NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
48K photos
5.47K videos
513 files
10K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
🔔#SOʻNGGI_QOʻNGʻIROQ

Bugun Navoiy shahrining barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim sana munosabati bilan har bir ta’lim dargohida tantanali tadbirlar tashkil etildi, bitiruvchi yoshlar uchun unutilmas lahzalar yaratildi.

Xususan, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida shahar hokimi davlatimiz rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yo‘llangan samimiy tabrik maktubini bitiruvchilarga o‘qib eshittirdi. Prezident tabrigida yoshlarga bildirgan ishonch, ularning kelajakdagi faoliyatlariga bo‘lgan yuksak umid va e’tibor aks ettirilgan.

Keyingi navbatda, maktab o‘quvchilari va ustozlari tomonidan o‘zlashtirilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni e’tirof etilib, yil davomida turli ko‘rik-tanlov hamda sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchi-yoshlar va ularning ustozlari alohida taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Ilm_eng_buyuk_sharaf

Navbahor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 9-umumta’lim maktabida "Ilm - eng buyuk sharaf!" shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i U.Bahromov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i o'rinbosari A.Sharopov, tashkilot rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi viloyat rahbari U.Bahromov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Keyingi navbatda o‘quv yili davomida yutuqlarga erishgan bir guruh o‘quvchi, o‘qituvchi hamda ota-onalar taqdirlanishdi.

Tadbirda milliy ko'y-qo'shiqlar, she'rlar va raqslar ijro etildi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#natija

Zarafshon shahridagi 13-maktabning 85 nafar bitiruvchisi milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 85 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari turli fanlardan 126 ta milliy hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube