NAMSTAT
1.09K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
“Statistika asoslari” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining statistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan qarorlari hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hududlarda “Statistika asoslari” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus doirasida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilinib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga oid statistik ma’lumotlar sifatini oshirish, shuningdek, mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilib belgilandi.

Rejaga muvofiq, 27–29 aprel kunlari mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda turli iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari uchun sayyor o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarning ilk kuni 27-aprel sanasida Namangan davlat pedagogika institutida boshlandi.

👉 Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika Namangan viloyati bo‘yicha asosiy demografik ko‘rsatkichlar

🏢
Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyati doimiy aholisi soni 3 mln. 202,7 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 57,9 ming kishiga ko‘paydi.

👫 Doimiy aholi soning 50,8 % ini erkaklar 49,2 % ini ayollar tashkil etadi.


♻️ 2026-yilning yanvar-mart oylarida;

🔹Tug‘ilganlar soni - 16,2 ming kishi;
👼🏼 O‘g‘il bolalar - 8,3 mingta;
🙇🏻‍♀️ Qiz bolalar - 7,9 mingta;

🔻Vafot etganlar soni - 3,5 ming kishi;
🔹Erkaklar - 1,9 ming kishi;
🔸Ayollar - 1,6 ming kishi;

🔹Nikohlar soni - 2 897 ta;

🔸Nikohdan ajralishlar soni - 1 048 ta;

🔹Ko‘chib kelganlar soni - 1 579 kishi;

🔸Ko‘chib ketganlar soni - 2 406 kishini tashkil etgan.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
“Statistika asoslari” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining statistika tizimini modernizatsiya qilish hamda hisobot topshiruvchi subyektlar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari, korxona va tashkilotlar xodimlarining statistik savodxonligini oshirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida hududlarda tashkil etilgan “Statistika asoslari” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari izchil davom etmoqda.

Bugungi mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga rasmiy statistika tizimining zamonaviy yo‘nalishlari, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning ilg‘or usullari yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi.

Shuningdek, statistik axborotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.


👉 Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1🔥1
💸 Ўзбекистонда қайси соҳа ходимлари энг кўп маош олади?

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-март ойларида Ўзбекистонда ўртача ойлик номинал ҳисобланган иш ҳақи 6 825,9 минг сўмни ташкил этди.

📊 Иқтисодий фаолият турлари бўйича ўртача иш ҳақи миқдори:

Банк, суғурта, лизинг ва кредит фаолияти – 18 595,8 минг сўм

Ахборот ва алоқа – 16 525,4 минг сўм

Ташиш ва сақлаш – 10 709,3 минг сўм

Саноат – 8 025,6 минг сўм

Савдо – 7 213,4 минг сўм

Қурилиш – 6 496,1 минг сўм

Санъат, кўнгил очиш ва дам олиш – 5 357,7 минг сўм

Яшаш ва овқатланиш – 5 331,9 минг сўм

Таълим – 4 615,9 минг сўм

Соғлиқни сақлаш ва ижтимоий хизматлар кўрсатиш – 4 111,6 минг сўм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью

— Статистика тизимида ҳисобот топшириш масаласида қандай янги ташаббус ва қулайликларни таклиф қиляпсиз?

— Айни вақтда маълумотларни йиғишнинг бир неча турлари мавжуд. Уларнинг катта қисми мутахассислар ва ходимлар томонидан ҳудудларда амалга оширилади. Бироқ бу жараёнда иш юкламаси анча юқори ва интенсив. Шу боис ҳозирги стратегиямизда маълумотларни анъанавий усулда йиғишдан маъмурий маълумотлардан фойдаланишга босқичма-босқич ўтиш, шу орқали маълумот йиғиш юкламасини камайтириш кўзда тутилган.

Масалан, бизнес статистикаси йўналишида яқин келажакда маълумотларни бевосита тадбиркорлик субъектларидан йиғишга эҳтиёж камаяди. Тадбиркорлик субъектлари тегишли маълумотларни Солиқ қўмитаси, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги, Адлия вазирлиги каби идораларга тақдим этиб борса, Миллий статистика қўмитаси ушбу маълумотларни интеграция дастурлари орқали тўғридан-тўғри қабул қилиш имкониятига эга бўлади.

Айни вақтда бу борада интеграция жараёнлари давом этмоқда. Улар тўлиқ йўлга қўйилганидан кейин маълумотларнинг катта қисмини маъмурий манбалардан олиш имконияти кенгаяди. Шу билан бирга, қишлоқ хўжалиги статистикасида сунъий йўлдош суратларидан фойдаланиш имкониятлари ҳам ривожланмоқда. Геоахборот тизимлари ва компьютер дастурлари ёрдамида экин майдонлари, ҳосилдорлик ва қишлоқ хўжалигига оид бошқа маълумотларни аниқроқ йиғиш имкони пайдо бўлади.
Яқин келажакда айрим маълумотларни деҳқон хўжаликлари ёки маҳалла фуқаролар йиғинлари орқали эмас, балки замонавий ва аниқ сунъий йўлдош маълумотлари асосида шакллантириш имконияти кенгаяди.

Умуман олганда, статистика соҳасидаги трансформация фақат қишлоқ хўжалиги ёки бизнес статистикаси билан чекланиб қолмай, демографик статистика каби бошқа муҳим йўналишларни ҳам қамраб олади. Бу борада яқин вақтларда Миллий статистика қўмитаси томонидан янги ташаббуслар ва амалий натижалар тақдим этилиши кутилмоқда.


Ҳакан Демирбукен
халқаро эксперт

📺 БАТАФСИЛ
🇺🇿 Ўзбек тилида
🇬🇧 In English
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Statistika asoslari” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining statistika tizimini takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv seminari hududlarda statistik savodxonlikni oshirishga xizmat qildi.

Uch kun davom etgan mashg‘ulotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda turli soha vakillari ishtirok etdi.
O‘quv jarayonlari davomida ishtirokchilarga statistikaning asosiy tushunchalari, usul va metodlari, “E-stat 4.0” axborot tizimi, statistik hisobotlarni topshirish tartibi, rasmiy statistika tizimining ishlash mexanizmlari, shuningdek, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va e’lon qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga maxsus guvohnomalar topshirildi hamda ular zarur o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlandi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍3