🕊NASIMI JONFIZO🕊
96 subscribers
160 photos
32 videos
4 links
14.08.2021


Menga kitob o'qib bering. To'xtamang! Qancha ko'p kitob o'qisangiz, umrim ham shuncha mazmunli bo'ladi...☘️

Manfaat izlamang...!!!
Sodiq boʻlsangiz,qoling...!!!
Download Telegram
Channel created
🍃 14.08.21
#Bismillah
Assalomu alaykum varahmatullohu vabarakatuh.🩵
Shunchaki kichik bir sahifam💞
Manfat  izlamang❗️
Sodiq bo'lsangiz qoling❗️
Sodiqlarga sodiqmiz‼️

@NASIMI_JONFIZO
🌿Dunyodan doim go‘zallik, yaxshilik izlaydigan va faqat go‘zallik ulashadigan qalbingiz bo‘lsin!
Go‘zalliklar ifori taralsin:
Kulgilaringizdan...
So'zlaringizdan....
Amallaringizdan..
Kimdir g'urur dedi, kimdir muhabbat...
Kimdir boylik dedi, kimlardir manfaat...
Ammo doim Alloh deganlar yutaverdi...!

@nasimi_jonfizo☃️❄️
🌿Tashvishingiz, insonlarning muhabbatini qozonish bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang. Insonlarning qalblari o‘zgaruvchandir, bugun jonidan ortiq ko‘rib, ertaga nafratlanib ham qolaveradi. Tashvishingiz, qanday qilib bo‘lsa ham, insonlar Robbisi muhabbatiga sazovor bo‘lish bo‘lsin. Agar U sizni yaxshi ko‘rsa, insonlar qalblarini sizga talpinadigan qilib qo‘yadi.

— Shayx Sha’roviy

@nasimi_jonfizo☃️❄️
🌿Shunday koʻngillar bor, ular bilan gaplashgan saring gaplashging keladi...

🌱Shunday dillar bor, ularning oldida bir nafas oʻtirsang, dunyoning tashvishlari unut boʻladi...

🌱Insonlar oʻlmaydi, ular qalblarda yaxshiliklari bilan mangu qolsalar, mana shu haqiqiy yashab oʻtilgan umr hisoblanadi...

☘️Ko‘ngillar ichra sevimli bo‘ling! Sizdan qalblarga hayot berguvchi baxt ifori taralsin.... 🥰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalb ham dengiz bo'lsa edi, goh gohida to'lib toshib, to'lqinlar bilan tubidagi keraksiz buyumlarni uloqtirar edi...:)

@nasimi_jonfizo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
'' MUHAMMAD OLLOHNING ELCHISI " filmi

O'zbek tilida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
" MUHAMMAD ALLOHNING ELCHISI " filmi
2-qism
O'zbek tilida
📝 Tutun isi!

Onasining ter hidi aralash tutun isi kelib turgan kiyimlari qizining jahlini chiqardi. Balki ikkiqatligi uchun yoqmayotgandir bu hid.

«Hech kirni toza yuvmaydi-da.»Ichida kelinini yozg‘irdi.

Darrov kiyimlaringizni yuvib beray demadi. Onasi yosh boladek bo‘lib qolgan. Sal narsaga xafa bo‘ladi. Ertasi kuni ertalab ataylab bir-ikkita kir olib chiqdi.

-Keling, ona. Kiyimlaringizni yuvib beraman.

Ona kulimsirab, kiyimlarini yechib berdi. Axir shaharlik bo‘lib ketgan qizining nozikta’bligini biladi-da.

Qiz kiyimlarni hushbo‘y kukunlarga solib yuvdi. Yaxshilab chaydi. «Ana endi bu boshqa gap, »-deb o‘yladi o‘zicha. Onasi bir hafta turib qishloqqa qaytdi.

Bir oy o‘tib xabar keldiki, onasi yurak hurujidan vafot etibdi. Ayol yig‘lagancha, onasinikiga yo‘l oldi.

Barcha ma’rakalar o‘tgach, uyga qaytdi. Yuragi bo‘m-bo‘sh, egasi tashlab ketgan hovliga o‘xshab qoldi. Bolalari-yu, eri bir tomon, onasining o‘zi bir dunyo ekan.

Oradan qancha vaqt o‘tsa ham onasini sog‘inaverdi. O‘sha tutun hidi aralash ter isi kelib turgan ko‘ylak uyida qolgan ekan. Uni ko‘rib qolganda, tillo topgan tentakdek quvonib ketdi. Uning holatini onasini yo‘qotganlar, tipratikon ignasidek minglab sog‘inch ignalari yuragiga azob berganlar, endi onasini hech qachon ko‘rmaslik, sochlarini silamaslik, hidlariga to‘ymaslik hissini yurak-yuragidan tuyganlar tushunardi. Zinhor onasi yonida yurganlar emas.

U ko‘ylakni bag‘riga bosdi. O‘pkasini to‘ldirib hidladi. Biroq dimog‘iga onasining ifori emas, qaysidir gullarni eslatuvchi sun’iy bir hid urildi. Ayol ko‘ylakni bag‘riga bosgancha yig‘lab yubordi.Chunki bolaligidan onasining tutun hidi aralash ifori unga juda yoqardi...


🌜@nasimi_jonfizo🌛
Baxt bu.. baxt..
Har oning,har nafasing..
hayot aslida ham sinovlardan iborat va ayni shunisi bilan qiziq, yashashga undaydi.
Bu sinovli o'yinlarda esa har doim, sen g'olib bo'lishing kerak, ilgari yutqazgan bo'lsang nima qilibdi.
Endi har onda g'olib bo'lish uchun kurash...


🌜@nasimi_jonfizo🌛