NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.97K subscribers
88.8K photos
1.64K videos
81 files
5.62K links
Download Telegram
OTA-ONALAR BILAN MULOQOT MAYDONI

Mashinasozlik fakulteti, 1-kurs, 25-NNGQIT-23 guruh talabasi Egamberdiyev Xusniddin va uning onasi bilan talabani o‘qishdagi o‘zini tutishi, odobi va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida yangi o‘quv yilida kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishi, odob-ahloq qoidalariga rioya etishi va boshqa tarbiyaviy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan tushuncha va targ‘ibot ishlari olib borildi.

05.07.2024 y.
Mashinasozlik fakulteti tyutori: N.Asqarov
SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI

Bugun NamMQI birinchi prorektori O. Jakbarov boshchiligida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun o‘tkazilgan"Siyosiy-ma’rifat soati"da Mashinasozlik fakulteti tyutorlari faol ishtirok etildir.

Ma’rifat soatida hafta davomida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy va siyosiy va boshqa sohalardagi foydali ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Shular bilan bir qatorda Xorijdagi muhim voqealar, ta’lim va tarbiya bo‘yicha yaponiya tajribasi bo‘yicha hamda "Mahalladan gapiramiz" rukni hamda "Mutolaa vaqti" ruknlarida zururiy ma’lumotlar olindi.

05.07.2024 y.
Mashinasozlik fakulteti tyutorlari
Institutda doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi

Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejasi 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan 3-kurs doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi.

NamMQI media markazi
Institut magistranti yana gʻoliblar safida...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yosh qalamkashlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Respublika yosh ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Xalq banki va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 3-5 iyul kunlari seminarning joriy yilgi mavsumi boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, Namangan muhandislik-qurilish instituti Bino va inshootlar kafedrasi magistranti Ahmadjon Muxtorjonov hududiy va mintaqaviy bosqichlar gʻolibi sifatida seminarda ishtirok etdi.

Taniqli yozuvchi va shoirlar, maʼsul vakillar ishtirokida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolib ishtirokchilar maxsus statuetka, sertifikat, pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Talabamizning keyingi faoliyatiga ham omad va zafarlar tilaymiz!