NAMSTAT
1.08K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
5 files
4.95K links
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.


Facebook:
https://www.facebook.com/namstat.uz

Instagram:
https://www.instagram.com/namstat

Twitter:
https://twitter.com/namstatistika
Download Telegram
🎁 Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol qatnashgan talabalar taqdirlandi

Joriy yilning 15–31-yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi — onlayn bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda talaba-yoshlarning faol ishtiroki alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Shu munosabat bilan onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol qatnashgan talabalar o‘rtasida tanlov tashkil etildi. Tanlov shartlariga ko‘ra, so‘rovnomada o‘zi hamda oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi belgilangan edi.

📊 Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy tanlash (random) usuli orqali g‘oliblar aniqlan edi.

🏆 Tanlov g‘oliblari:

👩‍🎓 Omina Usmonjonova — Namangan davlat universiteti talabasi
👨‍🎓 Bunyodjon Yo‘lchiyev — Namangan davlat texnika universiteti talabasi

📅 Namangan viloyati statistika boshqarmasida ushbu g‘olib talabalar tantanali ravishda zamonaviy planshet qurilmalari bilan taqdirlandilar.
🌍 Нью-Йоркда Миллий статистика қўмитаси халқаро ҳамкорликни кенгайтирди

БМТнинг Нью-Йорк шаҳридаги қароргоҳида ўтаётган БМТ Статистика комиссиясининг 57-сессияси доирасида Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси халқаро ҳамкорликни янада мустаҳкамлашга қаратилган икки муҳим ҳужжатни имзолади.

Жумладан, Ислом ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар учун Статистика, иқтисодий ва ижтимоий тадқиқотлар ҳамда ўқув маркази (SESRIC) ҳамда Туркия Статистика институти (TÜİK) билан ўзаро англашув меморандумлари имзоланди.

Мазкур ҳужжатлар расмий статистика тизимини замонавийлаштириш, статистик методологияларни халқаро стандартларга мослаштириш ва соҳадаги мутахассислар малакасини оширишга қаратилган амалий ҳамкорликни кучайтиришни назарда тутади.

🔹 SESRIC билан ҳамкорлик доирасида:

● танланма кузатувлар ва уй хўжаликлари сўровлари методологиясини такомиллаштириш;

● танланма дизайни ва сифат назоратини кучайтириш;

● натижаларни таҳлил қилиш усулларини ривожлантириш;

● тренинглар ва эксперт миссиялари орқали кадрлар салоҳиятини ошириш;

● долзарб ижтимоий-иқтисодий мавзуларда қўшма илмий ва таҳлилий тадқиқотлар ўтказиш режалаштирилган.

🔹 Туркия Статистика институти (TÜİK) билан ҳамкорлик доирасида:

● бизнес статистикаси ва статистик реестрлар билан ишлашни такомиллаштириш;

● ташқи савдо ва туризм статистикаси методологиясини ривожлантириш;

● Миллий ҳисоблар тизимини (SNA) модернизация қилиш;

● расмий статистикада маъмурий маълумотлардан кенг фойдаланиш;

● давлат идоралари ўртасида маълумот алмашинуви механизмларини кучайтириш каби йўналишларда ҳамкорлик йўлга қўйилади.

Миллий статистика қўмитаси ушбу меморандумлар асосида қўшма тадбирлар ўтказиш, экспертлар алмашинувини ташкил этиш ва белгиланган вазифаларни босқичма-босқич амалга оширишни режалаштирмоқда.


Мутахассислар фикрича, бу каби халқаро ҳамкорликлар Ўзбекистонда замонавий ва ишончли статистика тизимини ривожлантириш ҳамда мамлакатимизнинг халқаро статистика майдонидаги нуфузини янада мустаҳкамлашга хизмат қилади.
👍1
💐 8-mart bayramingiz bilan munis ayollar!

Aziz va muhtaram ayollar!
Sizlarni goʻzal va fayzli bahor bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bahor nafasi kirib kelgan ushbu qutlugʻ kunlarda sizlarga va yaqinlaringizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka va cheksiz quvonch tilaymiz.

Har doim eʼzozda boʻlib, qalbingizda bahoriy iliqlik va tabassum hech qachon soʻnmasin!

Hurmat bilan,
Namangan viloyati statistika boshqarmasi jamoasi.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2
Bayram statistikasi: Namanganda ayollar soni qancha?

🌺 Namangan viloyatida ayollar soni 1 mln 568,5 ming nafarni tashkil etadi.

🏢 Statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga viloyat doimiy aholisi 3 mln 190,8 ming kishi bo‘lib, shundan 49,2 foizi ayollar hisoblanadi.

📊 Hududlar kesimida ayollar soni:

🔸 Namangan sh. – 353,8 ming
Shundan:
Davlatobod – 80,6 ming
Yangi Namangan – 82,3 ming

🔸 Mingbuloq – 69,7 ming
🔸 Kosonsoy – 116,4 ming
🔸 Namangan – 98,3 ming
🔸 Norin – 89,4 ming
🔸 Pop – 121,0 ming
🔸 To‘raqo‘rg‘on – 126,2 ming
🔸 Uychi – 121,1 ming
🔸 Uchqo‘rg‘on – 95,5 ming
🔸 Chortoq – 111,0 ming
🔸 Chust – 144,9 ming
🔸 Yangiqo‘rg‘on – 121,1 ming nafarni tashkil etgan.

🌷 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarni samimiy muborakbod etamiz. Ularga sog‘liq, oilaviy baxt va barcha ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
🔥2
👶🏻 Энг кўп чақалоқ туғилган туман-шаҳарлар ТОП-10 талиги

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда 879 599 та тирик туғилиш ҳолатлари қайд этилган.

🇺🇿 2025 йилда энг кўп чақалоқ туғилган туман ва шаҳарлар ТОП–10 талиги қуйидагича:

Наманган шаҳри – 18 524 та

Ургут тумани – 16 212 та

Андижон шаҳри – 14 581 та

Денов тумани – 12 406 та

Самарқанд шаҳри – 11 819 та

Пастдарғом тумани – 9 782 та

Косон тумани – 9 159 та

Қамаши тумани – 9 115 та

Олмазор тумани – 9 035 та

Асака тумани – 8 266 та
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatimizda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

🏢 Statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026- yilning 1-fevral holatiga Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 266 tani tashkil etgan.

Bu ko'rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 45 taga oshgan.
Ulardan:

▪️99 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),

▪️167 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).


♻️ Ularning eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga hissasiga to‘g‘ri keldi:

🇨🇳 Xitoy – 81 ta;

🇷🇺 Rossiya – 52 ta;

🇹🇷 Turkiya – 43 ta;

🇰🇷 Janubiy Koreya – 18 ta;

🇰🇿 Qozog‘iston – 13 ta.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2025-yilda 183 ming tonnadan ziyod poliz mahsulotlari yetishtirilgan

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 183 189 tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.

📊 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 13,4 % ga ko‘paygan.


Hududlar kesimida poliz yetishtirish hajmi;

Namangan sh. – 106 tonna

Mingbuloq – 47 253 tonna

Kosonsoy – 2 889 tonna

Namangan – 14 793 tonna

Norin – 21 959 tonna

Pop – 15 203 tonna

Toʻraqoʻrgʻon – 12 156 tonna

Uychi – 10 862 tonna

Uchqoʻrgʻon – 15 826 tonna

Chortoq – 19 220 tonna

Chust – 10 879 tonna

Yangiqoʻrgʻon – 12 043 tonna

Rasmiy sahifalar👇

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Qaysi hududlarda qurilish ishlari ko‘proq bajarildi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida umumiy qiymati 656,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 14,7 % ga oshgan.


🏗 Hududlar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

🔸Namangan shahri – 146,1 mlrd so‘m

🔰Shundan:
• Davlatobod tumani – 64,7 mlrd so‘m
• Yangi Namangan tumani – 42,7 mlrd so‘m

🔸Mingbuloq tumani – 14,3 mlrd so‘m

🔸Kosonsoy tumani – 22,2 mlrd so‘m

🔸Namangan tumani – 25,1 mlrd so‘m

🔸Norin tumani – 17,4 mlrd so‘m

🔸Pop tumani – 28,4 mlrd so‘m

🔸To‘raqo‘rg‘on tumani – 23,4 mlrd so‘m

🔸Uychi tumani – 28,2 mlrd so‘m

🔸Uchqo‘rg‘on tumani – 23,4 mlrd so‘m

🔸Chortoq tumani – 38,5 mlrd so‘m

🔸Chust tumani – 21,1 mlrd so‘m

🔸Yangiqo‘rg‘on tumani – 23,3 mlrd so‘m

🔸Taqsimlanmagan hajm – 244,7 mlrd so‘m

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
💸 Ўтган ойда қайси мева-сабзавотлар нархи ошди?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг февраль ойида инфляция 0,6 % ни ташкил этди.

📈 Ой давомида айрим мева-сабзавотлар нархларида ўсиш кузатилди. Хусусан, помидор нархи 12,1 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан −12,5 %), қовоқ 11,7 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан −57,1 %), картошка 5,0 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +2,0 %), булғор қалампири 4,2 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан −15,1 %), олма 4,1 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +12,4 %), лимон 3,6 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +90,0 %), банан 3,0 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +2,4 %), сабзи ва карам 1,8 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан мос равишда +8,8 % ва +10,6 %) ошди.

📉 Шунингдек, айрим маҳсулотлар нархларида пасайиш ҳам кузатилди. Жумладан, бодринг нархи 13,8 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан −13,0 %), мандарин 5,6 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +15,8 %), апельсин 5,4 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +6,8 %), лавлаги 1,7 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан +8,3 %) арзонлашди. Пиёз нархи эса 0,9 % га (2025 йил февраль ойига нисбатан −3,0 %) пасайди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡 Namangan viloyatida elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida 87,5 mlrd so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarilgan.

📊 Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,7 % yoki 22,8 mlrd so’mga ko‘paygan.


Ishlab chiqarish tarkibi:


🔹Yirik korxonalarning ulushi – 63,6 %;

🔸Kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi – 36,4 %.

📌 Ma'lumot o‘rnida: 2026-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida 2,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 3,1 i % elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🚇 2000 йилдан буён метродан фойдаланувчилар сони қанчага ошди?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда метрополитен орқали жами 286,8 млн нафар йўловчи ташилган.

📊 Бу кўрсаткич 2000 йилга нисбатан 161,1 млнга ёки қарийб 2,3 баробарга ошган.


📊 Ушбу кўрсаткич йиллар кесимида қуйидагича:

2000 йил – 125,7 млн

2001 йил – 141,9 млн

2002 йил – 136,4 млн

2003 йил – 114,3 млн

2004 йил – 95,6 млн

2005 йил – 89,9 млн

2006 йил – 69 млн

2007 йил – 70,5 млн

2008 йил – 73,4 млн

2009 йил – 68 млн

2010 йил – 65,6 млн

2011 йил – 63,9 млн

2012 йил – 65,5 млн

2013 йил – 59,2 млн

2014 йил – 54 млн

2015 йил – 52,3 млн

2016 йил – 53,5 млн

2017 йил – 61,6 млн

2018 йил – 69,1 млн

2019 йил – 79,2 млн

2020 йил – 38,8 млн

2021 йил – 101,8 млн

2022 йил – 136,7 млн

2023 йил – 172 млн

2024 йил – 270,3 млн

2025 йил – 286,8 млн
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍽 Yashash va ovqatlanish xizmatlariga bo‘lgan talab ortgan

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida viloyatimizda yashash va ovqatlanish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 1,4 trln soʻmni tashkil etgan.

📊 Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 21,1 foizga oshgan.


♻️ Umuman olganda, bozor xizmatlari tarkibida yashash va ovqatlanish sohasida ko'rsatilgan xizmatlarning ulushi 34,7 % ni tashkil etmoqda.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
📊 Qaysi hududda nechta korxona faoliyat yuritmoqda?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatida Namangan viloyatida 27 622 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Shundan 23 186 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.


♻️ Hududlar kesimida korxonalar va tashkilotlar soni quyidagicha taqsimlangan:

🔹 Namangan shahri – 8 600 ta
🔰Shundan:
🔸 Davlatobod – 2 490 ta
🔸 Yangi Namangan – 2 316 ta

🔹 Chust tumani – 2 322 ta
🔹 Pop tumani – 2 040 ta
🔹 Chortoq tumani – 1 801 ta
🔹 To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 714 ta
🔹 Uchqo‘rg‘on tumani – 1 668 ta
🔹 Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 640 ta
🔹 Uychi tumani – 1 609 ta
🔹 Namangan tumani – 1 583 ta
🔹 Kosonsoy tumani – 1 576 ta
🔹 Mingbuloq tumani – 1 552 ta
🔹 Norin tumani – 1 517 ta

📈 Hududlar orasida Namangan shahri korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
Eksportda qaysi hududlar yetakchi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Namanagan viloyati 58 ta davlatga qiymati 722,6 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

📊 Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 97,0 mln AQSH dollariga ko‘paygan.


🇺🇿 Hududlar kesimida eksport hajmi quyidagicha (AQSH dollarida):

🔸Namangan shahri – 165,6 mln dollar

🔸To‘raqo‘rg‘on tumani – 150,7 mln dollar

🔸Kosonsoy tumani – 95,8 mln dollar

🔸Chust tumani – 57,0 mln dollar

🔸Uychi tumani – 55,3 mln dollar

🔸Uchqo‘rg‘on tumani – 43,2 mln dollar

🔸Namangan tumani – 24,8 mln dollar

🔸Yangiqo‘rg‘on tumani – 21,9 mln dollar

🔸Pop tumani – 21,3 mln dollar

🔸Mingbuloq tumani – 19,5 mln dollar

🔸Norin tumani – 19,0 mln dollar

🔸Chortoq tumani – 5,4 mln dollar

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1💯1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Қайси ҳудудларнинг ялпи ҳудудий маҳсулоти энг тез ўсмоқда?

🤩 Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистоннинг ялпи ички маҳсулоти ҳажми жорий нархларда 1 849,7 трлн сўмни ташкил этиб, 2024 йилга нисбатан 7,7 фоизга ўсган.

🇺🇿 Ҳудудлар кесимида ялпи ҳудудий маҳсулот ҳажми қуйидагича:

Тошкент шаҳри — 367 222,3 млрд сўм (+11,3 %)

Тошкент вилояти — 180 177,4 млрд сўм (+7,2 %)

Навоий вилояти — 167 964,6 млрд сўм (+7,7 %)

Самарқанд вилояти — 121 489,5 млрд сўм (+8,0 %)

Фарғона вилояти — 111 305,3 млрд сўм (+8,1 %)

Андижон вилояти — 107 717,6 млрд сўм (+6,8 %)

Қашқадарё вилояти — 98 783,4 млрд сўм (+6,8 %)

Бухоро вилояти — 86 608,1 млрд сўм (+7,2 %)

Наманган вилояти — 85 419,0 млрд сўм (+8,2 %)

Сурхондарё вилояти — 66 186,5 млрд сўм (+6,6 %)

Хоразм вилояти — 62 987,5 млрд сўм (+7,9 %)

Қорақалпоғистон Республикаси — 54 076,9 млрд сўм (+7,2 %)

Жиззах вилояти — 52 956,7 млрд сўм (+8,2 %)

Сирдарё вилояти — 35 794,4 млрд сўм (+9,8 %)


📊 ТОП-3 иқтисодий ўсиш:

Тошкент шаҳри — +11,3 %

Сирдарё вилояти — +9,8 %

Наманган вилояти ва Жиззах вилояти — +8,2 %
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda Namangan viloyatida qancha chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan quyidagi hajmlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi:

🐂 Go‘sht (tirik vaznda) – 185,9 ming tonna, o‘sish sur’ati +101,6 %

🥛 Sut – 815,6 ming tonna, o‘sish sur’ati +101,4 %

🐟 Baliq – 20,0 ming tonna, o‘sish sur’ati +107,8 %

🍯 Asal – 1,3 ming tonna, o‘sish sur’ati 92,4 %

🧱 Jun – 1,9 ming tonna, o‘sish sur’ati +107,4 %

🥚 Tuxum – 812,8 mln dona, o‘sish sur’ati +111,4 %

Rasmiy sahifalar👇

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
13–14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq hashari o‘tkaziladi.
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🎙🎙🎙

Тошкент шаҳрида 2026–2030 йилларга мўлжалланган Статистикани ривожлантириш миллий стратегияси лойиҳасига бағишланган очиқ мулоқот бўлиб ўтмоқда.

Унда вазирлик ва идоралар, илмий-тадқиқот институтлари, халқаро ташкилотлар вакиллари иштирок этмоқда.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM