NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
47.9K photos
5.46K videos
513 files
10K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Kun_iqtibosi

🖇
Insonni tishlaydigan kitoblar bor. O‘qiyotgan narsalaring boshingga bir musht tushirib, seni uyg‘otmayotgan bo‘lsa foydasizdir.

Frans Kafka

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BOSHQARMA BOSHLIGʻI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova boshchiligidagi tegishli mas’ullar Navoiy shahridagi 24-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

Tashrif davomida mazkur ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanish holati, obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📈#Сўровнома_2025

😛😌💛😛😌☺️💛😛😌☺️

📊 27 июнь — Матбуот ва Оммавий ахборот воситалари куни муносабати билан соҳада ўтган йил давомида энг самарали фаолият юритган ходимларни аниқлаш мақсадида жамоатчилик сўровномасини эълон қиламиз.

Ҳурматли вилоятдошлар, танлаш имкониятини сизнинг эътиборингизга ҳавола этамиз.

📊 “Сизнингча, энг медиапарвар бошқарма қайси?”

🔜 ОВОЗ БЕРИШ 🔚

📌 Сўровноманинг биринчи босқичи 31 майга қадар давом этади. Овоз беришга улгуриб қолинг.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"DOLZARB TO‘QSON KUNLIK" DASTURI O‘QUVCHILAR BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISHGA QARATILGAN!

Joriy yilning 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida  umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb to‘qson kunlik" dasturining ochilishi tadbiri o‘tkazildi.

Ta’lim muassasalarida, futbol maydoni, workout maydonchalaridan mahalliy yoshlarning ham foydalanishiga sharoit yaratilmoqda.

Turli san’at va adabiyot kechalari, intellektual o‘yinlar, viktorinalar, turli xil ko‘rgazmalarni tashkil etish va ularni yoshlar orasida ommalashtirish ishlari boshlandi.

Shuningdek, ingliz tili, matematika, rus tili, notiqlik san’ati, tasviriy san’at, IT, dasturlash, robototexnika va  shaxmat-shashka to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirildi.


Fotolavhalarda Navoiy shahri hamda Nurota tumani umumta’lim maktablaridagi jarayonlar aks etgan.