NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
47.8K photos
5.45K videos
513 files
9.97K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHSB SINOVLARI BO‘LIB O‘TMOQDA.

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablarida 5-11-sinf o‘quvchilari uchun 2024-2025-o‘quv yilining IV chorak yakuni bo‘yicha Choraklik Summativ Baholash (CHSB) sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlar Zarafshon shahri, Navbahor tumanidan tayyorlandi.
______________________
УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ЧСБ СИНОВЛАРИ БЎЛИБ ЎТМОҚДА.


Янги баҳолаш тизими жорий этилган умумтаълим мактабларида 5-11-синф ўқувчилари учун 2024-2025-ўқув йилининг IV чорак якуни бўйича Чораклик Сумматив Баҳолаш (ЧСБ) синовлари бўлиб ўтмоқда.

Жараёнлар Зарафшон шаҳри, Навбаҳор туманидан тайёрланди.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_nigohida

"Yoshlar ovozi" teleloyihasining navbatdagi mehmoni “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi Respublika bosqichi g‘olibi Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Umidjon Nurmurodov.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon

♻️Uchquduq tumanidagi 20-maktabda “Salomatlik markazi” mutaxassislari — UTTB salomatlik bo‘limi shifokori G. Qojaxmetova, Abay MFY xotin-qizlar faoli F.Pirmatova va maktab hamshiralari  tomonidan “Erta turmush keltirar tashvish” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🔹Tadbir davomida erta turmushning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, ta’limdan chetlashish, ruhiy va jismoniy yetishmovchiliklar haqida fikrlar bildirildi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, mutaxassislar esa zarur maslahatlarini berishdi.

🔹Bunday tadbirlar yoshlarni ongli va to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi hamda kelajakka ishonch bilan qarashga yordam beradi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MEHR, E’TIBOR VA YURAKDAN XIZMAT!
(maktab psixologining bir kuni).

Qiziltepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologi Zarnigor Oltinova, o‘quvchi hamda o‘qituvchilar bilan individual va guruhiy suhbatlar, stressni yengishga oid mashg‘ulotlar, ijtimoiy va emotsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan treninglarni maktabda doimiy tarzda o‘tkazib keladi.

📚Shuningdek, "Ayollar daftari" ga ro‘yxatga olingan xotin-qizlarga ijtimoiy faollikni oshirish, o‘z huquqlarini bilish va ishonch bilan faoliyat yuritish kabi zarur bo‘lgan bilimlarni berib bormoqda.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor da belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanid amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, Konimex tumanining olis hududlaridan biri bo‘lgan “O'razjan” ovulidagi 13-sonli umumta’lim maktabini joriy ta'mirlash, o'quvchilarni zamonaviy va shinam ta'lim maskanida ta'lim olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jarayonda tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishib, ta'mirlash ishlariga  mas'ul mutasaddilarga belgilangan ishlarni sifatli amalga oshirish va yakuniga yetkazish bo‘yicha kerakli topshiriq va tavsiyalarni berdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Будапештда олий даражадаги Ўзбекистон-Венгрия музокаралари бўлиб ўтди.

В Будапеште состоялись узбекско-венгерские переговоры на высшем уровне.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X