NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.53K subscribers
46.6K photos
5.38K videos
511 files
9.62K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#live

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Navoiy viloyatida “Vazir jamg‘armasi” ustamasiga nomzod pedagoglarni saralashning 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova Navoiy shahridagi 23-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqichida ishtirok etayotgan pedagoglar bilan uchrashib, bir muddat samimiy suhbatlashdi hamda barcha ustozlarga muvaffaqiyat tiladi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тиббиётнинг бирламчи бўғини ва ихтисослашган муассасаларда хизматлар сифатини янада ошириш, дори воситалари истеъмолини тартибга солиш ҳамда тиббий таълимни такомиллаштириш бўйича устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам дальнейшего повышения качества услуг в первичном звене и специализированных учреждениях медицины, упорядочения потребления лекарственных средств и совершенствования медицинского образования.

Facebook|Instagram|X
Barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:

— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,

— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;

— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.


Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

@hilola_umarova
#seminar

Bugun Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 34-son DMTTda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda "Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish!" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.


🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 8-9 май кунлари амалий ташриф билан Москва шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 8-9 мая этого года посетит город Москву с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #Galaba

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X