NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9.26K photos
866 videos
9 files
4.01K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#yer_nazorati

⚡️Yer nazorati maxsus dronlar yordamida amalga oshirilmoqda


🔹Bugun Namangan viloyati bo‘yicha olib borilayotgan Yer nazorati ishlari ko‘lami yanada kengaydi. Viloyat kadastr tizimida tuzilgan boshqarmaning 2 ta doimiy va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 14 ta Ishchi guruhlar hududlarida maxsus dronlar yordamida yerlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha yer nazorati tadbirlarida umumiy 88 ta holatda 7.7 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallanganligini aniqladilar.

🔹Birgina misol, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan dronlar yordamida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “Shahand taraqqiyoti” massivi, 194-konturda fuqaro J.T tomonidan “Sirdaryo” mintaqa hududiga 0,12 gektar o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Кадастр соҳасига коррупция жиноятини содир этиб судланганлар ишламайди.

Кадастр агентлиги томонидан соҳада коррупцияни олдини олиш, раҳбар-ходимларни ҳалол ишлашини таъминлаш, фуқароларга ва тадбиркорларга халақит бераётган тўсиқларни бартараф этиш мақсадида сўнги йилларда салмоқли ишлар амалга оширилмоқда.

🌟Кадастр агентлиги томонидан 2022-2023-йиллар давомида 100 нафарга яқин муқаддам жиноий жавобгарликка тортилган ходимлар билан меҳнат шартномаси бекор қилинган.

БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ https://telegra.ph/Kadastr-so%D2%B3asiga-korrupciya-zhinoyatini-sodir-ehtib-sudlanganlar-ishlamajdi-05-08

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan, tanqidiy va tahliliy, tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi va Viloyat hokimi Sh.Abdurazaqovning topshirig‘ini barcha qatnashchilarga yetkazib, umumiy holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 9⃣ – Xotira va qadrlash kuni 💐

Aziz yurtdoshlar!

🌟 Kadastr agentligi jamoasi 9 may - Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo, xalqimiz abadiy bo‘lsin!

#Kadastr_agentligi #9_may

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev