NAMSTAT
1.1K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
Kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha seminar tashkil etildi

2026-yil 20-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Milliy statistika tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha majburiy talablar” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, xodimlar hamda hududiy statistika bo‘limlari mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdilar.

Seminarda axborot xavfsizligini ta’minlash, xizmat faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, ma’lumotlarni himoyalash hamda kiberxavfsizlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat kompyuterlari va axborot tizimlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, shubhali elektron xabarlar va zararli dasturlardan ehtiyot bo‘lish, maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
👍2
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🍦 Ўзбекистонга 3,3 млн долларлик музқаймоқ импорт қилинган

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонга 2026 йилнинг январь-март ойларида 8 та хорижий давлатдан қиймати 3,3 млн АҚШ долларига тенг бўлган музқаймоқ маҳсулотлари импорт қилинган.

📊 Импорт қиймати 2025 йилнинг мос даври билан солиштирилганда қарийб 1,9 млн АҚШ долларига ошган.


🌍 Мазкур даврда Ўзбекистонга энг кўп музқаймоқ маҳсулотлари етказиб берган давлатлар:

Россия – 275,3 тонна;

Қозоғистон – 139 тонна;

Хитой – 46,2 тонна;

Беларусь – 20,2 тонна;

Франция – 17,6 тонна;

Бошқа давлатлар – 13,3 тонна.

🇺🇿 Лотинда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida sanoat tovarlari eksporti oshdi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyati tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 94,2 mln AQSH dollari miqdorida sanoat tovarlari eksport qilindi.

📈 Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,1 % ga oshgan.


🔰 Sanoat tovarlari eksportida yuqori ulushga ega mahsulotlar:

🧵 Toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar — 89,1 mln AQSH dollari

👜 Teri, teridan tayyorlangan buyumlar va moʻyna — 1,5 mln AQSH dollari

⛏️ Noruda qazilmalardan olingan mahsulotlar — 1,7 mln AQSH dollari

🔩 Metallardan tayyorlangan buyumlar — 1,2 mln AQSH dollari

📊 Viloyatda eksport hajmlarining ortib borishi sanoat ishlab chiqarishi va tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Namangan davlat texnika universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 21-may kuni Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda bitiruvchilarning kelgusidagi mehnat faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida Namangan viloyati statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Asraqulov ishtirok etib, boshqarma faoliyati, mavjud vakant ish o‘rinlari hamda statistika tizimida faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🚘 Ўзбекистон автосаноати 10 йилда қандай ўзгарди?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2026 йилнинг январь-март ойларида турли русумдаги 108 769 дона енгил автомобиллар ишлаб чиқарилган.

📊 Бу кўрсаткич 2015 йилга нисбатан 267,4 минг донага ёки 2,4 баробарга ошган.


📊 Йиллар кесимида енгил автомобиль ишлаб чиқариш ҳажми (махсус енгил автомобилларни қўшган ҳолда):

2015 йил — 190,5 минг дона

2016 йил — 92,7 минг дона

2017 йил — 145,2 минг дона

2018 йил — 225,8 минг дона

2019 йил — 278,0 минг дона

2020 йил — 285,2 минг дона

2021 йил — 242,2 минг дона

2022 йил — 341,2 минг дона

2023 йил — 426,1 минг дона

2024 йил — 435,2 минг дона

2025 йил — 457,9 минг дона (дастлабки маълумот)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni

🏢 Statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026- yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 290 tani tashkil etgan.

Bu ko'rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 59 taga oshgan.
Ulardan:

▪️104 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),

▪️186 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).


♻️ Ularning eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga hissasiga to‘g‘ri keldi:

🇨🇳 Xitoy – 82 ta;

🇷🇺 Rossiya – 57 ta;

🇹🇷 Turkiya – 43 ta;

🇰🇷 Janubiy Koreya – 21 ta;

🇰🇿 Qozog‘iston – 17 ta;

🌎 Boshqa davlatlar – 70 ta.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
3 oyda 131,2 ming tonna sut yetishtirilgan

🏢 Statistika boshqarmasi dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026- yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyati boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 131,2 ming tonna sut yetishtirilgan.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.


♻️ Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 7,5 % i fermer xoʻjaliklari, 90,8 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 1,7 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.

🔰 Hududlar kesimida yetishtirilgan sut mahsulotlari hajmi:

Namangan sh. – 10 224 tonna

Mingbuloq –7 386 tonna

Kosonsoy – 7 972 tonna

Namangan t. – 9 822 tonna

Norin – 6 382 tonna

Pop – 11 453 tonna

Toʻraqoʻrgʻon – 15 592 tonna

Uychi – 10 059 tonna

Uchqoʻrgʻon – 9 558 tonna

Chortoq – 10 793 tonna

Chust – 20 884 tonna

Yangiqoʻrgʻon – 11 117 tonna

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🛫 Ўзбекистондан хорижга кўчиб кетганлар сони камайди

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь–март ойларида Ўзбекистондан хорижий мамлакатларга 2 277 киши доимий яшаш мақсадида кўчиб кетган.

📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 4,1 фоизга камайган.


🌎 Хорижга доимий яшаш учун кўчиб кетганларнинг асосий қисми қуйидаги давлатлар ҳиссасига тўғри келган:

Қозоғистон Республикаси — 80,6 %;

Россия Федерацияси — 16,4 %;

Жанубий Корея — 0,8 %;

Қирғиз Республикаси — 0,7 %;

бошқа давлатлар — 1,5 %.

🇺🇿 Ҳудудлар кесимида хорижга доимий яшаш учун кўчиб кетганлар сони:

Қорақалпоғистон Республикаси — 727 нафар

Тошкент вилояти — 637 нафар

Навоий вилояти — 511 нафар

Тошкент шаҳри — 243 нафар

Бухоро вилояти — 29 нафар

Хоразм вилояти — 22 нафар

Сирдарё вилояти — 19 нафар

Андижон вилояти — 18 нафар

Наманган вилояти — 18 нафар

Жиззах вилояти — 17 нафар

Самарқанд вилояти — 15 нафар

Фарғона вилояти — 13 нафар

Қашқадарё вилояти — 5 нафар

Сурхондарё вилояти — 3 нафар
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida turizm statistikasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 25-may kuni viloyat statistika boshqarmasida Namangan viloyatida turizm sohasiga oid statistik ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida hududga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar davomida supervayzerlar hamda intervyuyerlarga tanlanma kuzatuvlarni samarali tashkil etish, ma’lumotlarni sifatli yig‘ish va kuzatuv jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga kuzatuv jarayonida respondentlar bilan muloqot madaniyati, ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash hamda statistik kuzatuvlarning amaldagi metodologiyasi asosida ish olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Batafsil..

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
💰Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya faoliyati

💵 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 15 trln 763,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

📊 Mazkur ko‘rsatkich asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmining 88,2 % iga teng bo‘ldi.


📊 O‘sish sur‘ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 152,3 % ni tashkil qildi.

🔰 So‘nggi yillarda kichik tadbirkorlik subyektlari investitsiya faoliyati ko‘rsatkichlari: (yanvar-mart holatiga)
🔹 2022- yil — 2 169,0 mlrd so‘m;
🔹 2023- yil — 2 089,6 mlrd so‘m;
🔹 2024- yil — 6 489,8 mlrd so‘m;
🔹 2025- yil — 10 297,8 mlrd so‘m;
🔹 2026- yil — 15 763,3 mlrd so‘m.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
🐄 Namangan viloyatida chorva mollari va parrandalar bosh soni
📆 2026-yil 1-aprel holatiga


Viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda:

🐂 Yirik shoxli qoramollar soni — 793 590 boshni tashkil etdi.
📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,4 % ga ko‘paygan.

🐄 Shundan sigirlar soni — 265 362 boshga yetdi.
📊 O‘sish sur’ati — 2,7 %.

🐄 Otlar soni — 7 491 boshga yetdi.
📶 O‘sish sur’ati — 3,4 %.

🐑 Qo‘y va echkilar soni — 860 333 boshni tashkil etdi.
📈 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 % ga oshgan.

🐓 Parrandalar soni esa — 7 528 841 boshga yetdi.
🚀 Bu ko‘rsatkich 10,5 % ga ko‘paygan.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
“Demografiya va mehnat bozori: statistik tahlil va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2026-yil 26-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda Namangan davlat texnika universiteti hamkorligida “Demografiya va mehnat bozori: statistik tahlil va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati va mutaxassislari, Namangan davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida demografik ko‘rsatkichlarning shakllanishi, aholi soni va tarkibidagi o‘zgarishlar, mehnat resurslari, bandlik darajasi hamda mehnat bozorida yuz berayotgan zamonaviy jarayonlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, statistik ma’lumotlarni tahlil qilishning innovatsion usullari, raqamlashtirish jarayonlari va statistik axborotlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🔥2