NAVOISPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
665 subscribers
19.4K photos
1.03K videos
191 files
4.21K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🇺🇿 Navoiy viloyati - Bolalar ligasi-2022.

Bugun 2022- yil 26-fevral Navoiy futbol akademiyasi oʻquv-mashgʻulot bazasida viloyat futbol assotsiatsiyasining joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 4 ta yosh toifasida "Bolalar ligasi-2022" musobaqasi boʻyicha viloyatdagi bolalar-oʻsmirlar bosh murabbiylari bilan yigʻilish oʻtkazildi.

Ushbu yigʻilishda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti D.Davronov boshchiligidagi tashkilot vakillari va murabbiylar musobaqaning tashkiliy masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek murabbiylar musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish borasida oʻz takliflarini berishdi.

Yigʻilish davomida futbol assotsiatsiya rahbari musobaqani uy va safar tizimida oʻtkazish taklifini berdi hamda ushbu taklifni barcha bir ovozdan maʼqullab, musobaqa ushbu tizimda oʻtkazilishi belgilandi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
🏴 Hakamlar nazariy oʻquv-seminari.

Bugun Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasining hakamlar va nazoratchi hakamlar tayyorlash boʻlimi tomonidan navbatdagi nazariy oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Ushbu seminarga viloyat futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchi hakamlar tayyorlash boʻyicha mutaxassislari R.Bobomurodov hamda Z.Qodirovlar boshchilik qilishib, hakamlarga uchrashuv davomida boʻladigan qoʻpolliklar borasida tushunchalar berishdi.

Shuningdek viloyatda joriy yil oʻtkazilishi belgilangan OʻFA birinchiligi musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish borasida ham koʻrsatmalar berildi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
Forwarded from ZO'R TV NAVOIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy

25.02.2022

SOG'LOM HAYOT UCHUN 5000 MING QADAM

Muxbir: Sabina XO'JAYEVA🎤

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇
https://t.me/ZUR_TV_NAVOIY
"SOG'LOM HAYOT SARI" futbol festivali yana qaytmoqda.

Joriy yil 24-26-fevral kunlari Zarafshon shahrida mini-futbol boʻyicha umumta'lim maktablarining 2012, 2013 hamda 2014-yillarda tugʻilgan oʻquvchilari o'rtasida "Sogʻlom hayot sari" futbol festivali boʻlib oʻtdi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
IKA тақвим режасига асосан жорий йилда бўлиб ўтадиган қитъа ва Жаҳон чемпионатлари, Осиё ўйинлари ва халқаро турнирларда иштирок этувчи курашчиларни саралаш учун 2022 йил Ўзбекистон Кураш федерацияси календарь режасига асосан 25-28 февраль кунлари Самарқанд шаҳрида эркаклар ва аёллар ўртасида кураш спорт тури бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди. Ушбу мусобақага Навоий вилояти Якка кураш турларига ихтисослаштирилган болалар-ўсмирлар спорт мактабининг спортчилари 66- кгда Сафаров Қурбонали 3-ўрин, Ахмедова Севинч 52-кгда 3-ўринларни қўлга киритди ҳамда Бозорова Шахноза 70-кгда 1-ўрин, Умиджон Эсанов 81-кгда 1-ўрин эгаллади ва хар иккала чемпион спортчиларимиз Жорий йилнинг 17 -21 март кунлари Тожикистон давлатида ўтказиладиган Осиё чемпионатига иштирок этиши, ундан ташқари Хитой Тайпейида ўтадиган Осиё ўйинларига ва Жаҳон чемпионатига қатнашиш учун йўлланмани қўлга киритишди. Навоийликлар барчамиз ушбу ғалаба билан курашчиларимизни Табриклаймиз ва қўллаб қувватлаймиз.