NAMSTAT
1.1K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
Namangan xalqaro aeroportida turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar olib borilmoqda

Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda Turizm boshqarmasi hamkorligida hududga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar davom etmoqda.

Ayni paytda kuzatuv ishlari Namangan xalqaro aeroportida tashkil etilib, xorijga ketayotgan va viloyatga tashrif buyurayotgan fuqarolar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Mazkur kuzatuvlar turizm statistikasi ko‘rsatkichlarining aniqligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, turizm xizmatlari eksport-importi hajmini to‘liq shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍3
Hurmatli Ravshanjon Naimboyevich !

Namangan viloyati Statistika boshqarmasining ahil jamoasi nomidan Sizni tugʻilgan kuningiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizga uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, mustahkam sogʻlik tilaymiz.

Statistika tizimida bor kuch va salohiyatingizni ayamay, qilayotgan fidokorona mehnatlaringizni doimo qadrlagan holda kelgusi ishlaringizda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sizga mana shunday shijoat va qalbi qaynoqlik, oilaviy farovonlik, shodu-xurramlik, dunyodagi barcha xursandchilik va quvonchli onlar doimiy hamrohingiz boʻlishini Yaratgandan soʻraymiz. Yana bir bor tavallud kuningiz muborak boʻlsin.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🎉2
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
👕 Кийим ишлаб чиқариш бўйича қайси ҳудуд пешқадам?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-март ойларида Ўзбекистонда йирик корхоналар томонидан 9,2 трлн сўмлик кийим ишлаб чиқарилган.

🇺🇿Ҳудудлар кесимида кийим ишлаб чиқариш ҳажми:

Андижон вилояти — 3,9 трлн сўм

Тошкент вилояти — 1,0 трлн сўм

Наманган вилояти — 797,4 млрд сўм

Фарғона вилояти — 768,7 млрд сўм

Тошкент шаҳри — 691,3 млрд сўм

Самарқанд вилояти — 474,9 млрд сўм

Бухоро вилояти — 320,6 млрд сўм

Қашқадарё вилояти — 295,8 млрд сўм

Хоразм вилояти — 246,9 млрд сўм

Навоий вилояти — 210,8 млрд сўм

Сирдарё вилояти — 150,7 млрд сўм

Қорақалпоғистон Республикаси — 149,4 млрд сўм

Жиззах вилояти — 96,9 млрд сўм

Сурхондарё вилояти — 96,7 млрд сўм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧵 To‘qimachilik mahsulotlari eksporti ortmoqda

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 117,2 mln AQSH dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 36,4 % ko‘paygan.


📌Shuningdek, umumiy eksport hajmida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 60,3 foizini tashkil etgan.

♻️ Eksport tarkibida:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 35,5 %,

Tayyor trikotaj kiyimlari — 37 %,


Tayyor tikuvchilik mahsulotlari — 10,4 %
,

Paxta, kigiz va noto‘qima materiallar, arqon buyumlari — 0,4 %,

Boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 16,7 % ulushni tashkil etdi.


Ma'lumot o'rnida, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida 2,2 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 27,9 % iga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
#Infografika 4 oyda 12,5 trillion so‘mdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida 12 trln 555,9 mlrd soʻmlik so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

🟩 2025-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,5 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 8,5 % ga o‘sdi.


🏭 2026-yil 1-may holatiga viloyatda jami 4 423 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

🆕 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 214 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.

👥 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 million 927,7 ming so‘mni tashkil etdi.

📊 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 49,7 % ga teng bo‘ldi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🤩 Ўзбекистонда энг кўп “Cobalt” ва “Damas” автомобиллари ишлаб чиқарилмоқда

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2026 йилнинг январь-апрель ойларида турли русумдаги 148 859 дона енгил автомобиллар ишлаб чиқарилган.

📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 13,5 минг донага ошган.


📊 Ишлаб чиқарилган автомобиллар русумлар бўйича қуйидагича:

Cobalt – 53 802 дона;

Damas – 28 352 дона;

Tracker – 14 518 дона;

Onix – 12 259 дона;

KIA – 8 882 дона;

BYD – 7 011 дона;

Haval – 3 425 дона;

Chery – 2 572 дона;

Maxсус енгил автомобиллар – 18 038 дона.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚛 Avtomobil transportida yuk tashish hajmi ortdi

📊 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida avtomobil transportida 8,7 mln tonna yuk tashildi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,9 mln tonnaga ko‘p.

🔄 Yuk aylanmasi 234,5 mln tn-km ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,2 mln tn-kmga oshdi.

🚚 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning avtomobil transportida amalga oshirgan yuk aylanmasi 56,6 mln tn-km bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 125,5 % ni tashkil etdi.

📌 Umumiy yuk aylanmasida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi 24,1 % ga teng bo‘ldi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🥩 Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi oshdi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 32,1 ming tonna tirik vazndagi go‘sht yetishtirildi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga ko‘paygan.


🔹 Yetishtirilgan go‘sht hajmining xo‘jaliklar bo‘yicha taqsimlanishi:

👨‍🌾 dehqon va tomorqa xo‘jaliklari — 80,6 %;

🚜 fermer xo‘jaliklari — 8,4 %;

🏞 qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar — 11,0 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🖥 Ўзбекистонда 100 та уй хўжалигига 76 та компьютер тўғри келади

🏢 Миллий статистика қўмитасининг уй хўжаликлари танланма кузатувлари маълумотларига асосан, 2025 йилда Ўзбекистонда 100 та уй хўжалигига тўғри келадиган шахсий компьютерларнинг ўртача сони 76 донани ташкил этган.

📊 Мазкур кўрсаткич йиллар кесимида қуйидагича:

2010 йил – 12 дона;

2015 йил – 47 дона;

2020 йил – 60 дона;

2025 йил – 76 дона.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Namangan viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda. (O‘sish sur’ati 2025- yilning shu davriga nisbatan)

🏭 Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 12,6 trln so‘m
– Fizik hajm indeksi: 108,5 %

🏗 Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 4,4 trln so‘m
– O‘sish sur’ati: 116,6 %

🛒 Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 10,2 trln so‘m
– O‘sish sur’ati: 126,3 %

🛠 Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 21,1 trln so‘m
– O‘sish sur’ati: 117,7 %

🌍 Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 620,1 mln AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 129,1 %

🛫 Eksport
– Hajmi: 255,3 mln AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 127,8 %

🛩 Import
– Hajmi: 364,7 mln AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 130,1 %

🏢 Korxona va tashkilotlar faoliyati
📅 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 27 869 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
📊 Namangan viloyati statistika boshqarmasi: murojaatlar tahlili

2026-yil yanvar–may oylarida boshqarmaga jami 19 ta murojaat kelib tushgan.

📌 Kelib tushish manbai:
Virtual qabulxona orqali — 1 ta
To‘g‘ridan-to‘g‘ri — 4 ta
Rahbariyatning shaxsiy va sayyor qabulida — 14 ta

📌 Murojaatlar mazmuni:
Davlat registr bazasi (kiritish/chiqarish, faoliyat turi, statistik kodlar) — 5 ta (26,3%)
Statistik hisobotlar va so‘rovnomalar bo‘yicha tushuntirish — 5 ta (26,3%)
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar — 4 ta (21,1%)
Faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha amaliy yordam — 2 ta (10,5%)
Nafaqa hujjatlari (ish staji, ish haqi, tashkilot nomi o‘zgarishi) — 2 ta (10,5%)
Boshqa masalalar — 1 ta (5,3%)

📌 Murojaatchilar tarkibi:
jismoniy shaxslar — 3 ta (15,8%)
yuridik shaxslar — 16 ta (84,2%)

ℹ️ Ma'lumot o‘rnida: Murojaatlarning asosiy qismi yuridik shaxslar tomonidan va asosan statistik hisobot hamda registr masalalari bo‘yicha yo‘llangan.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
👥 Ўзбекистон аҳолисининг қарийб 56 фоизи меҳнатга лаёқатли

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 январь ҳолатига Ўзбекистоннинг доимий аҳоли сони 38,2 млн нафарни ташкил этган.

📊 Доимий аҳоли сонининг ёш гуруҳлари бўйича таркиби қуйидагича:

меҳнатга лаёқатли ёшдан кичиклар — 12,3 млн киши (32,1 %);

меҳнатга лаёқатли ёшдагилар — 21,3 млн киши (55,8 %);

меҳнатга лаёқатли ёшдан катталар — 4,6 млн киши (12,1 %).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Namanganda qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oyida Namanganda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 21,1 trln so‘mni tashkil etdi.

📊 Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish surʼatlari quyidagicha:

Moliyaviy xizmatlar — 151,8 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 117,4 %;

Savdo xizmatlari — 116,3 %;

Transport xizmatlari — 115,6 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 113,6 %;

Ijara xizmatlari — 111,1 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 111,0 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar — 110,8 %;

Shaxsiy xizmatlar — 108,9 %;

Boshqa xizmatlar — 109,5 %;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 108,0 %;

Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 103,7 %;


Meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 100,3 %.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika Namangan viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
⚡️📊 Ўзбекистон аҳолисининг ўртача ёши қанча?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йил 1 январь ҳолатига Ўзбекистон аҳолисининг ўртача ёши 29,5 ёшни ташкил этган.

📊 Аҳолининг ўртача ёши ҳудудлар бўйича қуйидагича:

Тошкент шаҳри – 32,7 ёш

Бухоро вилояти – 31,1 ёш

Тошкент вилояти – 31 ёш

Навоий вилояти – 30,1 ёш

Фарғона вилояти – 30 ёш

Қорақалпоғистон Республикаси – 29,8 ёш

Андижон вилояти – 29,5 ёш

Хоразм вилояти – 29,5 ёш

Наманган вилояти – 29 ёш

Сирдарё вилояти – 28,7 ёш

Самарқанд вилояти – 28,5 ёш

Жиззах вилояти – 28,4 ёш

Қашқадарё вилояти – 27,7 ёш

Сурхондарё вилояти – 27,4 ёш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏗 Qurilish ishlari hajmida norasmiy sektorning ulushi qancha?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga Namangan viloyatida 1 420 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda umumiy qiymati 4,4 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,6 % ga o‘sdi, ya'ni qurilish sohasi barqaror rivojlanmoqda.


♻️ So‘nggi yillarda qurilish hajmining o‘sishi: (yanvar-aprel oyida)

▫️2026-yil – 4,4 trln so‘m

▫️2025-yil – 3,7 trln so‘m

▫️2024-yil – 3,0 trln so‘m

▫️2023-yil – 1,8 trln so‘m

▫️2022-yil – 1,6 trln so‘m

📊 Tahlillarga ko‘ra, qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda, ayniqsa so‘nggi yillarda o‘sish sezilarli bo‘ldi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

🔸 Yirik qurilish tashkilotlari – 12,2 %

🔸 Norasmiy sektor – 47,1 %

🔸 Kichik korxona va mikrofirmalar – 40,7 %

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
📊 Дунё тарихида бизнесни рўйхатга олиш қандай шаклланган?

Бизнесни рўйхатга олиш — мамлакатдаги корхона, ташкилот ва тадбиркорлик субъектлари, уларнинг фаолият тури, жойлашуви, ишчилар сони, айланмаси, мулкчилик шакли ҳамда бошқа иқтисодий кўрсаткичларни тизимли ҳисобга олиш жараёнидир.

У оддий корхонани давлат рўйхатидан ўтказишдан фарқ қилади. Статистик маънода мазкур жараён иқтисодий рўйхатга олиш, бизнес-регистр ва корхоналар тўғрисидаги статистик ҳисоб тушунчаларига яқин.


👉 Дастлабки босқич: солиқ ва савдо ҳисоблари
Бизнес субъектларини ҳисобга олишнинг илк кўринишлари давлатларнинг солиқ йиғиш, савдони назорат қилиш ва ҳунармандчилик фаолиятини тартибга солиш эҳтиёжидан келиб чиққан.

Қадимги Миср, Рим, Хитой ва Шарқ давлатларида ерлар, ҳунармандлар, бозорлар, савдо карвонлари, устахоналар ҳамда солиқ тўловчилар тўғрисида турли рўйхатлар юритилган.


Бу рўйхатлар ҳозирги статистик бизнес-регистрлар даражасида бўлмаган бўлса-да, уларнинг асосий мақсади иқтисодий фаолият юритувчи субъектларни аниқлаш ва давлат бошқарувини таъминлашдан иборат эди.

👉 Саноат инқилоби: корхоналарни алоҳида ҳисобга олиш
XVIII–XIX асрларда саноат инқилоби натижасида фабрика, завод, кон, савдо уйлари ва хизмат кўрсатиш ташкилотлари сони кескин кўпайди. Шу боис давлатларда нафақат аҳолини, балки ишлаб чиқариш ва тадбиркорлик фаолиятини ҳам алоҳида ҳисобга олиш зарурати пайдо бўлди.

АҚШда иқтисодий рўйхатга олиш тарихи 1810 йилда ўтказилган ишлаб чиқариш рўйхатидан бошланган. Кейинчалик ушбу тизим чакана ва улгуржи савдо, қурилиш, кончилик ҳамда хизмат кўрсатиш соҳаларини ҳам қамраб олган.


👉 XX аср: иқтисодий рўйхатга олишнинг ривожланиши
XX асрга келиб, бизнесни рўйхатга олиш миллий статистика тизимларининг муҳим қисмига айланди.

Корхоналар тўғрисидаги маълумотлар:
— ялпи ички маҳсулот ва миллий ҳисоблар тизимини шакллантириш;
— саноат, савдо, қурилиш ва хизматлар статистикасини юритиш;
— кичик бизнес ва тадбиркорлик ҳолатини баҳолаш;
— ҳудудий иқтисодий ривожланишни таҳлил қилиш;
— давлат сиёсати ва бизнес муҳитини такомиллаштириш учун қўлланила бошланди.
АҚШда 1902 йилда доимий Аҳолини рўйхатга олиш бюроси ташкил этилганидан кейин ишлаб чиқариш рўйхатлари мунтазам ўтказиладиган тизимга айланди. 1905 йилда эса ишлаб чиқариш рўйхати аҳоли рўйхатидан алоҳида ташкил этилди.


👉 Замонавий босқич: статистик бизнес-регистрлар
Бугунги кунда кўплаб мамлакатлар бизнес субъектларини фақат бир марта рўйхатга олиш билан чекланмайди. Асосий эътибор доимий янгиланиб борадиган статистик бизнес-регистрларга қаратилган.

Статистик бизнес-регистрлар:
— фаол корхоналарни аниқлаш;
— статистик кузатувларни ташкил этиш;
— маъмурий маълумотларни бирлаштириш;
— бизнес демографиясини таҳлил қилиш;
— янги ташкил этилган ва фаолиятини тугатган корхоналарни ҳисобга олиш имконини беради.

👉 Япония тажрибаси
Японияда иқтисодий рўйхатга олиш барча муассаса ва корхоналарни қамраб олишга қаратилган.
Унда корхонанинг номи, жойлашуви, бошқарув шакли, фаолият тури, сотув ҳажми, харажатлари ва капитал қўйилмалари каби маълумотлар йиғилади. Олинган натижалар давлат сиёсатини ишлаб чиқиш, ҳудудий ривожланишни баҳолаш ва бизнес режалаштиришда қўлланилади.

👉 Хулоса
Дунё тарихида бизнесни рўйхатга олиш уч асосий босқичдан ўтган:
1️⃣ солиқ, савдо ва ҳунармандчилик фаолиятини ҳисобга олиш;
2️⃣ саноат инқилоби даврида фабрика, завод ва ишлаб чиқариш субъектларини рўйхатга олиш;
3️⃣ замонавий иқтисодий рўйхатга олишлар ва статистик бизнес-регистрларни шакллантириш.
Бугунги кунда бизнесни рўйхатга олиш корхоналар сонини аниқлаш билангина чекланмайди. У иқтисодиётнинг ҳақиқий таркиби, фаол тадбиркорлик субъектлари, иш ўринлари, ҳудудларнинг иқтисодий салоҳияти ва бизнес муҳитини баҳолашда муҳим статистик восита ҳисобланади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM