NAMSTAT
1.08K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.94K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
🌱 Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!

Mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari yurtimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Azaldan xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarida hamjihatlik, ahillik hamda o‘zaro mehr-oqibat alohida o‘rin tutadi. Ana shunday ezgu an’analardan biri bo‘lgan hashar xalqimizni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, yurtimizni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qilib kelmoqda.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida Namangan viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida munosib hissa qo‘shmoqda.

Tadbir davomida bino atrofidagi ariq va yo‘laklar tozalandi, hudud tartibga keltirildi, daraxtlarga shakl berilib, ularning tanasi oqlandi. Shuningdek, hududga manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
2
🌿 Hududiy statistika bo‘limlarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida hududiy statistika bo‘limlari jamoalari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar jarayonida bo‘limlar hududlari tartibga keltirilib, bino atrofi tozalandi, yo‘laklar va yashil maydonlar obodonlashtirildi. Shuningdek, daraxtlarga shakl berilib, ularning tanasi oqlandi hamda yangi manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.

Bunday ezgu tashabbuslar hududlarimizning yanada chiroyli va pokiza bo‘lishiga xizmat qilish bilan birga, jamoalarda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga ham hissa qo‘shmoqda.

“Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Choʻyan va poʻlat import hajmida yuqori o‘sish kuzatildi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatiga xorijdan qiymati 5,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan choʻyan va poʻlat mahsulotlari import qilingan.

📊 O‘sish sur'ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 190,2 % ni tashkil etdi.


♻️ Namangan viloyatida sanoat tovarlari importi tarkibida choʻyan va poʻlat mahsulotlarining ulushi 29,0 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🏗 Qurilish ishlari hajmida norasmiy sektorning ulushi qancha?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlarining ulushi 47,2 % ni tashkil etdi.

📈 Ushbu davrda qurilish ishlari hajmi 310,0 mlrd so‘mga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 108,4 % ga o‘sdi.


♻️ So‘nggi yillarda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:
(yanvar holatiga)

▫️2026-yil — 310,0 mlrd so‘m

▫️2025-yil — 273,0 mlrd so‘m

▫️2024-yil — 147,6 mlrd so‘m

▫️2023-yil — 56,8 mlrd so‘m

▫️2022-yil — 71,8 mlrd so‘m


Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
👩🏻‍🍼12 мингдан ортиқ аёллар 40 ёшдан кейин она бўлган

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда 879 599 та тирик туғилиш ҳолатлари қайд этилган.

📊 Туғилишлар онанинг ёш гуруҳлари кесимида қуйидагича тақсимланган:

– 25 ёшгача – 355 111 нафар (40,4 %);

– 25-39 ёшдагилар – 512 034 нафар (58,2 %);

– 40 ёш ва ундан катталар – 12 454 нафар (1,4 %).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Статистика тизими мутахассислари малакасини ошириш ва рақамли технологияларни жорий этиш бўйича янги қарор қабул қилинди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 13 мартдаги ПҚ–103-сон қарори билан миллий статистика тизими мутахассислари малакасини ошириш ва соҳада рақамли технологияларни кенг жорий этишга қаратилган чора-тадбирлар белгиланди.

Қарорга кўра, ҳар икки йилда 3 минг нафар статистика тизими мутахассисини ўқитиш имконияти яратилади. Бу статистик маълумотларни йиғиш, таҳлил қилиш ва тақдим этиш сифатини янада оширишга хизмат қилади.

Шунингдек, яширин ва креатив иқтисодиётни баҳолаш мақсадида статистика методологиясини такомиллаштириш вазифаси ҳам белгиланган.

Қарор билан Миллий статистика қўмитаси ҳузуридаги Кадрлар малакасини ошириш ва статистик тадқиқотлар институти фаолиятининг устувор йўналишлари тасдиқланди.

2026 йил 1 апрелдан бошлаб Институтда:

вазирлик ва идоралар ходимлари учун маъмурий маълумотлар билан ишлаш, статистика услубиётларини ишлаб чиқиш ва очиқ маълумотлар портали билан ишлаш бўйича малака ошириш курслари;

тадбиркорлар учун статистика ҳисоботларини тақдим этиш бўйича амалий ўқув курслари ташкил этилади.

Мазкур қарор статистика тизимининг самарадорлигини ошириш, маълумотлар сифатини яхшилаш ва рақамли технологиялардан кенг фойдаланишга хизмат қилади.
Nechta korxona faoliyat yuritmoqda?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 552 tani tashkil etdi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 244 taga ko‘paygan.


Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 1 296 tasi tadbirkorlik subyektlari subyektlari hisoblanadi.

🔰 Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

🛍 Savdo sohasida — 656 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;

🌱Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 213 ta

🏭 Sanoat sohasida — 112 ta

🏗 Qurilish sohasida — 78 ta

🍽 Yashash va ovqatlanish sohasida — 53 ta subyekt qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-fevral oyida tumanda 86 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

📌 Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Yanvar oyida viloyatimizda qariyb 3,4 ming tonna un ishlab chiqarilgan

📊 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

🔹yumshoq bugʻdoy va spelta uni – 3,4 ming tonna

🔹tozalanmagan paxta yog‘i – 612 tonna

🔹tozalangan paxta yog‘i – 240,4 tonna

🔹ishlov berilgan suyuq sut mahsulotlari – 4,5 ming tonna

🔹paxta chigiti – 4,3 ming tonna

🔹paxta tiviti(lint) – 60,9 tonna

🔹paxtadan yigirilgan tikuv iplari – 3,3 ming tonna

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Namanganda qaysi davlatning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko'proq?
Anonymous Quiz
29%
Rossiya
5%
Turkiya
57%
Xitoy
10%
Janubiy Koreya
0%
Qozog‘iston
0%
Hindiston
0%
Qirg‘iz Respublikasi
1
Tirik hayvonlar esksporti 2,2 barobarga oshgan

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 159,3 mln AQSH dollari qiymatida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksport qilindi.

📈 O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 150,2 % ni tashkil etdi.


🔰 Eksport tarkibida top 6 mahsulot va o‘sish sur’ati
(2025-yilning shu davriga nisbatan):

🍎 Sabzavot va mevalar – 145,8 mln AQSH dollari
📈 O‘sish sur’ati: 151,1 %

🥛 Sut mahsulotlari va tuxumlar – 7,9 mln AQSH dollari
📈 O‘sish sur’ati: 135,3 %

🌾 Don mahsulotlari – 2,9 mln AQSH dollari
📈 O‘sish sur’ati: 120,5 %

🐄 Tirik hayvonlar – 1,3 mln AQSH dollari
📈 O‘sish sur’ati: 2,2 barobar

☕️ Kofe, choy, kakao va ziravorlar – 463,3 ming AQSH dollari
📈 O‘sish sur’ati: 2,1 barobar

🐟 Baliq va suv mahsulotlari – 295,1 ming AQSH dollari
📈 O‘sish sur’ati: 109,2 %

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

2026-yil 18-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda boshqarma yuriskonsulti B. Ismatullayev korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev korrupsion holatlarning oldini olishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni davom ettirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi qayd etildi.
👍1