NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.47K subscribers
47.9K photos
5.46K videos
513 files
10K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
"DOLZARB TO‘QSON KUNLIK" DASTURI O‘QUVCHILAR BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISHGA QARATILGAN!

Joriy yilning 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida  umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb to‘qson kunlik" dasturining ochilishi tadbiri o‘tkazildi.

Ta’lim muassasalarida, futbol maydoni, workout maydonchalaridan mahalliy yoshlarning ham foydalanishiga sharoit yaratilmoqda.

Turli san’at va adabiyot kechalari, intellektual o‘yinlar, viktorinalar, turli xil ko‘rgazmalarni tashkil etish va ularni yoshlar orasida ommalashtirish ishlari boshlandi.

Shuningdek, ingliz tili, matematika, rus tili, notiqlik san’ati, tasviriy san’at, IT, dasturlash, robototexnika va  shaxmat-shashka to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirildi.


Fotolavhalarda Navoiy shahri hamda Nurota tumani umumta’lim maktablaridagi jarayonlar aks etgan.
"DOLZARB TO‘QSON KUNLIK" TADBIRLARIGA START BERILDI.

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida belgilangan "Dolzarb to‘qson kunlik!" dasturiga bugun respublikamiz miqyosida start berildi.

☑️Mazkur tadbirning ramziy ochilish marosimida Navoiy viloyati onlayn ishtirok etdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova, tashkilot va muassasalar rahbarlari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_nigohida

Navoiy shahridagi 16-AFCHO‘I da viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida ta’lim muassasalari xodimlari bilan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomi ostida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📹Mazkur lavhada shu tadbir xususida soz boradi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
VAZIR O‘RINBOSARI NAVBAHOR TUMANIDA...

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari T.Komilov viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Latipov hamrohligida Navbahor tumanidagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tuman Barkamol avlod bolalar maktablariga tashrif buyurib, mazkur ta’lim muassasalarida "Dolzarb to‘qson kunlik!" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube