NAMSTAT
1.09K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 474,1 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 119,2 million dollarga yoki 33,6 foizga ko‘paydi.


🔻 Tashqi savdo tarkibi quyidagicha:

📈 Eksport hajmi – 194,1 mln dollar, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 32,7 % ga ko‘p.

📊 Import hajmi – 280,0 mln dollar, bu esa 34,2 % ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

🌍 Viloyat
tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

🇷🇺 Rossiya – umumiy aylanmaning 35,1 % ini tashkil etdi

🇨🇳 Xitoy – 31,9 %

🇮🇳 Hindiston – 5,2 %

🇹🇷 Turkiya – 4,8 %

🇰🇿 Qozog‘iston – 4,5 %

🧭 Umuman olganda, Namangan viloyati joriy yilning dastlabki besh oyida 74 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Bu viloyat tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📈 Апрель ойида инфляция 0,6 % ни ташкил этди

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг апрель ойида истеъмол секторидаги товарлар ва хизматлар нархлари ўртача 0,6 фоизга ошган.

📉 Йиллик истеъмол нархлари индекси (ИНИ) 107,0 % ни ташкил этиб, ўтган йилнинг шу ойига (2025 йил апрель — 110,1 %) нисбатан 3,1 фоиз бандга пасайди.


📈 Апрель ойида озиқ-овқат маҳсулотлари нархлари ўртача 1,0 % га, ноозиқ-овқат товарлари 0,3 % га ҳамда аҳолига кўрсатиладиган пуллик хизматлар эса 0,4 % га қимматлашгани кузатилган.

Асосий озиқ-овқат маҳсулотларидан лимон (14,2 %), булғор қалампири (10,3 %), картошка (6,5 %), олма (4,5 %), банан (6,0 %), қўй гўшти (3,7 %), мол гўшти (3,2 %), сабзи (3,2 %), шакар (2,2 %) нархларининг ошиши инфляцияга асосий таъсир кўрсатди.


Асосий озиқ-овқат маҳсулотларидан инфляцияни пасайтирувчи омил сифатида бодринг (-26,1 %), товуқ тухумлари (-3,6 %), кўкатлар (-3,3 %), пиёз (-2,7 %), помидор, карам (-2,4 %), парранда гўшти (-1,5 %) ва барча навдаги гуруч, гуруч оқшоғи (-1,1 %) нархларининг пасайиши муҳим ҳисса қўшди.


Ноозиқ-овқат маҳсулотлар нархларидан шампунлар (2,9 %), бензин (1,4 %) нархлари ўсиши шунингдек, пропан (-2,8 %), йирик ошхона приборлари (-0,7 %), тошкўмир (бозор нархлари) (-0,7 %) нархи пасайиши кузатилди.


Шунингдек, xизматлар нархи ва тарифларида йўловчи ҳаво транспорти (2,4 %), маиший чиқинди учун ҳақ тўлаш (2,4 %), электр самокатлар ёки электр велосипедлар ижараси (прокат) (2,1 %) ва кинотеатр хизматлари (1,3 %) нархлари ошиши асосий омил бўлиб хизмат қилди.

➡️Батафсил

Ҳисоб-китоблар учун 10 мингдан ортиқ савдо ва хизмат кўрсатиш нуқталаридан 1,3 млнга яқин нархлар қайд этилган. 419 турдаги озиқ-овқат ва ноозиқ-овқат маҳсулотлари ва 98 турдаги хизматлар нархлари кузатилди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga oshgan.


Tarmoqlar kesimida:

🥬 Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3,4 trln so‘m;
🌲 O‘rmon xo‘jaligi – 641,6 mlrd so‘m;
🐟 Baliqchilik xo‘jaligi – 24,2 mlrd so‘m.

🔰 Ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:

🔸 Namangan shahri – 728,6 mlrd so‘m;
🔸 Uychi tumani – 422,7 mlrd so‘m;
🔸 To‘raqo‘rg‘on tumani – 376,0 mlrd so‘m;
🔸 Namangan tumani – 373,9 mlrd so‘m.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🏫 Ўзбекистонда хусусий мактаблар сони 551 тага етди

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025/2026 ўқув йили бошига Ўзбекистонда фаолият юритаётган нодавлат умумий ўрта таълим ташкилотлари сони 551 тани ташкил этган.

📊 Бу кўрсаткич аввалги ўқув йилига нисбатан 96 тага ёки 21,1 % га ошган.


🇺🇿 Ҳудудлар кесимида нодавлат умумтаълим ташкилотлари сони:

Тошкент шаҳри — 145 та

Фарғона вилояти — 121 та

Самарқанд вилояти — 43 та

Андижон вилояти — 37 та

Наманган вилояти — 37 та

Бухоро вилояти — 32 та

Қашқадарё вилояти — 31 та

Тошкент вилояти — 30 та

Хоразм вилояти — 26 та

Сирдарё вилояти — 17 та

Жиззах вилояти — 12 та

Қорақалпоғистон Р. — 10 та

Навоий вилояти — 5 та

Сурхондарё вилояти — 5 та
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏘Qaysi hududlarda ijtimoiy soha obyektlari ko‘proq ishga tushirilmoqda?

🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami 280,2 ming kvadrat metr ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga ko‘paygan.


📍Hududlar kesimida ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish hajmi (ming kv.metrda):

🔸Kosonsoy tumani – 35,0
🔸Yangiqo‘rg‘on tumani – 32,1
🔸Chortoq tumani– 31,5
🔸Norin tumani – 26,8
🔸Uchqo‘rg‘on tumani – 26,6
🔸Chust tumani – 25,6
🔸Namangan shahar – 22,6
🔸Namangan tumani – 21,9
🔸Uychhi tumani – 18,3
🔸To’raqo‘rg‘on tumani – 14,8
🔸Pop tumani – 14,4
🔸Mingbuloq tumani – 10,6

📌 Viloyatda foydalanishga topshirilgan barcha turar joylarning 67,1 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Bu esa, qishloq infratuzilmasi va uy-joy sharoitlari yaxshilanib borayotganini ko‘rsatadi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Qaysi hududlarda aholi zichligi yuqori?

🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1- aprel holatiga Namangan viloyatida 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 430,5 kishi to‘g‘ri kelgan.

📊 Bu ko'rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,8 kishiga ortgan.


♻️ So‘nggi yillarda 1 km² ga toʻgʻri keladigan aholi soni: (1- aprel holatiga)

▫️2026-yil – 430,5 kishi

▫️2025-yil – 422,7 kishi

▫️2024-yil – 414,0 kishi

▫️2023-yil – 404,9 kishi

▫️2022-yil – 395,8 kishi

📍Hududlar kesimida 1 km² ga to‘g‘ri keladigan aholi soni quyidagicha:

🔸Namangan shahri – 4875,3
🔸Davlatobod tumani – 3330
🔸Yangi Namangan – 2838
🔸Namangan tumani – 1009
🔸To‘raqo‘rg‘on tumani – 950,4
🔸Norin tumani – 870
🔸Uychi tumani – 811,3
🔸Uchqo‘rg‘on tumani – 641
🔸Chortoq tumani – 589,5
🔸Yangiqo‘rg‘on tumani – 466,4
🔸Kosonsoy tumani – 458,8
🔸Chust tumani – 316,7
🔸Mingbuloq tumani – 193
🔸Pop tumani – 84

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika 3 oyda viloyatimizda 3 trln so‘mdan ziyod qurilish ishlari bajarildi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 3 trln 5,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

📊 O‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi.


♻️ Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

🔸yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 7,1 %;

🔸norasmiy sektor - 51,7 %;

🔸kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi - 41,2 % ni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida, 2026- yilning 1- aprel holatiga Namangan viloyati bo‘yicha 1 439 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 136 taga oshgan.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Konfidensial ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

2026-yil 8-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida “Milliy statistika tizimida foydalaniladigan konfidensial ma’lumotlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad — statistika organlarida foydalaniladigan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, ularni himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish hamda xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilarga konfidensial ma’lumotlarning mazmun-mohiyati, ularni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar, axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim jihatlari hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🤩 1,2 мингдан зиёд аёллар 40 ёшдан кейин никоҳ қурган

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2026 йилнинг январь-март ойларида ФҲДЁ органларида 42,3 мингта никоҳ қайд этилган.

📊 Қайд этилган никоҳларда аёлларнинг ёш гуруҳлари бўйича тақсимланиши қуйидагича:

20 ёшгача — 14 946 нафар

20–30 ёш — 22 436 нафар

31–40 ёш — 3 687 нафар

41 ёш ва ундан катталар — 1 232 нафар
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni

Ushbu muqaddas sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirish, faxriylar va keksalarimizga ehtirom ko‘rsatish timsolidir.

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz taraqqiyoti, tinch va osoyishta hayot yo‘lida mehnat qilgan aziz insonlar xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi. Keksalarimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibor esa xalqimizga xos ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka va farovonlik tilaymiz.

Hurmat bilan,
Namangan viloyati statistika boshqarmasi jamoasi

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
3 oyda Namangan viloyatida qancha chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan quyidagi hajmlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi:

🐂 Go‘sht (tirik vaznda) – 32,1 ming tonna, o‘sish sur’ati +102,4 %

🥛 Sut – 131,3 ming tonna, o‘sish sur’ati +102,2 %

🐟 Baliq – 1,2 ming tonna, o‘sish sur’ati +110,9 %

🧱 Jun – 359 tonna, o‘sish sur’ati +114,1 %

🥚 Tuxum – 162,1 mln dona, o‘sish sur’ati +106,3 %

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Namanganda yil boshidan 16 mingdan ortiq chaqaloq dunyoga keldi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 16,2 ming nafar tirik tug‘ilish holati qayd etildi.

Shundan,
👶 O‘g‘il bolalar – 8,3 ming nafar
👧 Qiz bolalar – 7,9 ming nafar

🏙 Shahar joylarida – 10,8 ming nafar
🏡 Qishloq joylarida – 5,4 ming nafar


📍 Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
🔹 Namangan shahri – 4 312 nafar
Shundan,
◽️ Davlatobod – 739 nafar
◽️ Yangi Namangan – 939 nafar
🔹 Mingbuloq – 617 nafar
🔹 Kosonsoy – 1 214 nafar
🔹 Namangan tumani – 944 nafar
🔹 Norin – 838 nafar
🔹 Pop – 1 112 nafar
🔹 To‘raqo‘rg‘on – 1 297 nafar
🔹 Uychi – 1 289 nafar
🔹 Uchqo‘rg‘on – 867 nafar
🔹 Chortoq – 1 047 nafar
🔹 Chust – 1 428 nafar
🔹 Yangiqo‘rg‘on – 1 192 nafar

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
📰 Очиқ ва ишончли статистика: мамлакатимизнинг бу борадаги ютуқларини жаҳон эътироф этмоқда

🗞 “Янги Ўзбекистон” газетасининг 2026 йил 12 майдаги 95-сонида Миллий статистика қўмитаси раиси Беҳзод Ҳамраев билан статистика тизимида амалга оширилаётган ислоҳотлар, эришилган натижалар ва истиқболдаги устувор вазифалар юзасидан суҳбат чоп этилди.

🇺🇿 Батафсил
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika 2026-yilning birinchi choragida qariyb 9,3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida 9 trln 279,0 mlrd soʻmlik so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

🟩 2025-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,8 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 8,8 % ga o‘sdi.


🏭 2026-yil 1-aprel holatiga viloyatda jami 4 376 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

🆕 2026-yilning yanvar-mart oylarida 147 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.

👥 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 million 902,6 ming so‘mni tashkil etdi.

📊 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 50,0 % ga teng bo‘ldi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika Tovar va xizmatlar eksporti 32,7 foizga ko‘paygan

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatning eksport qiluvchi korxonalari tomonidan jami 55 ta davlatga 194,1 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 32,7 % ga ko‘paydi.


♻️ Eksport tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

🇷🇺 Rossiya - 69,0 %;
🇨🇳 Xitoy - 6,9 %;
🇹🇷 Turkiya - 5,8 %;
🇩🇪 Germaniya - 3,2 %;
🇰🇬 Qirg'iziston - 1,6 %;
🇰🇿 Qozog‘iston - 1,5 %.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
👨🏻‍🌾 Энг кўп деҳқон хўжаликлари қайси ҳудудда фаолият юритмоқда?

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 апрель ҳолатига Ўзбекистонда 353 472 та деҳқон хўжаликлари фаолият юритмоқда.

🇺🇿 Уларнинг ҳудудлар кесимидаги сони қуйидагича:

Андижон вилояти — 53 265 та

Хоразм вилояти — 47 276 та

Самарқанд вилояти — 42 084 та

Фарғона вилояти — 32 554 та

Қашқадарё вилояти — 30 374 та

Сурхондарё вилояти — 25 834 та

Наманган вилояти — 24 961 та

Бухоро вилояти — 20 716 та

Тошкент вилояти — 20 524 та

Жиззах вилояти — 17 309 та

Сирдарё вилояти — 13 813 та

Қорақалпоғистон Республикаси — 13 381 та

Навоий вилояти — 11 326 та

Тошкент шаҳри — 55 та
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM