NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
47.8K photos
5.46K videos
513 files
10K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar

♻️Uchquduq tumanidagi 1-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy dam olish bayrami tashkil etildi.

💠“Ertaklar yaxshilikka yetaklar” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda rus xalq ertagi — “Bo‘g‘irsoq” sahnalashtirildi. Tashkilotning iqtidorli va iste’dodli pedagog xodimlari tomonidan namoyon etilgan sahna ko‘rinishlari bolajonlarga quvonch va ilhom ulashdi.

❇️Ertakda chol va kampir, bo‘g‘irsoq, tulki, bo‘ri, ayiq va quyon kabi qahramonlar chiqishlari bolalarni ertak olamiga boshlab kirdi. Ular tomoshadan katta zavq olishdi va shu bilan birga maqtanchoqlik yaxshi odat emas, degan hayotiy xulosani ham o‘zlariga singdirishdi.

💠Sahna ko‘rinishi nafaqat kichkina tomoshabinlarga, balki barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi!


🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔔 So‘nggi qo‘ng‘iroq

🏢 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024-2025-yil o‘quv yili yakuni munosabati bilan 🎊“Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🏆 Tadbir davomida respublika va viloyat fan olimpiadalari g‘oliblari hamda muddatidan oldin talabalikka erishgan o‘quvchi yoshlar maktab-internat ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_nigohida

Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining "Assalom, yangi kun!" ko‘rsatuvida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Niyazov bilan viloyat ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohada erishilayotgan yutuqlar, "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ochiq muloqoti tashkil etildi.

#ochiq_muloqot

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from UBS olimpiadasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli oʻquvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

Bugun barchangizning qalbingizda oʻzgacha his-tuygʻular kechayotganini, katta hayot ostonasida turib oʻz kelajagingiz uchun turli rejalar tuzayotganingizni yurakdan his qilib turibman.

Maktab — oila kabi har biringizning hayotingizda katta oʻrin egallagan. Sinfdoshlaringiz oʻrtasidagi mehr-oqibat va samimiy doʻstlik tuygʻulari kelgusida ham bardavom boʻlishiga ishonaman.

Joriy oʻquv yili yakunida respublikamizdagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatishmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishadi.

Albatta, bu yutuqlar sizlarning hayotingizda dastlabki muvaffaqiyatdir. Kasbingiz ortidan erishadigan mukofotlaringiz va hayotdagi boshqa zafarlaringiz hali oldinda. Bu yoʻlda barchangizga katta omadlar tilab qolaman.

Bugun chalinadigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bir umrga yuragingizdan joy olishiga ishonaman. Uning jarangdor sadolari hamisha begʻubor yoshlik va oʻquvchilik davringizni yodga solib turishi shubhasiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman, aziz bitiruvchi yoshlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


@hilola_umarova
#bayram_tabrigi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri munosabati bilan ta’lim muassasasi pedagog xodimlari hamda bitiruvchi sinf o‘quvchilariga tabrigi

Aziz bitiruvchi yoshlar!

Hademay, Sizlar uchun hayotingizdagi eng unutilmas daqiqalarni ifoda etuvchi so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadi. Aslida, u umringizda yana minglab imkoniyatlarga chorlov sadosi. Ezgu orzularingiz ijobati yo‘lida jasoratga da’vat jarangi hamdir.

Sizlarga baxt va omad tilayman!  Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin!

🔹BATAFSIL

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM