NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.51K subscribers
47.1K photos
5.42K videos
512 files
9.82K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#olimpiada

STEM FANLARI BO‘YICHA OLIMPIADANING AGENTLIK BOSQICHI START OLDI
#Navoiy_viloyati

🟣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan STEM fanlari olimpiadasining Respublika bosqichining 2-kuni qizgʻin davom etmoqda.

🟣 Olimpiadaning dastlabki kunida nazariy bilimlarini sinovdan oʻtkazgan ishtirokchilar bugun amaliy mashgʻulotlarda oʻz mahoratlarini koʻrsatib berishadi.

🟣  Barcha ishtirokchi oʻquvchilarga omad va zafarlar tilab qolamiz.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OIBO_2025

X U S H X A B A R


⚡️MASHHURA XALQARO OLIMPIADADA BRONZA MEDALI SOVRINDORI!

📍2025-yil, Sochi

📢O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Sochida bo‘lib o‘tayotgan Ochiq Xalqaro biologiya olimpiadasida yuqori natijaga erishdi.

Mazkur olimpiadada Navoiy shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Mashhura Qudratova bronza medali sohibasiga aylandi.

👥Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 6 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar 🥈2 ta kumush, 🥉4 ta bronza— jami 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Sovrinli o‘rinlarni egallagan ilmga chanqoq o‘quvchilarimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#eshitdingizmi
#super_natija

NAVOIYLIK 10-SINF O‘QUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI!


🎓 Cho‘liyeva Madina G‘ayrat qizi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi  17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Madina G‘ayrat qizi fanlardan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha maksimal ball bilan, muddatidan oldin talabaga aylandi.

Siz-chi? Siz talabaga aylandingizmi? Bizning #men_talaba #chellenjini davom ettiring!

BIZ SIZGA ISHONAMIZ!

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
7528313.pdf
1.7 MB
Bolalar xavfsizligi uchun muhim qaror: maktab va bog‘chalar oldiga 30 km tezlikda harakatlanish belgisi o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-sentabrgacha Ichki ishlar vazirligi tomonidan maktab va bog‘chalar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasalari oldiga soatiga 30 kilometrdan ortiq harakatlanishni taqiqlovchi yo‘l belgilari, radar va maxsus texnika vositalari o‘rnatiladi.

Mazkur hujjat farzandlarimiz xavfsizligi uchun qabul qilindi. Hurmatli haydovchilarni bogʻcha, maktablar yonidan oʻtishda yanada e’tiborliroq boʻlishga chaqiramiz.

@hilola_umarova
#sport

SPORT GIMNASTIKASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

✔️17-may kuni Zarafshon shahar 2-maktabi sport zalida "Sport gimnastikasi" musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.

🏆Musobaqada shahar hokimi  Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib, yoshlarga o‘z tilaklarini bildirdi. G‘olib jamoa va yoshlarga diplom, sport anjomlari,  esdalik sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova
#Kun_iqtibosi

Uch narsani ortga qaytarib bo‘lmaydi: vaqtni, so‘zni va imkoniyatni. Shuning uchun vaqtni behuda o‘tkazmang, so‘zni o‘ylab gapiring, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

✍️ Konfutsiy

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon

♻️Navbahor tumani hokimi Azamat O‘roqov "Chorvoqguzar" mahallasida yangitdan qad rostlayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotini qurilish ishlari bilan tanishdi.

🔹Jarayonda qurilish ishlarini sifatli va tez fursatlarda yakunlash bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube