NAMSTAT
1.08K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
Forwarded from Nuriddin Ismoilov
🌸 Navro‘z ruhida birdamlik va qadriyatlar uyg‘unligi

Bahor nafasi kirib kelishi bilan yurtimizda azaliy an’ana va qadriyatlar yana jonlanadi. Shu munosabat bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir erta tongdan boshlanib, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan sumalak tayyorlash jarayoni bilan davom etdi. Doshqozon atrofida jam bo‘lgan jamoa a’zolari ahillik va hamjihatlikda ushbu ezgu an’anani davom ettirdilar.

Bayram davomida yosh xodimlar faol ishtirok etib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, davra atrofida yig‘ilganlarga ulashildi. Bu esa bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.

Tadbir jarayonida yangragan milliy kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va ezgu tilaklar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Ushbu bayram nafaqat qadriyatlarimizni yodga solish, balki jamoa o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
👍2🎉1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🏬 Ўтган йилда 69,1 мингта хонадон фойдаланишга топширилган

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда жами 69,1 мингта хонадон фойдаланишга топширилган.

📊 Бу кўрсаткич 2024 йилга нисбатан 2,4 мингтага ошган.


🇺🇿 Ҳудудлар кесимида фойдаланишга топширилган хонадонлар сони қуйидагича:

Наманган вилояти — 10,8 мингта;

Тошкент вилояти — 6,7 мингта;

Сурхондарё вилояти — 6,1 мингта;

Фарғона вилояти — 5,9 мингта;

Хоразм вилояти — 5,9 мингта;

Тошкент шаҳри — 5,9 мингта;

Бухоро вилояти — 5,6 мингта;

Андижон вилояти — 4,8 мингта;

Қорақалпоғистон Республикаси — 4,6 мингта;

Қашқадарё вилояти — 4,1 мингта;

Самарқанд вилояти — 3,5 мингта;

Жиззах вилояти — 2 мингта;

Навоий вилояти — 2 мингта;

Сирдарё вилояти — 0,6 мингта.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 HURMATLI TADBIRKORLAR!
🏢 MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONA RAHBARLARI DIQQATIGA!


Sizning korxonangiz 1-KORXONA yillik statistika hisobotini taqdim etishi lozim, agar quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lsa:

🔹 Aylanma bazaviy hisoblash miqdorining 2000 barobaridan ortiq
🔹 Xodimlarning yillik o‘rtacha soni 5 nafar va undan ortiq
🔹 Ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori
🔹 Davlat dasturlarida ishtirok etadi
🔹 Aksiz solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi

⚠️ MUHIM ESLATMA! Hisobot topshirish muddati:

📅 Milliy standartlar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun — 1-aprelgacha
📅 Xalqaro standartlar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun — 5-maygacha

💻 Hisobotlar elektron shaklda taqdim etiladi:
👉 www.hisobot.stat.uz (e.Stat 4.0 tizimi orqali)
🔐 Elektron raqamli imzo (ERI) talab etiladi

❗️ Belgilangan muddatlarga amal qiling va hisobotni o‘z vaqtida topshirishni unutmang!

📢 Qo‘shimcha ma’lumot uchun hududingizdagi statistika bo‘limiga murojaat qiling.
🏢 Xodimlar manfaatlari — e’tibor markazida

Joriy yil 26-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida xodimlar manfaatlarini himoya qilish va mehnat munosabatlarini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashi raisi Jo‘raboyev Zafarbek Yusupovich so‘zga chiqib, kasaba uyushmalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xodimlar huquqlari hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida statistika boshqarmasi huzuridagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlangani e’lon qilindi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🔺 Нарх кузатувлари такомиллаштирилмоқда: “Asaxiy.uz” билан ўзаро ҳамкорлик меморандуми имзоланди

2026 йил 26 март куни Миллий статистика қўмитаси ҳамда йирик онлайн савдо платформаларидан бири — “Asaxiy books” МЧЖ ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисидаги Меморандум имзоланди.

Мазкур ҳамкорлик статистик кузатувларни замонавий ёндашувлар асосида такомиллаштиришга, хусусан, онлайн савдо платформаларида шаклланаётган нарх маълумотларидан истеъмол нархлари индекси ҳисоб-китобларида самарали фойдаланишга қаратилган.


Учрашув давомида томонлар ахборот алмашинувини йўлга қўйиш, нарх маълумотларидан самарали фойдаланиш, шунингдек, статистик маълумотлар сифати ва ишончлилигини янада ошириш масалалари юзасидан фикр алмашдилар.

Ушбу ҳамкорлик истеъмол бозоридаги жараёнларни чуқурроқ таҳлил қилиш, инфляцияни баҳолаш сифатини яхшилаш ҳамда замонавий ва ишончли статистик кўрсаткичларни шакллантиришда муҳим аҳамият касб этади.


Маълумот ўрнида, ҳозирги кунда истеъмол нархлари индексини шакллантиришда CAPI, CАТИ, wеb scraping технологиялари ҳамда солиқ органлари базасидаги онлайн-касса машиналари чек маълумотлари каби манбалар орқали 10 мингдан ортиқ савдо ва хизмат кўрсатиш объектларидан нарх маълумотлари олинмоқда.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi 25 yilda Namangan viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Namangan viloyatining sanoat ishlab chiqarish hajmi 40 trln 87,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

📊 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining yillar kesimidagi dinamikasi:

2000-yil — 67,8 mlrd so‘m

2005-yil — 330,5 mlrd so‘m

2010-yil — 1 trln 0,7 mlrd so‘m

2015-yil — 2 trln 861,8 mlrd so‘m

2020-yil — 11 trln 11,9 mlrd so‘m

2025-yil — 40 trln 87,4 mlrd so‘m (dastlabki ma’lumot)

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Sabzavotlar eksporti 3,2 barobarga ortgan

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 522,7 ming AQSH dollari bo‘lgan 341,1 tonna sabzavotlar eksport qilindi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga ko‘paygan.

Sabzavotlar kesimida eksport hajmi:

🥬 Karam – 131,5 tonna

🍅 Pomidor – 205,9 tonna

🥒Bodring – 3,7 tonna

📌 Sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talabning ortishi, logistika va saqlash infratuzilmasining rivojlanib borayotgani, shuningdek, xorijiy bozorlar bilan faol hamkorlik eksport hajmining ortishiga bevosita sabab bo‘lmoqda.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🎓 Олий таълим муассасаларида 7,1 мингта талаба ўрни фойдаланишга топширилган

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йил давомида республикамиздаги олий таълим муассасаларида жами 7 100 та талаба ўрни фойдаланишга топширилган.

🇺🇿 Уларнинг ҳудудлар кесимидаги тақсимоти қуйидагича:

Наманган вилояти – 2 000 та;

Андижон вилояти – 1 800 та;

Жиззах вилояти – 1 000 та;

Қашқадарё вилояти – 1 000 та;

Самарқанд вилояти – 1 000 та;

Қорақалпоғистон Респ. – 300 та.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Namangan viloyatida 27 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda!

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga Namangan viloyatida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 27 622 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

💼 Shundan 23 186 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.


📍 Hududlar kesimida yetakchilar:


🏙 Namangan shahri — 8 600 ta
🏬 Chust tumani — 2 322 ta
🏘 Pop tumani — 2 040 ta

📈 Bu ko‘rsatkichlar hududda tadbirkorlik muhitining faol rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
📣 "Pop tongi" gazetasining navbatdagi sonida tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aks ettiruvchi dolzarb statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan tahliliy maqolalar chop etildi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати рақамларда

🏢 Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-февраль ойларида Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати рақамларда (ўтган йилнинг мос даврига нисбатан):

🏭 саноат ишлаб чиқариш ҳажми 7,7 фоизга ўсди

📊 истеъмол нархлари индекси — 101,3 % ни ташкил этди (ўтган йилнинг декабрь ойига нисбатан)

🏗 қурилиш ишлари ҳажми 10,6 фоизга ўсди

🛒 чакана савдо товар айланмаси ҳажми 17,4 фоизга ўсди

📊 бозор хизматлари ҳажми 15,4 фоизга ўсди

🤩 ташқи савдо айланмаси ҳажми 7,1 фоизга ўсди

🏙 2026 йил 1 март ҳолатига 486 448 та корхона ва ташкилотлар фаолият кўрсатмоқда

🏦 1 март ҳолатига фаолият юритаётган кичик тадбиркорлик субъектлари сони 415 066 тани ташкил этган.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM