NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
47.7K photos
5.44K videos
513 files
9.96K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHSB SINOVLARI BO‘LIB O‘TDI.

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablarida 5-11-sinf o‘quvchilari uchun 2024-2025-o‘quv yilining IV chorak yakuni bo‘yicha Choraklik Summativ Baholash (CHSB) sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayonlarda viloyat miqyosidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 13993 nafar 5-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21-may – Kutubxonachilar kuni!

Bugungi taraqqiyot davrida kutubxonalarning o‘rni, uning ahamiyati, kutubxonachilik sohasiga davlat boshqaruvi tomonidan katta e’tibor ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi bir qator vazifalar:

-aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta’minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

-kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, qarorga muvofiq O‘zbekistonda 21-may – Kutubxonachilar kuni deb belgilanib, bunda ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

Fursatdan foydalanib, 21-may – Kutubxonachilar kuni bilan soha egalarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Xalqimiz, farzandlarimiz ma’naviyati, bilimini, salohiyati oshishiga qo‘shayotgan hissalaringiz tahsinga loyiq. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi.
#jarayon

Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 15-son DMTTda direktor o‘rinbosari va yetakchi pedagoglar uchun Metodik mahorat kuni tadbiri doirasida "Asbob  uskunalar" mavzusida o‘quv kursi tashkil  etildi.
____________________________
#жараён

Зарафшон шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги 15 сон ДМТТда директор ўринбосари ва етакчи педагоглар учун Методик маҳорат куни тадбири доирасида "Асбоб  ускуналар" мавзусида ўқув курси ташкил  этилди.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlovlar e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Navoiy viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi:
— Umumiy o'rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi boshlig'i;

❗️Arizalar 24.05.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️ Agentlikning Navoiy viloyati filiali — 79-223-84-16

▪️ Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos