NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.85K photos
909 videos
9 files
4.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - halokatga yetaklovchi yo'l


Korrupsiya illati har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

🫥 O'tgan bir hafta davomida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, o'z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashish mavzularida davra suhbatlari o'tkazildi.

▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3, 4
▫️Surxondaryo viloyati 1,
2, 3
▫️Namangan viloyati 1, 2, 3
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Toshkent shahar 1, 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Buxoro viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi


Majlisida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

📃 Qonun loyihasi bilan Yer kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

◼️Xususan, Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi to‘g‘risidagi 24-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga, ya’ni qayta ijaraga berishga ruxsat etish nazarda tutilmoqda.

◼️Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda turli bahsli mezonlarga tayangan ochiq elektron tanlov o‘rniga shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi.

✅️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

#DavKadastrPalata #Oliy_majlis

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM