NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.47K subscribers
48.2K photos
5.49K videos
513 files
10.1K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
🏕 XATIRCHIDA “YOZGI SOG‘LOMLASHTIRISH” MAVZUSIDA O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

Xatirchi tumani 17-son DMTT da O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 19-maydagi 162-sonli buyrug‘ining 2-ilovasiga muvofiq, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar” asosida tuman miqyosidagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

📌 Seminarda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, nodavlat ta’lim tashkilotlari vakillari hamda sohaga daxldor mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar davomida, tarbiyalanuvchilarning yozgi davrdagi salomatligini mustahkamlash, “Dolzarb to‘qson kunlik” dasturining mazmun-mohiyati, tajriba almashinuvi va amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.

🗣 Bunday seminarlar tarbiyachilarning bilim va tajribasini boyitish, zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish hamda bolalarning sog‘lom kamol topishida muhim ahamiyatga ega!


Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📌 MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova rahbarligida Zoom platformasi orqali hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💬 Yig‘ilishda quyidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi:

🔹 “Dolzarb to‘qson kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 Ularning sifatli ovqatlantirilishini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔹 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektron davomad tizimi.

🎯 Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan bir qator topshiriq va ko'rsatmalar belgilab berildi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatida!

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda birinchi marta Jahon chempionatiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Tarixiy yo‘llanma Abu-Dabi shahridagi “Al-Naxayyan” stadionida mezbon BAA terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘yinda qo‘lga kiritildi. Unda yurtdoshlarimiz 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

2026-yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига табрик

Поздравление членам национальной сборной команды Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Futbolchilarimiz, futbol muxlislari va xalqimizni bugungi tarixiy gʻalaba bilan tabriklayman! Barakalla, azamatlar!

@hilola_umarova