NAMANGAN KADASTR
1.17K subscribers
10.3K photos
932 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#huquqiy_bilim

Kadastr pasportining shakllari:

🏢 Ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
🏡 Yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
🏭 Noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
📝 Yer uchastkasining kadastr pasporti;
🏗 Qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

Huquqiy asos

**********************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Mol-mulk solig‘i kamaytirilmoqda

💠Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilmoqda;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,4 foizdan 0,5 foizga o‘zgartirilmoqda deya ma’lumot bermoqda Soliq yangiliklari.

💠Soliq solish maqsadida binolar bo‘yicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etilmoqda:
Toshkent shahrida – ikki million besh yuz ming so‘m
Nukus shahri va viloyat markazlarida – bir million besh yuz ming so‘m;
qolgan hududlarda – bir million so‘m etib belgilanmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
Ushbu soliq stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

#DavKadastrPalata #info #soliq_yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🏢Кадастр агентлигининг Чуст тумани бўлими ер ва кадастр назорати инспекторлари томонидан ўтказилаётган хатловлар давомида тумандаги "Варзик" массиви, “Дилшода Зоиршох” Ф/Х тасарруфида бўлган хўжалик ер тузиш харитасининг 263-контурда жойлашган экин ер майдоннинг 0,02 гектар қисмига фуқаро К.Мирзажонов томонидан тегишли рухсат берувчи ҳужжатларсиз ўзбошимчалик билан эгаллаб олиб, бетон пойдевор қурилгани аниқланди.

Ушбу ноқонуний ҳолат юзасидан далолатнома расмийлаштирилиб, ҳуқуқий оқибатлари ҳақида тушунтириш ишлари олиб борилди ва фуқаро ўз ҳисобидан пойдеворни бузиб, ер майдонини фермер хўжалиги фойдаланишига қайтарилиши таъминланди.

❗️Эслатма, Ўзбекистон Республикаси МЖтКнинг 60-модда, 3- қисмига асосан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган, ажратилган ер участкасига туташ бўлган ва туташ бўлмаган ер участкаларида қурилиш ишларини амалга ошириш, — фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 150 баравари, мансабдор шахсларга эса — 300 баравари миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Матбуот хизмати.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori hamda Davlat kadastrlari palatasi tuzilmasi, hamda xodimlarning cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 2 noyabrdagi 552 - son buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, amaldagi shtatga 4 yo‘nalishdagi mutaxassislik shtatlari, ya’ni
:

-Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;

-Topografik va kartografik xaritalar tayyorlash mutaxassisi;

-DKYAT mutaxassisi;

-Yer kadastri mutaxassisi va yordamchi personaldan tashkil topgan yana 581 ta xodim ish o‘rinlari qo‘shildi.

Bu imkoniyat o‘z navbatida ish sur’ati oshishiga va innovatsion yangiliklarning sohada rivojlanishiga katta yordam bo‘lib xizmat qiladi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Kadastr xodimlari uyning planini chizib bergani uchun pul talab qilishga haqlimi?

Javob: Uyni kadastr plani ya'ni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi, undan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
“Янги Ўзбекистон” массивлари қурилишига оид лойиҳалар тақдимоти ўтказилди.
Режага кўра, келгуси йилда 22 та янги массив барпо этилади. Давлатимиз раҳбари мазкур янги мавзеларда кўплаб мактаб, боғча ва тиббиёт муассасалари қуриш бўйича кўрсатмалар берди. Кичик саноат зонаси, тадбиркорлик объектларини ташкил этиш орқали камида 50 мингта иш ўрни яратиш мумкинлиги таъкидланди.

Состоялась презентация проектов по строительству массивов “Янги Узбекистон”.
На следующий год запланировано построить 22 новых массива. Глава государства дал указания по возведению в массивах достаточного количества школ, детских садов и медицинских учреждений. Отмечена также возможность создания не менее 50 тысяч рабочих мест за счет организации малых промышленных зон и реализации проектов предпринимательства.

#Mirziyoyev #taqdimot #uyjoy #YangiUzbekiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⬜️Vada berganimizdek, auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining Respublikamizning barcha xududlari bo‘yicha xaftalik statistik ma’lumotlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

⬜️Shaffof va ochiq yo‘l bilan e-auksion.uz da qatnashing va biznesingizga mos bo‘lgan yerni onlayn auksionda sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
ТАБРИКНОМА.
Ҳурматли Нозимжон Равшанович!
Сизни таваллуд айёмингиз муносибати билан самимий табриклаймиз!
Вилоятимизнинг кадастр тизимида узоқ йиллардан бери меҳнат қилиб келаяпсиз, унинг ривожланишида ва ютуқларида Сизнинг салмоқли ҳиссангиз бор. Бир нечта шогирдларингиз ҳам соҳа ривожи учун хизмат қилмоқдалар.
Давлат рахбаримиз ва Ҳукуматимиз томонидан белгиланган кадастр соҳадаги ислоҳотларни амалга оширишда фаол қатнашиб келмоқдасиз.
Бугунги туғилган кунингиз муносибати билан муборакбод этиб,
Сизга мустаҳкам сиҳат саломатлик, хонадонингизга тинчлик-хотиржамлик, байрамона кайфият, соҳа ривожи йўлидаги фаолиятингизда омад ва улкан зафарлар тилаймиз.
Ҳурмат билан,
Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти
бошқармаси жамоаси.
Ер қонунчилигини бузганлик учун жиноий жавобгарлик кучайтирилди

📍 http://uza.uz/posts/325560

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Абу-Даби валиаҳди, БАА Қуролли Кучлари Олий бош қўмондони ўринбосари Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён билан телефон орқали мулоқот қилди.
Давлатимиз раҳбари дўст Амирликлар раҳбарияти ва халқини ушбу мамлакат ташкил топганининг 50 йиллиги билан самимий қутлади ва эзгу тилакларини билдирди.
Суҳбатда кўп қиррали Ўзбекистон-БАА ҳамкорлиги кун тартибидаги долзарб масалалар кўриб чиқилди.

Состоялся телефонный разговор Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева с Наследным принцем Абу-Даби, заместителем Верховного главнокомандующего Вооруженными силами ОАЭ шейхом Мухаммедом бин Заидом Аль Нахайяном.
Глава нашего государства сердечно поздравил руководство и дружественный народ Эмиратов с 50-летним юбилеем основания государства и выразил наилучшие пожелания.
Рассмотрены актуальные вопросы, включенные в повестку узбекско-эмиратского многопланового сотрудничества.

#Mirziyoyev #muloqot #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БАА Бош вазири ўринбосари – Президент ишлари бўйича вазири Шайх Мансур бин Зоид Ол Наҳаён билан телефон орқали мулоқот қилди.
Ўзбекистон етакчиси БААнинг миллий байрами – мамлакат ташкил топганининг 50 йиллиги билан самимий қутлаб, дўст Амирликлар халқига фаровонлик ва равнақ тилакларини изҳор этди.
Кенг кўламли ҳамкорликнинг стратегик йўналишларини ривожлантириш масалалари кўриб чиқилди.

Состоялся телефонный разговор Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева с заместителем Премьер-министра – министром по делам Президента ОАЭ шейхом Мансуром бин Заидом аль Нахайяном.
Лидер Узбекистана тепло поздравил эмиратскую сторону с национальным праздником – 50-летием со дня основания государства, искренне пожелав благополучия и процветания дружественному народу Эмиратов.
Рассмотрены вопросы развития стратегических направлений узбекско-эмиратского полномасштабного сотрудничества.

#Mirziyoyev #muloqot #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Qanday sabablarga ko'ra yangi PF-6243-son Farmonda umrbod yerga egalik qilish huquqi bekor qilingan?

Javob: Farmon bilan ushbu huquqlar bekor qilinmagan.
Farmonning 2-bandi bilan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan hamda aynan shu bandda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qolishi belgilangan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
🔹Davlat ro‘yxatidan o‘tgan🔹

💠Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati hududlar bo‘yicha ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan haftalik ma’lumotlarni taqdim etadi.

💠Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning yil boshidan hamda o‘tgan hafta davomida ro‘yxatdan o‘tkazilganlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Forwarded from Kadastr - Live
#huquqiy_bilim

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📝 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Huquqiy asos

****************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda

◻️O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

◻️Muhim o‘zgarish sifatida: еndilikda, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish kabi qilmishlari uchun - 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda. Avvallari bu jazo 5 yilgacha etib belgilangan.

◻️Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jiyanotlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

#korrupsiya_stop #qonunchilikda_o_zgarishlar_kutilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |