mavsumi bilan, do'stlar!!!🤧
Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
N.E.G.A
​#obunachidansavol NEGA shamollash yoki boshqa kasalliklar kechasi qiyinlashadi? Barchamizga tanish holat. Shamollasak ko'chada bemalol yuramiz, lekin kechki payt uyga kelganimizda birdan burin oqib, bosh ogʻrishi boshlanadi. Barchasiga bioritmlar aybdor.…
Mavzuga oid.
Antarktidada har qancha sovuqda yursangiz ham hech qachon shamollab qolmaysiz. Bunday ekstemal sharoitlarda shamollash va gripp chaqiruvchi viruslarlar yashab qola olmaydi.

@nega_unday
Tanishing, bu "mitti suv ayigʻi"!

Bu mikroskopik hayvon ekstremal sharoitlarda yashab qolish bo'yicha chempion.(Rembo uning oldida hech kim emas😂). Bu jonzot kattaligi atigi 0.1-1.5 mm. Lekin bu unga -271°C sovuqda 100°C issiqda, vakuumda, ochiq koinotda, juda kuchli radiatsiyada(odamdan taxminan 1000 karra chidamliroq), 6000 atmosfera bosimda(odam uchun normal 1 atmosfera), 10 yilgacha suvsizlikda YASHAB QOLA OLISHiga halaqit bermaydi.

Ana shunaqa gaplar...
Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz shunchaki @nega_unday kanaliga ulanib qo'yishga erinmang.

Ha, aytgancha. Bu "shirin" maxluqning o'zbekcha nomi yo'q(o'zbek Wikipediasida topa olmadim). "Mitti suv ayigʻi" shunchaki uning laqabi. Ruschada tixoxodka, inglizchada targidrade. Keling unga o'zbekchada nom topamiz.
Javoblarni kommentlarda kutib qolaman.😁
N.E.G.A
Tanishing, bu "mitti suv ayigʻi"! Bu mikroskopik hayvon ekstremal sharoitlarda yashab qolish bo'yicha chempion.(Rembo uning oldida hech kim emas😂). Bu jonzot kattaligi atigi 0.1-1.5 mm. Lekin bu unga -271°C sovuqda 100°C issiqda, vakuumda, ochiq koinotda…
Hatto qozoq tilida ham o'z nomi bor ekan—Жайбасар.
Nom topamiz.
Men esa uni wikipediaga joylashga harakat qilaman.(Tarixda qolishingiz mumkin😂). Shuning uchun, go hamma!
#obunachidansavol

NEGA ko'p davlatlarda taksilar sariq rangda? 🚕

Birinchi marta sariq rangli taksilar o'tgan asr boshlarida AQShda paydo bo'lgan. Sariq taksilarning otasi sifatida Jon Hertz e'tirof etiladi. Yana aynan u birinchi marta "trade-in", ya'ni eski mashinani topshirish evaziga yangisiga imtiyoz berilishi, sxemasini qo'llagan tadbirkorlardan biri boʻlgan. U mijozlardan eski mashinalarni olib, sariq rangga bo'yab, ularni taksi sifatida ishlatgan.
Ko'chalarda sariq rangli mashina o'sha davrlarda faqat qora rangda chiqariladigan avtomobillardan ajralib turgan. Shuning uchun, uning kompaniyasi muvaffaqiyatga erishib, sariq rangli taksilarni urfga aylantiradi.

Taksi kuzovidagi hammaga tanish, shaxmat doskasini eshlatadigan naqsh ham birinchi marta AQShda paydo boʻlgan. 1922-yilda " Checker Motors Corporation" nomli, aynan taksi mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya ish boshlaydi. Tez orada bu kompaniya juda katta muvaffaqiyatga erishadi: ular shu sohada GM va "Ford"dan o'tib ketadi; haligi Hertzni kompaniyasini va "taxi" so'ziga mualliflik huquqni sotib oladi.
"Checkers" ingliz tilida shaxmat degani, shuning uchun bu kompaniya mashinalari ramzi shaxmat naqshi ko'rinishida bo'lgan.

Shunisi qiziq-ki, taksilar rangi sariq bo'lishi majburiy emas. Baʼzi davlatlarda ko'k, yashil, qizil ranglar ham uchraydi. Asosiysi, ularning kuzovida shu shaxmat naqshi va "taxi" yozuvi bo'lishi shart.


Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
Bir necha kun oldin esingizda bo'lsa Fermi paradoksi haqida gaplashgan edik.(https://t.me/nega_unday/144). Tog'risi bergan maʼlumotimdan qoniqmagan edim.
Fermi paradoksi haqidagi yanada toʻliqroq ma'lumotni esa http://orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=875:xosh-qani-ular&catid=72:asronomiya&Itemid=53 dan O'ZBEK tilida o'qishingiz mumkin.

Tog'risi orbita.uz saytini birinchi bor ko'rganimda, bizda ham shunday saytlar bor ekanmi deb hayron qolgan edim. Menimcha u yerda o'zbek Wikipediasidan ancha ko'proq ma'lumot bor.

Hullas, agar men berayotgan ma'lumotlar sizga kamlik qilayotgan bo'lsa va yanada jiddiyroq bosqichga o'tmoqchi bo'lsangiz, shu saytni tavsiya qilaman.

P.S agar internetdagi yana shunday, pichoqqa ilinadigan, o'zbek tilidagi ilmiy manbaalarni bilsangiz iltimos kommentlarga yozib yuboring.

P.S-2 bu reklama emas shaxsiy tavsiyam. Sayt adminini bundan habari ham yo'q edi.
"Farengeyt bo'yicha 451°— kitob alangalanib, yonadigan temperatura..."
Rey Bredberi aynan shu so'zlar bilan o'zining eng mashhur "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" asarini boshlagan edi. Ammo, bu yerda u katta xatoga yoʻl qo'yadi.

Aslida 451° Farengeyt bo'yicha emas, Selsiy shkalasi boʻyicha bo'lishi kerak edi. Muallif o'lchov birliklarini adashtirib yuborgan. Keyinchalik yozuvchi xatosini tan olgan, lekin romanning nomini o'zgartishni istamagan.


Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
Bugun TARIX HAFTASIga rasman start beramiz!!!

Bir hafta mobaynida faqat tarix haqida oldin hech qaysi darsliklaringizda uchratmagan, faqat eng qiziq ma'lumotlar beriladi. Ko'pchilikga tanish tarixga boshqa nuqtadan e'tibor qaratamiz.

Boshqacha tarix: Qadimgi Misr
https://t.me/nega_unday/165

Unchalik chiroyli bo'lmagan ayol —Kleopatraning jozibadorliligi sirlari!
https://t.me/nega_unday/167

Buyuk va afsonaviy Bobil shahri.
https://t.me/nega_unday/170

Boshqacha tarix: Qadimgi Yunoniston
https://t.me/nega_unday/174

Birinchi jahon urushi!
https://t.me/nega_unday/178

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi va Adolf Gitler!
https://t.me/nega_unday/182



Biz bilan bo'ling va albatta tarixga qiziquvchi do'stlaringizni taklif qiling.
@nega_unday
Haftani qadimgi Misr haqidagi post bilan boshlashga qaror qildim.
Boshqacha tarix: Qadimgi Misr haqida siz bilmagan ma'lumotlar.

Bu qadimgi sirli sivilizatsiya ming yillardan beri odamlarni o'ziga jalb qilib kelgan. Hatto eng birinchi misrshunoslar qadimgi yunonlar boʻlgan. Lekin, har doimgidek odamlarning bu katta qiziqishi koʻpincha yolgʻon ma'lumotlar va tushunchalarni keltirib chiqaradi.

Ho'sh, rostdan ham Qadimgi Misr bizga kino va kitoblarda ko'rsatishgandekmi?

https://telegra.ph/Boshqacha-tarix-Qadimgi-Misrda-barchasi-biz-oylagandek-bo%CA%BBlganmi-11-12

Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.
N.E.G.A pinned a photo
Bu ayol kim deb o'ylaysiz?

Urinib ham o'tirmang baribir topa olmaysiz.
Javob: KLEOPATRA

Ha, mana shu ayol eng so'nggi tadqiqotlar natijasida yaratilgan, hozircha Kleopatraning eng ishonarli portreti.
Tan oling, u unchalik chiroyli emas-a? Har holda go'zallik malikasi bo'lishga tortmaydi.

Kleopatra hech qachon ideal tashqi koʻrinishi bilan maqtana olmagan. Hatto, osha davr standartlari uchun ham juda unchalik ertaknamo chiroyli bo'lmagan. Buning ustiga bo'yi atigi 152sm va to'lachadan kelganroq boʻlgan.

Lekin, nega u erkaklarni aqldan ozdirgan?

Davomi bu postga sig'madi, keyingisiga o'ting.
@nega_unday
https://t.me/joinchat/AAAAAFUpMvE9JfEaGI7CpQ
Ho'sh, nega Kleopatra ideal tashqi koʻrinishga ega bo'lmasa ham hamma erkaklarni, shu jumladan Sezarni ham o'ziga rom eta olgan va ming yillardan keyin ham go'zallik ramzi bo'lib kelmoqda?
Bu savolga javobni Kleopatrani tarifini nisbatan oldinroq eshitgan Plutarxning so'zlari orqali bermoqchiman:
Bir qarashda bu ayolning go'zalligi taqqoslanmaydigan va hayratlanarli darajada emas edi, lekin uning muomalasi yengib bo'lmas maftunkorligi bilan ajralib turardi. Shuning uchun, uning tashqi qiyofasi bilan birgalikda nutqning noyob ishontiruvchanligi va har bir harakat, har bir so'zdagi latofat yuraklarga mustahkam o'rnashib qolar edi. Uning yoqimli ovozi quloqlarga rohat bagʻishlardi. Tili esa huddi ko'p torli asbobga o'xshab har qanday tarzda osongina sozlanar edi.

Ana shunaqa.
Buning ustiga Kleopatra 7 tilni bilar edi va o'z davlatini 20 yil mustaqil saqlab qola olgan.


Har kuni bundanda qiziqroq ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz @nega_unday kanaliga ulaning.