NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan, tanqidiy va tahliliy, tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi va Viloyat hokimi Sh.Abdurazaqovning topshirig‘ini barcha qatnashchilarga yetkazib, umumiy holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 9⃣ – Xotira va qadrlash kuni 💐

Aziz yurtdoshlar!

🌟 Kadastr agentligi jamoasi 9 may - Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo, xalqimiz abadiy bo‘lsin!

#Kadastr_agentligi #9_may

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 4 808 ta yer maydonlari ochiq auksion savdolariga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron savdolarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 903 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 383 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 182 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 272 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 429 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'g'on tumanidan 111 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 497 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 400 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 264 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 692 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 675 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi 153-sonli qarori va 2024-yil 18-yanvardagi 15-sonlifarmoni asosida yangi tartibda ochiq elektron savdoga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo'lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da faol ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning Namangan tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

🔷 Vaqti:  16-may 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.

🔷 Manzili: Namangan tumani, Katta Toshbuloq MFY, Mustaqillik ko'chasida joylashgan Nuroniylar maskani binosida.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент раислигида маҳаллий саноат тармоғидаги ички имкониятларни сафарбар этиш орқали аҳолини ишли ва даромадли қилиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Ҳозирда амалга оширилаётган йирик инвестиция лойиҳалари билан бирга тез фурсатда маҳаллада юзлаб иш ўрни ва экспортбоп маҳсулот яратадиган, юқори даромад келтирадиган кичик ва ўрта корхоналар кераклиги таъкидланди.

Бу борада энг катта захира маҳаллий саноат тармоқлари ҳисобланади. Шу муносабат билан учта муҳим соҳа – чарм, гилам ва пиллачилик саноатида ҳал қилиниши лозим бўлган муаммолар бор.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари икки йил олдин 155 гектар жой ажратилиб, чармга ихтисослашган 16 та кичик саноат зонаси қилинганини қайд этди.

Оҳангарон ва Ургут туманларида лойиҳалар бошланган бўлса-да, Нурафшон шаҳрида, Уйчи, Ангор, Қўқон, Қўштепа, Олтинкўл, Шароф Рашидов туманлари, Наманган шаҳри, Шаҳрихон, Самарқанд, Ҳазорасп, Бухоро, Нукус туманлари, Қарши шаҳрида бу ишлар лозим даражада ташкил этилмагани танқид қилинди.

Соҳада янги лойиҳалар учун 40 миллион доллар арзон ресурс ажратилгани, халқаро кредит линияларидан 100 миллион доллар жалб этилганига қарамай, мутасаддилар бу борада сусткашликка йўл қўяётгани кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

Yer nazorati maxsus dronlar yordamida amalga oshirilmoqda


🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan maxsus dronlar yordamida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “Shahand taraqqiyoti” massivi, 194-konturda fuqaro J.T tomonidan “Sirdaryo” mintaqa hududiga 0,12 gektar o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

🔹Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 60-modda 3-qismi bilan BHM ning bir yuz ellik baravari miqdorida jarima qo‘llanildi. Noqonuniy qurilishni o‘z hisobidan bartaraf qilinmoqda.

🔹"To'raqo'rg'on tumanida joriy yilning o'tgan davrida jami 62 ta holatda 11 gektar yer qonun buzilishlari aniqlandi. Shundan, 21 ta holatdagisi berilgan yozma ogohlantirishlardan so'ng, ixtiyoriy bartaraf qilindi, qolgan holatlar bo'yicha sudlarga da'vo arizalari kiritildi", - deydi bo'lim yetakchi inspektori Jobirxon Mahmudov.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni "Mahallabay", "Xonadonbay" joyiga borgan holda hal etish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida Namangan viloyati 1, 2 hamda Andijon viloyati tuman, shahar filiali xodimlari tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari ko'rib chiqildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #OAV_biz_haqimizda #Gazeta_sahifalarida

Har bir yer hisobda va nazoratda


🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yer nazorati yo'nalishidagi ishlar hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida boshqarma boshlig'i Bahromjon Pazilov va "Namangan haqiqati" gazetasi muxbiri bilan suhbat gazetaning bugungi, 2024-yil 11-maydagi 36-sonida "Nainki gektari, balki har qarichi ham hisobda va nazoratda" sarlavhali maqola bilan chop etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🌟Kadastr agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari manzillari:

📍KADASTR AGENTLIGI

📍 Qoraqalpog'iston Respublikasi
📍 Toshkent shahri
📍 Toshkent viloyati
📍 Andijon viloyati
📍 Farg'ona viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Xorazm viloyati

#Kadastr_manzillari #Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM