Statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi
2026-yil 19-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida kirib kelayotgan Navro‘z umumxalq bayrami hamda muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etib, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev barchani ushbu ulug‘ ayyomlar bilan samimiy muborakbod etib, jamoaga mustahkam sog‘lik, xonadonlarga tinchlik-farovonlik, ish faoliyatida esa ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, qadimiy an’analarimiz va xalqimizga xos bag‘rikenglik hamda mehr-oqibat muhitining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bayram yakunida statistika tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube

🔥2👍1🎉1
🐟 2025-yilda Namangan viloyatida baliq ovlash hajmi oshdi
🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 20 016 tonna baliq ovlangan.
🔰 Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ovlangan baliq hajmi va o‘sish sur’ati
(2024-yilning shu davriga nisbatan):
🚜 Fermer xo‘jaliklari
— 15 014,7 tonna
📈 O‘sish sur’ati: 113,8 %
🌱 Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari
— 97,7 tonna
📈 O‘sish sur’ati: 135,7 %
🏢 Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
— 4 903,6 tonna
📈 O‘sish sur’ati: 92,3 %
📊2025-yilda viloyatda baliqchilik sohasi rivojlanib, fermer va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmining oshgani kuzatildi. Bu esa hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 20 016 tonna baliq ovlangan.
📈 Bu ko‘rsatlich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonna yoki 7,8 foizga oshgan.
🔰 Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ovlangan baliq hajmi va o‘sish sur’ati
(2024-yilning shu davriga nisbatan):
🚜 Fermer xo‘jaliklari
— 15 014,7 tonna
📈 O‘sish sur’ati: 113,8 %
🌱 Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari
— 97,7 tonna
📈 O‘sish sur’ati: 135,7 %
🏢 Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
— 4 903,6 tonna
📈 O‘sish sur’ati: 92,3 %
📊2025-yilda viloyatda baliqchilik sohasi rivojlanib, fermer va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmining oshgani kuzatildi. Bu esa hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Бу кўрсаткич 2025 йилнинг мос даврига нисбатан 16,8 фоизга ошган.
Тошкент шаҳри — 4,7 трлн сўм;
Тошкент вилояти — 1,1 трлн сўм;
Фарғона вилояти — 960,8 млрд сўм;
Самарқанд вилояти — 922,5 млрд сўм;
Наманган вилояти — 774,8 млрд сўм;
Андижон вилояти — 731,1 млрд сўм;
Қашқадарё вилояти — 719,9 млрд сўм;
Сурхондарё вилояти — 626,3 млрд сўм;
Бухоро вилояти — 602,4 млрд сўм;
Қорақалпоғистон Республикаси — 428,1 млрд сўм;
Жиззах вилояти — 373,2 млрд сўм;
Навоий вилояти — 355,5 млрд сўм;
Хоразм вилояти — 355,2 млрд сўм;
Сирдарё вилояти — 169,1 млрд сўм.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_RAQAMI Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari va ular tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1🔥1
Namanganda umumiy ovqatlanish korxonalari savdo hajmi ortmoqda
🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1-fevral holatiga Namangan viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tijorat korxonalari soni 1 314 tani tashkil etdi.
🔰Ular quyidagicha taqsimlangan:
🔹Yirik ovqatlanish korxonalari – 6 ta
🔸Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 1 308 ta
🍽 2026-yilning yanvar oyida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 1 trillion 606,8 milliard so‘mga yetdi.
📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 30,4 % ga oshgan.
📌 Shuningdek, umumiy savdo aylanmasining 99,0 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mazkur ma’lumotlar umumiy ovqatlanish sohasining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa, kichik biznesning faol va samarali ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
❤1⚡1
Forwarded from Nuriddin Ismoilov
🌸 Navro‘z ruhida birdamlik va qadriyatlar uyg‘unligi
Bahor nafasi kirib kelishi bilan yurtimizda azaliy an’ana va qadriyatlar yana jonlanadi. Shu munosabat bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbir erta tongdan boshlanib, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan sumalak tayyorlash jarayoni bilan davom etdi. Doshqozon atrofida jam bo‘lgan jamoa a’zolari ahillik va hamjihatlikda ushbu ezgu an’anani davom ettirdilar.
Bayram davomida yosh xodimlar faol ishtirok etib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, davra atrofida yig‘ilganlarga ulashildi. Bu esa bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.
Tadbir jarayonida yangragan milliy kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va ezgu tilaklar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Ushbu bayram nafaqat qadriyatlarimizni yodga solish, balki jamoa o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

👍2🎉1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Бу кўрсаткич 2024 йилга нисбатан 2,4 мингтага ошган.
Наманган вилояти — 10,8 мингта;
Тошкент вилояти — 6,7 мингта;
Сурхондарё вилояти — 6,1 мингта;
Фарғона вилояти — 5,9 мингта;
Хоразм вилояти — 5,9 мингта;
Тошкент шаҳри — 5,9 мингта;
Бухоро вилояти — 5,6 мингта;
Андижон вилояти — 4,8 мингта;
Қорақалпоғистон Республикаси — 4,6 мингта;
Қашқадарё вилояти — 4,1 мингта;
Самарқанд вилояти — 3,5 мингта;
Жиззах вилояти — 2 мингта;
Навоий вилояти — 2 мингта;
Сирдарё вилояти — 0,6 мингта.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Namanganliklar.Uz | Расмий
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 HURMATLI TADBIRKORLAR!
🏢 MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONA RAHBARLARI DIQQATIGA!
Sizning korxonangiz 1-KORXONA yillik statistika hisobotini taqdim etishi lozim, agar quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lsa:
🔹 Aylanma bazaviy hisoblash miqdorining 2000 barobaridan ortiq
🔹 Xodimlarning yillik o‘rtacha soni 5 nafar va undan ortiq
🔹 Ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori
🔹 Davlat dasturlarida ishtirok etadi
🔹 Aksiz solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi
⚠️ MUHIM ESLATMA! Hisobot topshirish muddati:
📅 Milliy standartlar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun — 1-aprelgacha
📅 Xalqaro standartlar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun — 5-maygacha
💻 Hisobotlar elektron shaklda taqdim etiladi:
👉 www.hisobot.stat.uz (e.Stat 4.0 tizimi orqali)
🔐 Elektron raqamli imzo (ERI) talab etiladi
❗️ Belgilangan muddatlarga amal qiling va hisobotni o‘z vaqtida topshirishni unutmang!
📢 Qo‘shimcha ma’lumot uchun hududingizdagi statistika bo‘limiga murojaat qiling.

🏢 Xodimlar manfaatlari — e’tibor markazida
Joriy yil 26-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida xodimlar manfaatlarini himoya qilish va mehnat munosabatlarini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev kirish so‘zi bilan boshlab berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashi raisi Jo‘raboyev Zafarbek Yusupovich so‘zga chiqib, kasaba uyushmalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xodimlar huquqlari hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida statistika boshqarmasi huzuridagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlangani e’lon qilindi.