NAMANGAN KADASTR
952 subscribers
9.38K photos
871 videos
9 files
4.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifiy soat qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat” kengaytirilgan tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 22-dekabr kuni Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi video tasviri xodimlarga namoyish etildi.

🔹Shundan so‘ng Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan “Siyosiy-maʼrifiy soati” namoyish etildi. So‘ngra so‘zga chiqqan boshqarma maʼnaviy-maʼrifiy kengashi raisining o‘rinbosari M.Nurmatov tadbir ishtirokchilariga hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek joylarda siyosiy jarayon uchun rahbarlar masʼulligini alohida eslatib, maʼnaviyat, maʼrifat, madaniyat, sanʼat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, asrimiz avvalida yashab o‘tgan jadid bobolarimiz orzu qilgan komil insonlarni tarbiyalash ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, bayram kunlari navbatchilik tashkil qilish, avtomobillarni boshqarma avtoxo‘jalik bo‘limi rahbari tomonidan qabul qilib olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va kadastr binolarini qo‘riqlashni kuchaytirish kabi zarur masalalar bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtaldi.

🔹Ishtirokchilar yig‘ilganlarni kirib kelayotgan Yangi 2024-yil bilan samimiy tabriklab kelgusi yilda “Siyosiy-maʼrifiy soat” tadbirlarini yanada qiziqarli va jonli o‘tkazishga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifiy soat jamoani bir g‘oyaga birlashtiradi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan “Siyosiy-maʼrifiy soati” namoyish etildi. Unda siyosiy fanlar doktori S.U.Usmanovning “Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

🔹So‘ngra so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabayev o‘z so‘zida boshlangan yangi yilda viloyat kadastr tizimi xodimlari oldida turgan muhim vazifalar, tartib intizom, kiyinish va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya qilish, tizimda korrupsiyani oldini olish hamda boshqarmada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirish kabi masalalarga to‘xtaldi.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Nasritdinov o‘z so‘zida kadastr xizmati ko‘rsatish jarayonida UzKAD tizimidagi bo‘lgan o‘zgarishlar, fuqarolar va tadbirkorlar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlarda ijro intizomiga rioya qilish hamda yil yakuni bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida yakunlash lozimligiga ahamiyat qaratdi.

🔹Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, navbatchilik tashkil qilish, favqulodda holatlarda rahbariyatni va korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlarini xabardor qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va kadastr binolarini qo‘riqlash kabi zarur masalalar bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtaldi.

🔹Shundan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarma maʼnaviy-maʼrifiy kengashi raisining o‘rinbosari M.Nurmatov boshlangan yangi yilda Boshqarmalarning Odob-axloq komissiyasi ishini tashkil qilish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Yig‘ilishning tegishli qarori qabul qilindi.

 Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifiy soat bayramona ruhda o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan “Siyosiy-maʼrifiy soati” namoyish etildi. Unda mamlakatimizda o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy va iqtisodiy voqea va hodisalar haqida axborot tinglandi. 

🔹So‘ngra so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. F.Mirzabayev yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan barcha xodimlarni va Namangan viloyati kadastr tizimida mehnat qilayotgan isteʼfodagi podpolkovniklar M.Nurmatov va  A.Obidovlar hamda zaxiradagi serjant A.Axmedovni bayram bilan samimiy tabriklab ularga esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.  

🔹Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayramining tarixi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida maʼruza qildi.

🔹Shundan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisasi Xurshida Qayumova  barcha jamoa xodimlarini, yigitlarni bayram bilan tabriklab Yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning kasaba uyushmasi raisi I.Sarimsaqov mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyat boshqarmasining yangi “Ichki mehnat tartibi qoidalari” loyihasi bilan tanishtirdi.

🔹Shundan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning bo‘lim boshliqlari ushbu “Ichki mehnat tartibi qoidalari” loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilayotgan, yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan muhim, dolzarb mavzular haqida ma'lumot berib boruvchi navbatdagi Siyosiy-maʼrifat soatida ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning kasaba uyushmasi raisi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov bugungi 9 fevral - o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, ulug‘ mutafakkir alloma, sheʼriyat mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun (1441-1501) munosabati bilan “Alisher Navoiy- millatimiz faxri” mavzusida maʼruza qildi.

🔹Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis, boshqarmaning Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov Navoiyning davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida gapirdi hamda qiziqarli maʼlumotlar berdi.

🔹Tadbir jonli va qiziqarli o‘tdi, Hazrat Navoiyning mashhur “Jon base qildim fido, oromi jone topmadim”  g‘azalini ifodali o‘qish bilan yakunlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook