NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.9K photos
910 videos
9 files
4.21K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

❗️Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–889, 25.12.2023 y.) bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot #qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi xususiy ko'chmas mulkni elektron auksion orqali sotish mumkin

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023-yildagi 540-son qarori, bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

narxni oshirib borish tamoyili asosida;
eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

🔹Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

❗️ Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🔹savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🔹to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi.

Bunda:
🔹 shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda holda o‘tkaziladi;

🔹 ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil, 2021-yilgacha hokim qarori bilan olgan bo‘lsa, kamida 5 yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi kerak;

🔹 ijaraga oluvchi auksion yoki tanlov natijasiga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lishi shart;

🔹 yuridik shaxslar o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

Ijara huquqi garovga qo‘yilgan holatlarda undiruvni ushbu huquqqa qaratish va ijara huquqini auksion orqali sotishga ruxsat berilmoqda

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq:

🔷 Garovga qo‘yuvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar garovi bilan ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Bunda:
🔹yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;

🔹sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi

“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro‘yxati;

🔹Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro‘yxati;

🔹Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar ro‘yxati.

✔️ Aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

🗓 2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🟢 mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
🟢 mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;
🟢 mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining mazkur kichik sanoat zonasi hududida o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan (bundan mavjud binoni qayta qurish, rekonstruksiya qilish mustasno) yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va inshootlar yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🟢 investitsiya majburiyatlari va boshqa ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa;
🟢 mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
🟢 mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;
🟢 mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oylik, pensiya, nafaqalar oshiriladi

"Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi

🔼Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

Bunda:

🟢pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

🟢yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

🟢nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.

✔️ Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan:

🟢byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;

🟢byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

🟢mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

🟢bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

❗️Fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🟢mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlar, yakka tartibdagi uy-joy xususiylashtirilganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lsa;
🟢 mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
🟢 mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;
🟢 mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🪙 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🟢Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🟢Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🟢viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🟢boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

❗️ Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🟢 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🟢 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
🟢“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🌐 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🟢bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🟢I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🗂“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oylik, pensiya, nafaqalar oshiriladi

"Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi

🔼Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

Bunda:

🟢pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

🟢yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

🟢nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.

✔️ Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan:

🟢byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;

🟢byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

🟢mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

🟢bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi


🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-950-son, 29.08.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

✔️ Unga ko‘ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

✔️ Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qatʼiy nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʼminlanishi belgilanmoqda.

✔️ Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

✔️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-sentabrdan o'zgaradi

❗️Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obyektini har qanday ko‘rinishda taʼmirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

✔️Bunda, ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda ko‘rsatiladi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi

⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi


❗️ Farmonga ko‘ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🔼 Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

📁 Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.

🔍 Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer fondining barcha toifalari va yer turlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

❗️Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan:

◼️ yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;

◼️ yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi;

◼️ shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qo‘shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi;

❗️ bunda ushbu to‘lovlar Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to‘lovlar shaklida olinadi;

◼️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o‘zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM