NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.52K subscribers
46.2K photos
5.34K videos
511 files
9.51K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
"BO‘LAJAK YOSH MUHANDISLAR" FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI
#Navoiy_viloyati

Navoiy shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” nomi ostida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan matematika, fizika hamda kimyo fanlaridan fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada o‘quvchilar belgilangan tartibda 25 ta test savollarini ishlashdi. Va yakunda 18 nafar iqtidorli o‘quvchilar olimpiada g‘oliblari sifatida e’tirof etildi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova tomonidan Navoiy shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda o‘quvchi-yoshlar orasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalar yuzasidan maktab direktorlari va tegishli mas’ullari bilan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_iqtibosi

Bilim tuyg‘udan yuksakroq, hayotni anglash hayotning o‘zidan ham yuksakroq! Ilm bizga donolik baxsh etadi, donolik qonunlarni kashf qiladi, baxt qonunlarini bilish esa baxtning o‘zidan oliyroq!

Dostoyevskiy

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26-aprel - O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf (Yusupov Muhammadjon) 1954-yil, 26- aprel kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan.

O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi bo‘lgan Muhammad Yusuf 1978-yilda rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.

Shoirning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan.

Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987) she’riy kitoblari nashr etilgan.

Muhammad Yusuf Ellikqal’a tumanida she’riyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.

Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi ko‘chalardan biri, Andijon shahridagi ijod maktabi, bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi san’at maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#jarayon

Boy madaniy merosimizni asrab - avaylash, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘iga muvofiq Nurota tumanidagi 18-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida "San’at va hunarmandchilik" haftaligi doirasida "Qo‘lda yasalgan milliy hunarmandchilik jihozlari" ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Kasb va yoshlar" ochiq muloqot oyligi doirasida...

O‘quvchilarning qiziqishlari va istaklaridan kelib chiqib, ularning darsdan tashqari vaqtida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi munosabati bilan Konimex tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda tumandagi "Navoiy baraka chevarlari" tikuvchilik syexiga sayohat tashkil etildi.

O‘quvchi-yoshlar tikuvchi, bichuvchi, dazmolchi, texnolog kasblari va tikuvchilik uskunalari bilan tanishtirilib, mas’ullar tomonidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM