Personal blog
14 subscribers
3 photos
1 file
3 links
Foydali deb bilganlarimni ulashib boraman:
#programming #tech #codinglife #thoughts
Download Telegram
Personal blog
Photo
Bugun qiyin vaziyatni boshdan o'tkazdik, minibox.uz'ga DDOS hujum bo'ldi. 2-3 soat ichida 63mln request keldi. Lekin frontend ham backend ham yiqilmadi. Biz bu hujumdan yaxshi natija bilan o'tib oldik.
🚀 JavaScript - bu veb-dasturlash sohasida markaziy va muhim o'rin tutadi.

JavaScript - bu zamonaviy veb uchun asosiy tili bo'lib, u ilovalarga hayot bag'ishlaydi va ularni jonlantiradi. U veb-sahifalarni dinamik va interaktiv qilishga xizmat qiladi.

JavaScript imkoniyatlari:
💥 Ilovalarga hayotiylik baxsh etish
💥 Veb-sahifalarni harakatga keltirish
💥 Foydalanuvchi interfeyslarini yaratish
💥 Brauzerda ma'lumotlarni qayta ishlash
💥 Serverga so'rovlar yuborish va ma'lumotlarni olish

🌐 JavaScript nafaqat brauzerlarda, balki Node.js orqali serverda ham ishlay oladi, shuningdek, mobil ilovalar va hatto desktop dasturlari yaratish mumkin. JavaScript bugungi kunda eng mashhur va keng tarqalgan dasturlash tillaridan biri hisoblanadi.

@narzullayevuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dashturlash

Dasturlash - bu biror bir muammoni kompyuterning ulkan imkoniyatlaridan foydalanib hal qilish qobiliyati hisoblanadi.

@narzullayevuz
#maqola

Qaysi biri tezroq?
for vs for...of vs forEach

Google amaki aytishicha:
forEach is almost the same as for or for..of , only slower. There's not much performance difference between the two loops, and you can use whatever better fit's the algorithm. Unlike in AssemblyScript, micro-optimizations of the for loop don't make sense for arrays in JavaScript.

Demak, forEach for dan sekinroq ishlaydi. Faqat Massivda for tsiklining mikro optimallashtirishlari JavaScript-dagi massivlar uchun mantiqiy emas.

Buni tekshirish maqsadida test qilib ko'rdim va deyarli rasmdagi natijani oldim. Bundan ko'rinib turibdiki eng tez ishlaydigan loop for, eng sekini esa for...of.

Ana shunaqa!

@narzullayevuz - kuzatishda davom eting!
Map va forEach nima?

Map va forEach - bu JavaScriptdagi arraylar ustida ishlashda ishlatiluvchi muhim usullar. Ular umumiy vazifaga ega: array elementlari ustida sikl yordamida amal bajarish. Ammo, ular o'rtasida muhim farqlar mavjud:

👉 forEach()
Bu usul array elementlari ustida aylanib o'tadi va har bir element uchun callback funksiyani chaqiradi. Asosiy vazifasi - arrayni o'zgartirish yoki boshqa amallarni bajarishdir. Masalan:


const numbers = [1, 2, 3];
numbers.forEach(num => console.log(num * 2));
// 2, 4, 6


👉 map()
Bu usul ham array elementlari ustida aylanib o'tadi va har bir element uchun callback funksiyani chaqiradi. Biroq, map() yangi array qaytaradi, unga callback funksiyaning qaytgan natijalar joylashadi. Asl array o'zgarmasdan qoladi. Masalan:


const numbers = [1, 2, 3];
const doubled = numbers.map(num => num * 2);
// doubled = [2, 4, 6]


🟢 forEach() - array ustida amal bajaradi, yangi array qaytarmaydi.
🟢 map() - yangi array qaytaradi, asl arrayni o'zgartirmaydi.
Forwarded from Donishmand Dasturchi
Globant.com dan Senior Node.js Engineer o'rni uchun offer oldim.

22-aprel kuni globant.com dan bir recruiter menga LinkedIn orqali yozdi. LinkedIn'da qisqacha position haqida ma'lumot berdi. Men rozi bo'lgacha HR call uchun interview belgiladik.

HR call. 23-aprel kuni call bo'ldi. Har doimgidek call'da o'zim haqimda qisqacha, eski ishimdan nega ketganim, qanday kompaniya qidirayotganim, kompaniyaning qanday jihatlari men uchun muhimligi kabi savollar so'radi. Globant haqida va ochilgan ish o'rni haqida batafsil ma'lumot berdi. Polshada ishlash qonuniy huquqim bor yoki yo'qligini aniqlashtirdi. Suhbat so'ngida interview'ning ikkinchi bosqchi "Technical Interview" uchun vaqt belgilashini aytdi.

Technical Interview. 25-aprel kuni texnik interview bo'ldi. Interview 1.5 soat davom etgan bo'lsa, suhbatning 45 daqiqasi chuqur JavaScript'ga, qolgan qismi TypeScript, va Node.js doir savollar bo'ldi. Interview davomida 2-3 ta savollargagina javob bera olmadim. Qolgani yaxshi bo'ldi.

Asosiy mavzular: Promise, microtask, macrotask, closure, lexical enviroinment, prototypal inheritence, functions, streams, buffers, event loop, threads, clusters, design patterns, Generics, OOP, SOLID...

Offer. Shu kunni o'zida recruiter menga qayta aloqa chiqib, interview yaxshi o'tganligini va offer berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Interview'ga tayyorlanishda Farruh Zokirov tuzib chiqqan mavzulashtirilgan manbalardan foydalandim. Quyida manbalarga linklarni qoldiraman:

JavaScript: https://docs.google.com/document/d/1VidVJdJj1DBWPVztczjgJZfAT4oGJ8vZw4IRviCnF6U/edit

TypeScript: https://docs.google.com/document/d/1ppyTS4mN-SwuPehFaEWjH2GIbyZFEL_B1eE9XP2htP4/edit

Node.js: https://docs.google.com/document/d/1G0We7uPenS8Wqv-vuvaKhGW_hvYqFrNyuXNl_L0mQ38/edit

General: https://docs.google.com/document/d/1CZGdHbqvg_mZSF41oWuYp5He_Pfqcr5t-6fWIhsbecY/edit

NestJs: https://docs.google.com/document/d/1Jdz-svWeBqxXYgr9q1z3sC2GLKd0T9yWluXrnJjVU8A/edit

API: https://docs.google.com/document/d/1fCfJkcGtWz0D4e_PtIVGYTDOD3ysd7BO8EzNU7A69Io/edit

Testing: https://docs.google.com/document/d/1LCkvV8sc2azbprvv5qFt7XWccZKAg6sQXSYNii_7FHc/edit
Qurbon hayiti muborak bo’lsin!