NAMSTAT
1.1K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
Namangan viloyatida turizm statistikasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 25-may kuni viloyat statistika boshqarmasida Namangan viloyatida turizm sohasiga oid statistik ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida hududga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar davomida supervayzerlar hamda intervyuyerlarga tanlanma kuzatuvlarni samarali tashkil etish, ma’lumotlarni sifatli yig‘ish va kuzatuv jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga kuzatuv jarayonida respondentlar bilan muloqot madaniyati, ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash hamda statistik kuzatuvlarning amaldagi metodologiyasi asosida ish olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Batafsil..

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
💰Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya faoliyati

💵 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 15 trln 763,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

📊 Mazkur ko‘rsatkich asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmining 88,2 % iga teng bo‘ldi.


📊 O‘sish sur‘ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 152,3 % ni tashkil qildi.

🔰 So‘nggi yillarda kichik tadbirkorlik subyektlari investitsiya faoliyati ko‘rsatkichlari: (yanvar-mart holatiga)
🔹 2022- yil — 2 169,0 mlrd so‘m;
🔹 2023- yil — 2 089,6 mlrd so‘m;
🔹 2024- yil — 6 489,8 mlrd so‘m;
🔹 2025- yil — 10 297,8 mlrd so‘m;
🔹 2026- yil — 15 763,3 mlrd so‘m.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
🐄 Namangan viloyatida chorva mollari va parrandalar bosh soni
📆 2026-yil 1-aprel holatiga


Viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda:

🐂 Yirik shoxli qoramollar soni — 793 590 boshni tashkil etdi.
📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,4 % ga ko‘paygan.

🐄 Shundan sigirlar soni — 265 362 boshga yetdi.
📊 O‘sish sur’ati — 2,7 %.

🐄 Otlar soni — 7 491 boshga yetdi.
📶 O‘sish sur’ati — 3,4 %.

🐑 Qo‘y va echkilar soni — 860 333 boshni tashkil etdi.
📈 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 % ga oshgan.

🐓 Parrandalar soni esa — 7 528 841 boshga yetdi.
🚀 Bu ko‘rsatkich 10,5 % ga ko‘paygan.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
“Demografiya va mehnat bozori: statistik tahlil va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2026-yil 26-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda Namangan davlat texnika universiteti hamkorligida “Demografiya va mehnat bozori: statistik tahlil va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati va mutaxassislari, Namangan davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida demografik ko‘rsatkichlarning shakllanishi, aholi soni va tarkibidagi o‘zgarishlar, mehnat resurslari, bandlik darajasi hamda mehnat bozorida yuz berayotgan zamonaviy jarayonlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, statistik ma’lumotlarni tahlil qilishning innovatsion usullari, raqamlashtirish jarayonlari va statistik axborotlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#брифинг

Ассалому алайкум, ҳурматли юртдошлар!


Бугунги брифингда Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига асосан, 2026 йилнинг январь–апрель ойларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий ҳолатига оид айрим муҳим статистик кўрсаткичлар ҳақида қисқача маълумот бериб ўтамиз.

2026 йил 1 май ҳолатига республикамизда 61 мингдан ортиқ саноат корхонаси фаолият юритмоқда. Улар томонидан 2026 йилнинг январь–апрель ойларида 394,7 трлн сўмлик саноат маҳсулотлари ишлаб чиқарилди. Бу ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 7,8 фоизга кўп.


Ўзбекистонда 4 ойда 84,4 трлн сўмлик қурилиш ишлари бажарилган. Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 14,1 фоизга ошган. Энг кўп қурилиш ишлари Бухоро, Қашқадарё, Самарқанд, Тошкент, Фарғона вилоятлари ва Тошкент шаҳрида бажарилган.

2026 йилнинг январь–апрель ойларида Ўзбекистонда кўрсатилган

бозор хизматлари

ҳажми 406,4 трлн сўмни ташкил этди. Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 16,6 фоизга ошган.


Ўзбекистон дунёнинг 170 дан ортиқ давлатлари билан савдо алоқаларини амалга оширмоқда. Ҳисобот даврида мамлакатимизнинг ташқи савдо айланмаси 26,3 млрд АҚШ долларига етди. Бу ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 5,8 фоизга кўпдир.

Шундан экспорт ҳажми 10 млрд доллар, импорт ҳажми эса 16,4 млрд АҚШ доллари қийматига эга бўлди. Ташқи савдода энг юқори улуш Хитой, Россия, Қозоғистон, Туркия ва Афғонистон ҳиссасига тўғри келди.

Нархлар ўзгаришига тўхталадиган бўлсак, 2026 йил апрель ойида истеъмол бозорида товар ва хизматлар нархи ўртача 0,6 фоизга ошди. Хусусан, озиқ-овқат маҳсулотлари 1 фоизга, ноозиқ-овқат товарлари 0,3 фоизга ва хизматлар нархи 0,4 фоизга қимматлашди.

Бу ҳисоб-китоблар мамлакат бўйича 10 мингдан ортиқ савдо ва хизмат кўрсатиш нуқталарида кузатилган қарийб 1,3 млн нарх маълумотлари асосида шакллантирилди.


Демографик кўрсаткичларга кўра, 2026 йил 1 апрель ҳолатига Ўзбекистоннинг доимий аҳолиси сони 38 миллион 382 минг 685 нафарни ташкил этди. Шундан 19,1 миллиони аёллар, 19,3 миллиони эса эркаклардир. Шаҳарда яшовчилар – 19,5 млн кишини ва қишлоқ ҳудудида яшовчи аҳоли сони 18,8 млн кишини ташкил этган.

2026 йил 1 май ҳолатига республикамизда 580,9 мингта корхона ва ташкилотлар фаолият кўрсатмоқда. Бу ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 40,2 мингтага кўпдир.


Шунингдек, чет эл инвестициялари иштирокида 19 минг 490 та корхона фаолият юритмоқда. Улардан 4 минг 427 таси қўшма, 15 минг 63 таси эса хорижий корхоналар ҳисобланади.

Эътиборингиз учун раҳмат!
👍2
Namangan xalqaro aeroportida turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar olib borilmoqda

Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda Turizm boshqarmasi hamkorligida hududga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar davom etmoqda.

Ayni paytda kuzatuv ishlari Namangan xalqaro aeroportida tashkil etilib, xorijga ketayotgan va viloyatga tashrif buyurayotgan fuqarolar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Mazkur kuzatuvlar turizm statistikasi ko‘rsatkichlarining aniqligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, turizm xizmatlari eksport-importi hajmini to‘liq shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍3
Hurmatli Ravshanjon Naimboyevich !

Namangan viloyati Statistika boshqarmasining ahil jamoasi nomidan Sizni tugʻilgan kuningiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizga uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, mustahkam sogʻlik tilaymiz.

Statistika tizimida bor kuch va salohiyatingizni ayamay, qilayotgan fidokorona mehnatlaringizni doimo qadrlagan holda kelgusi ishlaringizda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sizga mana shunday shijoat va qalbi qaynoqlik, oilaviy farovonlik, shodu-xurramlik, dunyodagi barcha xursandchilik va quvonchli onlar doimiy hamrohingiz boʻlishini Yaratgandan soʻraymiz. Yana bir bor tavallud kuningiz muborak boʻlsin.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🎉2
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
👕 Кийим ишлаб чиқариш бўйича қайси ҳудуд пешқадам?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-март ойларида Ўзбекистонда йирик корхоналар томонидан 9,2 трлн сўмлик кийим ишлаб чиқарилган.

🇺🇿Ҳудудлар кесимида кийим ишлаб чиқариш ҳажми:

Андижон вилояти — 3,9 трлн сўм

Тошкент вилояти — 1,0 трлн сўм

Наманган вилояти — 797,4 млрд сўм

Фарғона вилояти — 768,7 млрд сўм

Тошкент шаҳри — 691,3 млрд сўм

Самарқанд вилояти — 474,9 млрд сўм

Бухоро вилояти — 320,6 млрд сўм

Қашқадарё вилояти — 295,8 млрд сўм

Хоразм вилояти — 246,9 млрд сўм

Навоий вилояти — 210,8 млрд сўм

Сирдарё вилояти — 150,7 млрд сўм

Қорақалпоғистон Республикаси — 149,4 млрд сўм

Жиззах вилояти — 96,9 млрд сўм

Сурхондарё вилояти — 96,7 млрд сўм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧵 To‘qimachilik mahsulotlari eksporti ortmoqda

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 117,2 mln AQSH dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 36,4 % ko‘paygan.


📌Shuningdek, umumiy eksport hajmida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 60,3 foizini tashkil etgan.

♻️ Eksport tarkibida:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 35,5 %,

Tayyor trikotaj kiyimlari — 37 %,


Tayyor tikuvchilik mahsulotlari — 10,4 %
,

Paxta, kigiz va noto‘qima materiallar, arqon buyumlari — 0,4 %,

Boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 16,7 % ulushni tashkil etdi.


Ma'lumot o'rnida, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida 2,2 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 27,9 % iga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
#Infografika 4 oyda 12,5 trillion so‘mdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida 12 trln 555,9 mlrd soʻmlik so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

🟩 2025-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,5 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 8,5 % ga o‘sdi.


🏭 2026-yil 1-may holatiga viloyatda jami 4 423 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

🆕 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 214 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.

👥 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 million 927,7 ming so‘mni tashkil etdi.

📊 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 49,7 % ga teng bo‘ldi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube