NAMSTAT
1.11K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan xodimlar taqdirlandi

Barchaga ma'lumki joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Mazkur muhim davlat tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar.

Ro‘yxatga olish jarayonida xodimlar tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish borasida samarali mehnat qilindi. Ularning mas’uliyatli yondashuvi va fidokorona xizmatlari tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida muhim omil bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2
Hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining muvaffaqiyatli o‘tishida Namangan viloyatining shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlarining ham hissasi beqiyos bo‘ldi. Ular ro‘yxatga olish jarayonida hududlarda belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishda faol ishtirok etdilar.

Shu munosabat bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev ro‘yxatga olish tadbirining muvaffaqiyatli yakunlanishiga hissa qo‘shgan barcha xodimlarga o‘z minnatdorligini bildirdi. U mazkur umummilliy tadbirni namunali tashkil etishda hududiy bo‘limlar xodimlarining mehnati alohida e’tirofga loyiq ekanligini ta’kidladi. 

Tadbir davomida xodimlarning mas’uliyati, tashabbuskorligi va samarali mehnati e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2👍1
🥑 Ўзбекистонда авокадо импорти 46,6 фоизга ўсди

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонга 2026 йилнинг январь-апрель ойларида 12 та хорижий давлатдан қиймати 313 минг АҚШ долларига тенг бўлган 155,8 тонна авокадо импорт қилинган.

📊 Импорт ҳажми 2025 йилнинг мос даври билан солиштирилганда 49,5 тоннага ошган.


🌍 Мазкур даврда Ўзбекистонга энг кўп авокадо етказиб берган давлатлар:

Қозоғистон – 74,8 тонна;

Хитой – 26,5 тонна;

Исроил – 12,4 тонна

Нидерландия – 10,5 тонна;

Перу – 9 тонна;

Бошқа давлатлар – 22,6 тонна.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_RAQAMI Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
📊 Ulgurji savdoda 5,6 % o‘sish qayd etildi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga Namangan viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 930 tani tashkil etgan.

Shundan:
🔸 Yirik korxonalar – 13 ta
🔹 Kichik korxona va mikrofirmalar – 2 917 ta

🗂 Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 6,1 trln so‘mni tashkil etdi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga ko‘paygan.


Yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo hajmi dinamikasi:

🔹2026-yil – 6,1 trln so‘m

🔹2025-yil – 5,5 trln so‘m

🔹2024-yil – 4,8 trln so‘m

📌 Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi hajmi 4,8 trln so‘mni tashkil qilib, umumiy ulgurji savdo hajmidagi ulushi 78,6 % ga teng bo‘ldi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🧑‍🎓 Ўзбекистонликлар ўқиш учун қайси давлатларга бормоқда?

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-апрель ойларида 7 355 нафар Ўзбекистон фуқаролари ўқиш мақсадида чет элга сафар қилган.

📊 Бу кўрсаткич 2025 йилнинг мос даврига нисбатан 2,6 минг нафарга ёки 26,2 фоизга камайган.


🌍 Мазкур даврда Ўзбекистон фуқаролари ўқиш мақсадида энг кўп борган давлатлар:

Қирғиз Республикаси — 1 519 нафар;

Россия — 1 515 нафар;

Корея Республикаси — 1 184 нафар;

Туркия — 554 нафар;

Тожикистон — 514 нафар;

Хитой — 472 нафар;

Буюк Британия — 413 нафар;

Бошқа давлатлар — 1 184 нафар.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🍽 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1,5 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Namangan viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 526 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 223 taga ko‘paygan.

1-iyun holatiga faoliyat yuritayotgan korxonalar soni:

🔹 2026-yil — 1 526 ta

🔹 2025-yil — 1 303 ta

🔹 2024-yil — 1 311 ta

💰 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda yashash va ovqatlanish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7,1 trln so‘mni tashkil etdi.

📈 Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 % ga oshgan.

🍽 Mehmonxona, restoran, kafe va boshqa ovqatlanish xizmatlari sohasidagi korxonalar sonining ortib borayotgani hududda xizmatlar sektorining izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
Qaysi hududlarda qurilish ishlari ko‘proq bajarildi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida umumiy qiymati 4,4 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 16,6 % ga oshgan.


🏗 Hududlar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

🔸Namangan shahri – 894,7 mlrd so‘m

🔰Shundan:
• Davlatobod tumani – 328,6 mlrd so‘m
• Yangi Namangan tumani – 192,0 mlrd so‘m

🔸Mingbuloq tumani – 124,0 mlrd so‘m

🔸Kosonsoy tumani – 189,3 mlrd so‘m

🔸Namangan tumani – 173,8 mlrd so‘m

🔸Norin tumani – 126,4 mlrd so‘m

🔸Pop tumani – 180,1 mlrd so‘m

🔸To‘raqo‘rg‘on tumani – 142,3 mlrd so‘m

🔸Uychi tumani – 356,0 mlrd so‘m

🔸Uchqo‘rg‘on tumani – 179,7 mlrd so‘m

🔸Chortoq tumani – 219,2 mlrd so‘m

🔸Chust tumani – 141,6 mlrd so‘m

🔸Yangiqo‘rg‘on tumani – 186,8 mlrd so‘m

🔸Taqsimlanmagan hajm – 1439,3 mlrd so‘m

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🧅 Ўзбекистон 4 ойда 26,2 минг тонна пиёз экспорт қилди

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-апрель ойларида Ўзбекистон 11 та хорижий давлатга қиймати 5,8 млн АҚШ долларига тенг бўлган 26,2 минг тонна пиёз экспорт қилган.

📊 Экспорт ҳажми ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 18,4 минг тоннага ёки 41,2 фоизга камайган.


🌍 Мазкур даврда Ўзбекистон энг кўп пиёз етказиб берган давлатлар:

Туркманистон – 8,7 минг тонна;

Россия – 8,4 минг тонна;

Ироқ – 5,3 минг тонна;

Эрон – 2,2 минг тонна;

Қирғиз Республикаси – 1,4 минг тонна;

Бошқа давлатлар – 260,4 тонна.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1