NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.54K subscribers
46.4K photos
5.36K videos
511 files
9.56K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Jarayon

9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN YAKUNIY DAVLAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Ayni vaqtda viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya fanidan davlat imtihonini topshirishmoqda.

Fotolavhalarda maktablarda o‘tayotgan imtihon jarayonlari aks etgan.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Xotira – abadiy, qadr-muqaddas”

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Bugun Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida gi “Xotira - abadiy, qadr- muqaddas” nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Veteran jangchi faxriylar kengashi, Milliy gvardiya jamoasi, chavandozlar maktabi jamoasi, 20022-harbiy qism orkestr jamoasi, faxriy qarovul jamoasi hamda "Nastarin" guruhi ishtirokida milliy ruhda madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Vatanga bo‘lgan muhabbat, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Tadbir so‘ngida hamkor tashkilotlarga maktab jamoasi nomidan esdalik sovg‘alar ulashildi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube