NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
47.7K photos
5.45K videos
513 files
9.96K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
"BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ" INSHOLAR TANLOVI VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI

♻️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 11-apreldagi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf qilish hamda “Korrupsiyadan holi” muhitni yaratish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 11-12-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” insholar tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,

🥇Madina Gʻulomjonova (Karmana tumani, 23-maktab);
🥈Yasmina Xoliqova (Navoiy shahri, 11-maktab);
🥉Intizor Mustafoyeva (Qiziltepa tumani, 23-maktab) qo‘lga kiritdi.

Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi o‘quvchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova hamda tegishli mas’ullar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmasi bilan rag‘batlantirildi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_nigohida

♻️Qiziltepa tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar, maktab ostonasidan talabalikka qadam.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul

Prezident maktablariga;
Ijod  maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha amalga oshiriladi.


Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:

▪️10-maydan boshlab murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshladi;

▪️Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB SENI SOG'INAMIZ!

(Qiziltepa, jonajon maskanim, men o'qigan 15-maktabda bitiruv oqshomi)

Qani ketdik! Hamma o'tmishga, maktab bag'riga!

Bayramingiz muborak ustozlarim, bitiruvchi uka-singillarim, qishloqdoshlarim Zarmitanliklar!

Maktabimizga tashrif va bitiruvchilar quvonchiga hamnafaslik uchun tumanimiz rahbarlariga, tasvirlar uchun Qiziltepa hokimligi matbuot kotibi Alisher Umedov akaxonimizga tashakkur!

Barchangizga bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

@erkinbozorovv
@qiziltepa_hokimligi
#Kun_iqtibosi

“Sabr qilish shunchaki kutish emas, hikmat izlash demakdir. Tikanga boqib gulni, tunga qarab kunduzni xayol qilishdir”.

✍️ Shams Tabriziy

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HAFTANOMA

NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAFTA ICHIDA:


♻️Navoiy shahridagi 5-IDUMda xorijiy tillar fanidan metodbirlashma rahbarlari uchun “Surfing the Digital” nomi ostida viloyat seminari tashkil etildi;

♻️Boshqarma boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi;

♻️Nurota tumanida bo‘lim boshlig‘i tomonidan maktablar faoliyati o‘rganildi;

♻️Umumta’lim maktablarida CHSB sinovlari bo‘lib o‘tdi;

♻️Navoiy shahrida kutubxonachilarga bayram sovg‘alari topshirildi;

♻️Uchquduq tumanida "Tanlov sinflarda yangi g‘oyalar - yangi natijalar" mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi;

♻️"Haftada bir kitob mutolaa qilamiz!" tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi;

♻️"Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi;

♻️Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha turkum tadbirlar tashkil etilmoqda;

♻️"Biz korrupsiyaga qarshimiz!" insholar tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент Шавкат Мирзиёев иккита мамлакат – Венгрия ва Словенияга расмий ташриф билан борди. Будапештда Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммити ўтказилди.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Президент Шавкат Мирзиёев еки мәмлекет - Венгрия ҳәм Словенияға рәсмий сапар менен барды. Будапештте Түркий мәмлекетлер шөлкеминиң рәсмий емес саммити өткерилди.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев совершил два официальных визита - в Венгрию и Словению. В Будапеште состоялся неформальный саммит Организации тюркских государств.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev paid two official visits — to Hungary and Slovenia. An informal summit of the Organization of Turkic States was held in Budapest.

Facebook|Instagram|X
O‘QUVCHILAR BILIMI SINOVDAN O‘TKAZILMOQDA

Navoiy shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida University of Business and Science oliy ta’lim muassasasining 5 ta fan yo'nalishida ona tili va adabiyoti,  ingliz tili, matematika, tarix hamda biologiya fanlaridan 9-, 10- va 11-sinf o'quvchilari uchun fan olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi.

Mazkur olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Jahongir Qalandarov o‘quvchi yoshlarimizga omad tiladi.

Barcha o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM