NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
9.96K photos
913 videos
9 files
4.22K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yer_nazorati

Yerdan noqonuniy foydalanmang!


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevralidagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Yer to‘g‘risidagi qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.

🔹Boshqarma, uning tuman va shahar bo‘lim inspektorlari tomonidan joriy 2024-yilning 1-choragi davomida 39,6 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq 579 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida 71 ta holatda 12,3 gektar yer maydonlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi.

🔹Bundan tashqari, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarni talon taroj qilish va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish kabi jinoyat alomatlari bo‘lgan 37 ta holatda jami 26 gektar yer maydonida aniqlangan qonun buzilishlarning ish hujjatlari huquqiy baho berish uchun o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_targibot

BARCHA UCHUN MUHIM RAQAMLAR

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Davlat xizmatchilari guvohnomasidan xizmatga aloqador bo'lmagan holatlarda foydalanmasligi lozim

❗️Odob-axloq qoidalariga ko‘ra, davlat xizmatchilari xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeyini suiiste’mol qilmaslikka majbur.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

YOSHLAR UCHUN YANA BIR YANGI IMKONIYAT

🇺🇿 Joriy yilning 5-aprelida "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-sonli
Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq;

🔹tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun "bir massiv-bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi;

🔹yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi;

🔹yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10-yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Tursunbayev Muzaffarning Kosonsoy tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

🔷 Vaqti:  18-aprel 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.

🔷 Manzili: Kosonsoy tumani, Navbahor MFY, 4-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosida.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣YOSHLAR UCHUN YANA BIR YANGI IMKONIYAT !!! Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 8 846 ta yer maydonlari ochiq auksionlarga chiqarilgan!

➡️ Mingbuloq tumanidan 1121 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 1024 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 1011 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 625 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 634 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rgo'n tumanidan 1219 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 1233 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'g'on tumanidan 941 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 209 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 405 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 424 ta (ko'rish)

Eslatma!!! "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-153-son, 05.04.2023 y.)

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#Huquqiy_targibot.

YER KODEKSINI O'RGANAMIZ

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:


🔹yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
🔹Yer Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish;
🔹tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
🔹qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
🔹davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
🔹yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
🔹yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda Yer Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
🔹yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
🔹yer munosabatlarini tartibga solish sohasida o'z vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 “22-aprel — Xalqaro yer kuni” munosabati bilan joriy yil 16-17-aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

😄 Ushbu konferensiyada mazkur Universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatorlari, Qo‘mita raislari hamda hamkor tashkilot va korxonalar vakillari, shu jumladan 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.Abdullayev ham ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM