NAMSTAT
152 subscribers
5.06K photos
597 videos
3.81K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#infografika Namangan viloyatining sanoat ishlab chiqarishi 2021- yanvar-avgust

Rasmiy sahifalar👇

Telegram | Facebook | Mover
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📶Namangan viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibi

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Namangan viloyatida jami 5367,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 26,3 % i yoki 1411,4 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.

💯Batafsil

Rasmiy sahifalar👇

| Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | Youtube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📶Технологическая структура инвестиций в основной капитал в Наманганской области

В январе-июне 2021 года в Наманганской области освоено 5367,0 млрд. сум инвестиции в основной капитал, из них 26,3 % от общего объема или 1411,4 млрд. сум инвестиций освоены при выполнении строително-монтажных работ.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#infografika Namangan viloyatida korxona va tashkilotlar demografiyasi 2021- yanvar-avgust

Rasmiy sahifalar👇

Telegram | Facebook | Mover
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#infografika Namangan viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanishi 2021- yanvar-avgust

Rasmiy sahifalar👇

Telegram | Facebook | Mover
Namanganda 2021- yilning yanvar-avgust oylarida qancha miqdorda savdo xizmatlari ko‘rsatilgan?

2021- yilning yanvar-avgust oylarida, Namangan viloyatida savdo xizmatlarining hajmi 2 trln. 269,7 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatining ulushi 32,1 % ni tashkil etdi.

🔶 2021- yilning yanvar-avgust oylarida savdo xizmatlari tarkibi, % da;

🔷 Joriy davrda chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining 77,7 % iga to‘g‘ri keladi.

🔷 Ulgurji savdo xizmatlarining ulushi (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) 16,9 % ga yetdi.

🔷 Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, jumladan, avtomobillar va mototsikllarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlarni qo‘shgan holda, savdo xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi.
Namanganda 2021- yilning yanvar-avgust oylarida qancha miqdorda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan?

🔷
2021- yilning yanvar-avgust oylarida, Namangan viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 trln. 222,4 mlrd. so‘mni - tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 946,1 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.
🔷
2021- yilning yanvar-avgust oylarida, moliyaviy xizmatlar hajmining umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 17,3 % ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, Мoliyaviy xizmatlar hajmi
- moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.
Ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 135,5 %ga o‘sdi

🔷 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblangan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish – uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishdir.

🔷 Jumladan, Namangan viloyatida ham so‘nggi yillarda ta‘lim sohasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2021- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 313,2 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 135,5 % ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida,
bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,4 % ni tashkil etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholini ro‘yxatga olish yuzasidan Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari B. Raxmanov ishtirokida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi

Rasmiy sahifalar👇

Telegram | Facebook | Mover
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshdi

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 35 mln. 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.

➡️ Batafsil

Rasmiy sahifalar👇

| Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | Youtube
📊 Qaysi hududda eng ko‘p iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarildi?

Namangan viloyatida 2021- yil yanvar-avgust oylari davomida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 trln. 652,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 118,9 % ga o‘sgan.

🔶 O‘sish suratining ortishiga tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasi ekanini ko`rish mumkin.

♻️ Hududlar kesimida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari mlrd. so‘m:
🔹Namangan sh – 2 050,7
🔹Namangan – 501,6
🔹To‘raqo‘rg‘on – 371,9
🔹Chust – 313,2
🔹Kosonsoy – 324,0
🔹Uchqo‘rg‘on – 243,9
🔹Uychi – 193,8
🔹Mingbuloq – 179,6
🔹Pop – 155,2
🔹Yangiqo‘rg‘on – 137,1
🔹Chortoq – 111,5
🔹Norin – 69,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yil yanvar-avgust oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning jami sanoatdagi ulushi 55,8 % ni tashkil etdi.
Forwarded from NAMSTAT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish to‘g’risida

Rasmiy sahifalar👇

Telegram |Twitter | Facebook | Mover
Hududlarda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik to‘g‘risidagi tadbirlar davom etmoqda

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o'rganishda mamlakat hududida o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni sfatli o‘tkazish maqsadida Namangan viloyatining barcha hududlarida targ'ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan joriy yilning 7- oktabr kuni Namangan viloyati Chortoq hamda To‘raqo‘rg'on tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

♻️ Batafsil

Rasmiy sahifalar👇

Telegram | Facebook | Mover
O‘zbekiston Respublikasida Аholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

♻️ Аholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

🔷 aholining sogʼligʼini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish;
🔷 shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;
🔷 aholini ro‘yxatga olishlar oraligʼidagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
🔷 ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Rasmiy sahifalar👇

Telegram | Facebook | Mover
Namangan viloyati bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 9,7 % ga ko‘paygan

Namangan viloyati bo‘yicha 2021- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 trln. 089,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 9,7 % ga ko‘рaygan. Shu jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 701,7 mlrd. so‘mni (122,7 % ga ko‘рaygan), mikrofirmalar va kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 2 trln. 387,7 mlrd. so‘mni (6,4 % ga ko‘рaygan).

Hududlar kesimida ulgurji savdo aylanmasi hajmi, mlrd. so‘mda:

🔹Namangan sh – 1 329,7,
🔹To‘raqo‘rg‘on – 348,9,
🔹Uychi – 276,2,
🔹Kosonsoy – 161,5,
🔹Chortoq – 159,0,
🔹Norin – 145,6,
🔹Pop – 145,0,
🔹Chust – 142,8,
🔹Yangiqo‘rg‘on – 134,0,
🔹Namangan – 115,9,
🔹Uchqo‘rg‘on – 74,4,
🔹Mingbuloq – 56,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida, savdo aylanmasi hajmida yirik korxonalarnig ulushi 22,7 %ni, mikrofirma va kichik korxonalarning ulushi 77,3 %ni tashkil etdi.
Forwarded from NAMSTAT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023- yilning noyabr oyida Аholini roʼyxatga olish tadbiri boʼlib oʼtadi

Аholini roʼyxatga olishdan asosiy maqsad — Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va uni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
Namangan viloyatning eksportyorlar soni 415 taga yetdi

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning eksportyorlar soni 415 tani tashkil etib, ular tomonidan 312,7 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. O‘sish sur'ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 19,1 % ga ko‘paydi.

♻️ 2021- yil yanvar- avgust oylarida tovar va xizmatlar eksport tarkibi.

🔷 Sanoat tovarlari - 73,4 %,

🔷 Oziq-ovqat mahsulotlari - 18,2 %,

🔷 Mashinalar va transport asbob-uskunalari - 2,3 %,

🔷 Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o`xshash mahsulotlar - 1,3 %,

🔷 Xizmatlar - 2,9 %,

🔷 Qora metal - 0,8%,

🔷 Boshqalar - 1,1 % hissasiga to‘g`ri kelmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-avgust oyi yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Rossiya Federatsiyasi eksport umumiy hajmining 42,5 %ni tashkil etmoqda.