Navoi.travel | Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi rasmiy kanali
1.05K subscribers
11.9K photos
1.6K videos
8 files
4.17K links
🇺🇿Navoiy viloyati Turizm salohiyati to'g'risidagi rasmiy kanal. Sayohatlar. Turizm faoliyati. Yangiliklar.

🇺🇸 Official channel of Tourism potential of Navoi region.
Travel. News.
Download Telegram
🥩“Cho‘poncha” - cho‘ponlar taomi. Bu kichik bo‘laklarda qovurilgan go‘sht bo‘lib, asosan yangi so‘yilgan va nisbatan yosh qo‘zi go‘shtidan tayyorlanadi.
Yoqimli ishtaha!
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

🥩"Чупонча" – мясо по-пастушьи. Это жареное небольшими кусками мясо, в основном приготовляемое из свежей баранины.
Приятного аппетита!
✈️Поделитесь с друзьями!

🥩"Chuponcha" – shepherd-like meat. This is meat fried in small pieces, mainly cooked from fresh lamb.
Enjoy your meal!
✈️Share it with your friends!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
🆕#Yangi_asar

📝YUNESKO RO‘YXATIGA KIRITILGAN TARIXIY QADAMJO HAQIDA MONOGRAFIYA CHOP ETILDI

📖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi, “Turon” Fanlar Akademiyasi a’zosi O.Xaitova va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori J.Savriyev hammuallifligida “Raboti Malik” nomli monografiya nashr etildi.

Karmana tumani hududida joylashgan Raboti Malik karvonsaroyi XI asrga oid yodgorlik bo‘lib, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Kitobda ushbu tarixiy maskan o‘z davrida hunarmandchilik markazi bo‘lib, karvonsaroy vazifasini o‘tagani, bu yerda mehmonxona, qiroatxona, hammomlar, musofirlar uchun qo‘nalg‘a mavjud bo‘lganligi bayon etiladi.

Bundan tashqari fors manbalari asosida rabot podshohlar qarorgohi bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

🌎Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Мавзу». Вилоятда туризм соҳаси ривожланмоқда.

@Navoiy_vtrk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Туризм имкониятларини кенгайтириш бўйича таклифлар муҳокама қилинди
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Navoiy viloyatidagi Jaraquduq darasidagi tosh o‘rmon chinakam ochiq osmon ostidagi paleontologik muzeydir.
Batafsil
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

Каменный лес в урочище Джаракудук в Навоийской области – настоящий палеонтологический музей под открытм небом
Подробнее
✈️Поделитесь с друзьями!

The stone forest in the Dzharakuduk tract in the Navoi region is a real paleontological museum under the open sky
Read more
✈️Share it with your friends!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
🐎Ot sporti
Otlarning viqor bilan chopishini ko‘rish kishiga zavq bag‘ishlaydi. Agar siz ot minishni yoki shunchaki mahalliy otlarda sayr qilishni istasangiz, unda bunday imkoniyatni boy bermang. O‘zbekistonga marhabo!
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

🐎Конный спорт
Такое удовольствие видеть, как изящно гарцуют лошади. Хотите научится верховой езде или же просто прокатиться на местных скакунах, не упустите возможности заехать в Узбекистан!
✈️Поделитесь с друзьями!

🐎Equestrian sports
It's such a pleasure to see how gracefully the horses prance. If you want to learn horse riding or just ride local horses, do not miss the opportunity to visit Uzbekistan!
✈️Share it with your friends!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tourism #infografika #tabarruk_ziyorat

O‘zbekistonda ziyorat turizmi rivojlantirilmoqda

Turizm qo‘mitasi tomonidan sohadagi ekspertlar jalb qilinib, Turkiy davlatlar tashkilotining veb-portalida “Tabarruk ziyorat” turizm platformasi ishga tushirildi. Mazkur platformaga O‘zbekiston hududida joylashgan Turkiy dunyo sivilizatsiyasida muhim o‘rin tutgan 100 ga yaqin ziyoratgoh hamda qadamjolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 7 ta tilga tarjima qilinib joylashtirib borilmoqda.

https://uzbektourism.uz/news/view?id=3083
___

Pilgrimage tourism is developing in Uzbekistan

With the help of attracting experts, the Committee on Tourism launched the tourist platform "Tabarruk Ziyorat". It contains information about about 100 shrines and monuments located on the territory of Uzbekistan, in 7 languages.

https://uzbektourism.uz/en/news/view?id=3083
__

В Узбекистане развивается направление паломнического туризма

При помощи привлечения экспертов, Комитетом по туризму была запущена туристическая платформа “Табаррук Зиёрат”. На ней размещена информация об около 100 святынях и памятниках, расположенных на территории Узбекистана, на 7 языках.

https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=3083

💬 Telegram sahifamizga a’zo bo’ling

🌐Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
▶️🟢
#XALQARO_ALOQALAR
#XITOY_SAFARI
#UCHINCHI_KUN

🇺🇿🇨🇳Bugun, 21 yanvar kuni Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov boshchiligidagi dеlеgasiyaning Xitoy Xalq Rеspublikasi ishbilarmonlari bilan o'tkazadigan muzokaralar va kompaniyalar faoliyati bilan tanishish kun tartibi quyidagilardan iborat.

🆕“CHINA NATIONAL HEAVY MACHINERY CORPORATION” korporasiyasi bilan muzokaralar o'tkazish;

🆕“XINJIANG ZHONGTAI (GROUP)” korporasiyasiga tashrif buyurish va kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar olib borish;

🆕Rеgiston komplеksiga tashrif buyurish va O'zbеkiston va Xitoy o'rtasida biznеs, savdo, madaniyat va turizm bo'yicha konfеrеnsiyada ishtirok etish;

🆕O'zbеkiston Rеspublikasi rasmiy dеlеgasiyasi vakillarining ShUAR partiyasi raisi Ma Sinjuy bilan uchrashuvi.

🌍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


💬💬💬

▶️🟢
#ХАЛҚАРО_АЛОҚАЛАР
#ХИТОЙ_САФАРИ
#УЧИНЧИ_КУН

🇺🇿🇨🇳Бугун, 21 январь куни Навоий вилояти раҳбари Нормат Турсунов бошчилигидаги делегациянинг Хитой Халқ Республикаси ишбилармонлари билан ўтказадиган музокаралар ва компаниялар фаолияти билан танишиш кун тартиби қуйидагилардан иборат.

🆕“CHINA NATIONAL HEAVY MACHINERY CORPORATION” корпорацияси билан музокаралар ўтказиш;

🆕“XINJIANG ZHONGTAI (GROUP)” корпорациясига ташриф буюриш ва компания раҳбарияти билан музокаралар олиб бориш;

🆕Регистон комплексига ташриф буюриш ҳамда Ўзбекистон ва Хитой ўртасида бизнес, савдо, маданият ва туризм бўйича конференцияда иштирок этиш;

🆕Ўзбекистон Республикаси расмий делегацияси вакилларининг ШУАР партияси раиси Ма Синжуй билан учрашуви

🌍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🆕ZARAFSHON SHAHRIDA YANGI MEHMONXONANING OCHILISH MAROSIMI O'TKAZILDI

🧳"Hotel Humoyunshox" mehmonxonasining ochilish marosimida shahar hokimi birinchi o'rinbosari A.Shoxmirzayev, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etishdi.

🔛Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tashabbuskor tadbirkor tomonidan ishga tushirilgan mazkur istiqbolli loyiha natijasida yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi bandligi taʼminlanishi, xorijlik va mahalliy mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, shaharda xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanishida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi, kelgusida mehmonxonaning tashrif maskaniga aylanishi ta‘kidlanib, tadbirkorning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilandi.

🔛Zamonaviy va shinam mehmonxonaning ochilish marosimida nuroniylar ishtirokida maxsus lentalar kesildi. Marosimdan so‘ng ishtirokchilar yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.

🌍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


💬💬💬

🆕ЗАРАФШОН ШАҲРИДА ЯНГИ МEҲМОНХОНАНИНГ ОЧИЛИШ МАРОСИМИ ЎТКАЗИЛДИ

🧳"Hotel Humoyunshox" меҳмонхонасининг очилиш маросимида шаҳар ҳокими биринчи ўринбосари A.Шохмирзаев, кенг жамоатчилик вакиллари, нуронийлар иштирок этишди.

🔛Тадбирда сўзга чиққанлар томонидан мамлакатимизда тадбиркорларга яратилаётган имкониятлардан унумли фойдаланган ҳолда ташаббускор тадбиркор томонидан ишга туширилган мазкур истиқболли лойиҳа натижасида янги иш ўринлари яратилиб, аҳоли бандлиги таъминланиши, хорижлик ва маҳаллий меҳмонлар учун қулай шарт-шароитлар яратилиши, шаҳарда хизмат кўрсатиш соҳаси ривожланишида улкан ишлар амалга оширилаётганлиги, келгусида меҳмонхонанинг ташриф масканига айланишини таъкидланиб, тадбиркорнинг келгуси фаолиятига зафарлар тиланди.

🔛Замонавий ва шинам меҳмонхонанинг очилиш маросимида нуронийлар иштирокида махсус ленталар кесилди. Маросимдан сўнг иштирокчилар яратилган қулайликлар билан яқиндан танишишди.

🌍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати