NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
922 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#ma_muriy_amaliyot

🔷Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari tomonidan yer qonun buzilishi va o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari yuzasidan joriy yilning birinchi yarmida jami 1389 ta ma'muriy bayonnomalar  tuzilgan.

Shu jumladan,

🔹maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar soni 1201 nafar;
🔹huquqbuzarlik oqibatini  bartaraf etilganligi uchun bekor qilingan  ishlar soni 47 ta;
🔹maʼmuriy chora ko‘rish uchun sudlar va boshqa vakolatli organlarga yuborilgan ishlar soni 31 ta;
🔹huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan ishlar soni 63 ta;
🔹ko‘rib chiqilayotgan ishlar soni 47 ta.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #brifing

🌟 KADASTR AGENTLIGI BRIFINGI

2023-yilning o’tgan 6 oyi davomida respublika boʻyicha yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallash bilan bogʻliq 5 968 ta holat aniqlandi.

🌟 Agentlik tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar asosida 2 390 ta holatda 642,6 gektar maydondagi qonunbuzilishlarni ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

⚖️ Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan sudlarga 1 754 ta (914,3 gektar) daʼvo arizalari kiritildi.

🇺🇿 Yerga oid qonun buzilishi holatlarida jinoyat alomatlari kuzatilgan 325 ta (56,8 gektar) ish hujjatlari oʻrnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalarining yarim yillik statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha yarim yillik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: yanvar-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 7 602 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yo‘l qoidasi – umr foydasi

🇺🇿 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari Kosonsoy tumani bo‘limi va filiali xodimlari uchun “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari M.Nurmatov va A.Obidovlar, tuman bo‘limi va filiali rahbarlari, xodimlar, yer va kadastr nazorati inspektorlari ishtirok etdilar.

🔹 Tadbirda M.Nurmatov yig‘ilganlarga kuni kecha Palataning Mingbuloq tuman filiali kadastr muhandisi U.Sobirjonov ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi, xodim hozirda shifoxonada davolanayotganligi haqida axborot berib, xodimlarni yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishga, ayniqsa shaxsiy transport vositasi mavjud bo‘lgan xodimlarga spirtli ichimlik isteʼmol qilmaslik, bunday vaziyatda transport vositasini umuman boshqarmaslik, ishonchnomasiz o‘zining shaxsiy transportini o‘zga shaxslarga bermaslikka chaqirdi.

🔹 Shu bilan birga ishtirokchilarning diqqat eʼtiborini, mehnat intizomiga rioya qilish, murojaatchilarga xushmuomalada bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratdi.

🔹 Shundan so‘ng yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov  Kadastr agentligi Direktorining 2023 yil 6 iyuldagi buyrug‘i bilan zudlik bilan Agentlik rahbariyatini xabardor etishga asos bo‘ladigan voqea – hodisalar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib,  xodimlar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ana shunday maʼlumotlar sirasiga kirishini taʼkidladi.

🔹Qayerda tartib – intizom bo‘lar ekan, u yerda inson qadri eʼzozlanadi, byurokratiyaga, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi, har bir fuqaroga tez, sifatli va madaniyatli xizmat ko‘rsatiladi.

🔹Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Matbuot xizmati.
▪️Saylov uchastkangiz manzilini aniqlang▪️

🇺🇿 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldin Prezidentlik saylovini o‘tkazishda Markaziy saylov komissiyasi va viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyalarga muvofiq jami 10 784 ta saylov uchastkalarning chegaralari va saylov o‘tkaziladigan obyektlaring geolokatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron xaritasi yaratildi hamda Markaziy saylov komissiyasining saytida aks ettirildi.

📍 Prezidentlik saylovini o‘tkazishda qaysi uchastkada ovoz berishingizni va u qayerda joylashganini shakllantirilgan elektron xaritalar asosida onlayn bilib olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #saylov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 2 kun qoldi

🔹Bugun kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida navbatdagi siyosiy-maʼrifiy soati o‘tkazildi. O‘quv soati davomida Uychi tuman saylov komissiyasi raisi Abdumutal Najmiddinov ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Ushbu tadbirda boshqarmalarning barcha tuman shahar bo‘limlari va filiallari xodimlari ZOOM platformasi orqarli ishtirok etdilar.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

🔹 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook