NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
5.73K subscribers
62.2K photos
6.7K videos
529 files
14K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
📚 “KITOB MARAFONI – 2026”

2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan Tomdi tumani 7-umumta’lim maktabi kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi.

Tadbirda pedagoglar, o‘quvchilar hamda ota-onalar faol ishtirok etib, kitobga bo‘lgan mehr va e’tibor yana bir bor namoyon etildi.

📖 Marafon doirasida maktab kutubxonasiga turli yo‘nalishdagi badiiy va ilmiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Mazkur marafon yosh avlodni mutolaa qilishga rag‘batlantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda kitobga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#Xushxabar

🏆NAVBAHORLIK O‘QUVCHI OSIYO CHEMPIONATIDA FAXRLI O‘RINNI EGALLADI

📅 Joriy yilning 2–6-aprel kunlari 🇰🇿 Shimkent shahrida sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha nufuzli Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada turli davlatlardan kelgan kuchli sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.


🥋 Ushbu xalqaro musobaqada Navbahor tumanidagi 27-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nigina Davlatova munosib ishtirok etdi. U o‘zining yuqori tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan hakamlar va muxlislar e’tiborini qozondi.

🔥 Qizg‘in va murosasiz bahslar natijasida Nigina Davlatova faxrli 2-o‘rinni egallab, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

🤝 Bu yutuq nafaqat uning shaxsiy mehnati samarasi, balki ustozlari va ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.

📌 Mazkur muvaffaqiyat yoshlar orasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda milliy jang san’atimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍10👏3
📢 RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida kuzatilgan holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.


Mazkur holat boshqarma huzurida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol muomala qilgan hamda pedagogik etika va kasbiy me’yorlarga zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik talablari asosida bekor qilindi.

Shuningdek, mazkur holat aniqlangan ta’lim muassasasining faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatildi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda zarur choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Boshqarma bunday holatlarga nisbatan mutlaqo murosasiz ekanligini bildiradi va barcha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar tomonidan kasbiy etikaga qat’iy rioya etilishi zarurligini eslatib o‘tadi.
👍11🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"TURON" MAKTAB TEATRI RESPUBLIKA TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI


🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
Forwarded from E’zoza Karimova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Ayol ustozlar va maktabgacha ta’lim xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasiga start berilmoqda!

Musobaqada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, Prezident maktablari, ijod maktablari oʻqituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayol xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

➡️ Musobaqaning asosiy maqsadi — ustozlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish hamda oʻquvchilarga shaxsiy namuna koʻrsatish orqali jamoada hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

Musobaqa uch bosqichda oʻtkaziladi:

Tuman (shahar) bosqichi — 20-30-aprel kunlari;
Hududiy bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) — 5-15-may kunlari;
Respublika bosqichi — 17-20-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

🏆 Musobaqa gʻoliblari quyidagi yirik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-oʻrin — 150 mln soʻm;
🥈 2-oʻrin — 100 mln soʻm;
🥉 3-oʻrin — 70 mln soʻm.

🎁 Bundan tashqari, ishtirokchi jamoalar uchun homiy tashkilotlarning maxsus qimmatbaho sovgʻalari ham tayyorlab qoʻyilgan.

Aziz ustozlar va xodimlar!
Oʻquvchilaringizga namuna boʻling, sportda ham oʻz mahoratingizni koʻrsating va gʻoliblik uchun kurashing!

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#SEMINAR

🏛SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGI MUNOSABATI BILAN VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Olis tarixdan bugun va kelajak sari...” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

🎭 Seminar dasturi doirasida dastlab ishtirokchilarga “Adolat, tinchlik va ravnaq” nomli badiiy kompozitsiya namoyish etildi. Ushbu chiqish orqali buyuk ajdodlarimiz merosi, milliy qadriyatlar va tarixiy xotira yuksak badiiy ifodada aks ettirildi.

🎚️ Shundan so‘ng qatnashchilar uchun “Shonli tarixdan nur olgan yo‘lak” nomli tematik ko‘rgazma tashkil etilib, unda Amir Temur va temuriylar davlati tarixiga oid muhim ma’lumotlar, tarixiy lavhalar hamda ko‘rgazmali materiallar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

🤔Seminar davomida pedagoglar mahorat darslarida faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar, amaliy ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.

🧠 Tadbir yakunida esa “Kitob – hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir!” shiori ostida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual bellashuvi o‘tkazilib, ishtirokchilarning bilim va tafakkuri sinovdan o‘tkazildi.

👤 Seminar jarayonida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova ham ishtirok etib, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi. U o‘z nutqida buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish hamda ta’lim jarayonida tarixiy-ma’naviy qadriyatlarga tayanish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur seminar yosh avlodni milliy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥1