Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
6.14K subscribers
15.2K photos
1.38K videos
478 files
6.65K links
Навоий давлат кончилик ва технологиялар университетининг расмий канали
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#EduForum_2023

Xalqaro anjuman yakuni boʻyicha 20 ga yaqin memorandum va shartnomalar imzolanib, oʻzaro hujjatlar almashilindi.

Shuningdek, ikkita seksiya muzokaralari natijalari o‘qib eshittirilib, forum yakunlari yuzasidan rezolyutsiya qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kun_hikmati

“Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi”, — Amir Temur

Kanalga ulanish:
👇👇👇
NDKTU RASMIY KANALI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"OʻZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI”: NAVOIY SHAHRIDAGI SAYL QANDAY O‘TDI?

Kuni kecha Navoiy shahrigi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida "Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli va galakonsert tashkil etildi. Saylda bir qator sport turlari bo‘yicha musobaqalar va amaliy san’at hamda rassomchilik ko‘rgazmalari ham o‘tkazildi. Ayniqsa, taniqli xonandalar ishtirokidagi konsert dasturi va “DJ shou” yoshlarga manzur bo‘ldi.

Dilshod MUXAMMATOV,
NDKTU Yoshlar yetakchisi:
— Tadbirda universitetimiz yoshlari ham faol ishtirok etdi. Shaxmatchilarimiz va universitet “Zakovat” klubi a’zolari qizg‘in bahslardagi zukkoligi bilan esda qoldi. Bu kabi yoshlar sayllari nafaqat ularning kayfiyatini ko‘tarish uchun, balki yosh avlod bilim va mahoratini oshirishda ham alohida ahamiyatga ega. Xuddi shunday ko‘tarinkilikdagi jarayonlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

© NDKTU Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
👇👇👇
NDKTU RASMIY KANALI
#Tanlovlar

INNOVATSIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN STARTAPLAR TANLOVI: ISTIQBOLLI LOYIHALAR 1 MLRD SOʻMGACHA MOLIYALASHTIRILADI!

Tanlovda 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, oʻzining IT sohasidagi innovatsion loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlov boʻyicha quyidagi yoʻnalishdagi loyihalar qabul qilinadi:
– Raqamli
– Aqlli tibbiyot
– Aqlli transport
– Aqlli taʼlim
– Aqlli qishloq xoʻjaligi
– Aqlli energetika tizimi
– Aqlli mahalla

Arizalar 2023-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://mininnovation.uz/ru/contest/post-1171

Kanalga ulanish: 👇👇👇
NDKTU RASMIY KANALI
#Jarayon

NDKTU PROFESSOR O‘QITUVCHILARI UCHQUDUQ SANOAT TEXNIKUMI FAOLIYATINI O‘RGANDI

Metodik yordam koʻrsatish maqsadida mazkur o‘quv muassasasida oʻquv-tarbiya va ilmiy-metodik ishlar samaradorligi yuzasidan tahliliy o‘rganish ishlari olib birildi.

Xususan, "Kimyoviy texnologiya" kafedrasi mudiri X.Vapoyev, "Metallurgiya" kafedrasi dotsenti v.b A.Saidaxmedov hamda "Konchilik ishi" kafedrasi tayanch doktoranti O.Qobilovlar texnikumdagi dars jarayonlari, kutubxona faoliyati, oʻquv amaliyoti ustaxonalarini ko‘zdan kechirib, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas'ullarga tavsiyalar berishdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda universitet qoshida Uchquduq va Zarafshon saoat texnikumlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur o‘quv dargohlarida 2 ming nafardan ortiq yoshlar konchilik, energetika hamda sanoatning boshqa turlari bo‘yicha qator kasblarni o‘rganib kelishayapti.

© NDKTU Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
👇👇👇
NDKTU RASMIY KANALI
#Elon

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM 2-BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA!

➡️ NDKTU 2022/2023 oʻquv yili grafigiga asosan, bahorgi semestrda oʻquv jarayoni va attestatsiyalar 2023-yil 3-apreldan boshlanishini maʼlum qilamiz.

➡️ Maʼlumotnoma-chaqiruv qogʻozini “Hemis” elektron dasturidan student.ndki.uz orqali shaxsiy kabinetdan elektron shaklda yuklab olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar uchun quyidagi raqamga murojaat qilig:
79) 224-30-68

© NDKTU Sirtqi bo‘limi

Kanalga ulanish:
👇👇
NDKTU RASMIY KANALI
#Faoliyat

PROFESSOR O‘QITUVCHILAR VA DOKTORANTLAR VILOYAT MIQYOSIDA AMALIY SEMINARLAR TASHKIL ETMOQDA

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan professor o‘qituvchilar va doktorantlarni biriktirish orqali professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi.

Jarayon mart oyi avvalidan boshlangan bo‘lib, Navoiy dalvat konchilik va texnologiyalar universitetining 164 nafar professor-o‘qituvchi hamda 34 nafar doktoranti viloyatning 17 ta kasb-hunar maktabi, texnikum va kollejlariga biriktirilgan va ular tomonidan joylarda amaliy seminarlar, tahliliy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xuddi shunday darslar kuni kecha Navbahor suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejida o‘tkazildi. Unda NDKTU Agronomiya hamda Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish va qayta ishlash kafedralari katta o‘qituvchilari A.Jo‘raqulov, L.Sharipov va U.Rustamovlar ma’ruza qilishdi. Jarayonlar davom etmoqda.

© NDKTU Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
👇👇👇
NDKTU RASMIY KANALI
Forwarded from Edu.uz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi

Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (OʻRQ–826, 27.03.2023-y.) asosan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

🔰 Jinoyat kodeksiga kiritilgan koʻshimchaga koʻra:

🔹 Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

▫️BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (45 mln soʻmdan 60 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

☑️ Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

❗️Endilikda mazkur Kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchaga koʻra, xuddi shunday huquqbuzarlik taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan sodir etilsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (30 mln soʻmdan 45 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

📝 Shuningdek, pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari 5 baravardan 7 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 10 baravardan 15 baravargacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga (ilgari ushbu jazo chorasi qoʻllanilmagan) sabab boʻladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

TOHIR ABDURAHMONOV: ISTE’DODLI YOSHLAR KO‘P, FAQAT ULARNI TO‘G‘RI YO‘NALTIRISH ENG MUHIM MASALA

Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi Tohir Abdurahmonov NDKTU Boshlang‘ich tashkiloti faol talabalari bilan muloqot olib bordi.

Dastlab universitet prorektori J.Nazarov hamda yoshlar yetakchisi D.Muxammatov universitetda amalga oshirilayotgan jarayonlarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, T.Abdurahmonov Yoshlar ittifoqi tizimida oldinda kutilayotgan o‘zgarishlar xususida gapirib o‘tdi hamda yoshlar siyosati borasida ayni shu kunning muhim talabi va bu yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi.

— Iste’dodli yoshlar ko‘p, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarishga sharoit va imkoniyat ham bor, faqat ularni to‘g‘ri yo‘naltirish kerak, — dedi T.Abdurahmonov. — Bu esa har bir yosh bilan alohida-alohida shug‘ullanib, ularning orzu-istaklarini chuqur bilishni talab etadi.

© NDKTU Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
👇👇👇
NDKTU RASMIY KANALI