NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.54K subscribers
46.4K photos
5.37K videos
511 files
9.57K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
“Xotira – abadiy, qadr-muqaddas”

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Bugun Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida gi “Xotira - abadiy, qadr- muqaddas” nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Veteran jangchi faxriylar kengashi, Milliy gvardiya jamoasi, chavandozlar maktabi jamoasi, 20022-harbiy qism orkestr jamoasi, faxriy qarovul jamoasi hamda "Nastarin" guruhi ishtirokida milliy ruhda madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Vatanga bo‘lgan muhabbat, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Tadbir so‘ngida hamkor tashkilotlarga maktab jamoasi nomidan esdalik sovg‘alar ulashildi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Attestatsiya_2025

🔴 Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan malaka test sinovlarida navoiylik pedagoglar yuqori natijalarni qayd etishmoqda:

🔹Xatirchi tumani 89-maktabning Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Eʼtiborxon Toshtemirova 88 ball;

🔹Karmana tumani 22-maktab kimyo fani o‘qituvchisi Nafisa Hamdamova 90 ball bilan attestatsiya jarayonida oliy toifani munosib himoya qildi.

O‘qituvchilarimizning kelgusi pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM