NAMANGAN KADASTR
1.19K subscribers
10.3K photos
932 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Inson_qadri_uchun

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

🔵Namangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda Namangan viloyati hokimligi tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimiga bir qator vazifalar qo‘yilgan.

🔵Unga asosan aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushishiga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va hal etish uchun chora-tadbirlar dasturi tuzilgan.

🔵Bugun 12-may kuni shu dasturga asosan Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning Uychi tumani aholisi va tadbirkorlari uchun tuman kadastri filiali binosida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔵Murojaat bilan kelgan jami 15 nafar fuqarolarning 8 nafariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va to‘lovlari bo‘yicha, 7 nafar murojaatchilarga Davlat xizmatlari orqali ariza berish tartiblari va qanday hujjatlarni ilova qilish lozimligi batafsil tushuntirildi.

🔵Sayyor qabul jarayonida 4 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

🔵Tadbir davomida o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilgan otaxonlar sayyor qabulni tashkil qilgan rahbarlarga va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib duolar qildilar.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsadimiz – halol ishlash.

🔵 Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Komplayens nazorati xizmati rahbari Baxtiyor Shamansurov boshchiligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bagʼishlangan kengaytirilgan yigʼilish boʼlib oʼtdi.

🔵 Yigʼilishda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Komplayens nazorat xizmati bo'limi boshligʼi Аzim Raxmatov ishtirok etdi.

🔵 Tadbirda Kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasi boshligʼi S.Muxitdinov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchi Q.Gapparov hamda boshqarmalar boʼlim boshliqlari, bosh mutaxassislari, tuman-shahar boʼlimlari va filiallaridan kelgan jami 350 nafar ortiq xodimlar ishtirok etdilar.

🔵 Majlis raisi B.Shamansurov yigʼilgan kadastr tizimi xodimlariga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʼrsatish jarayonida tamagirlik, poraxoʼrlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik, aksincha oʼz xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarib, aholining kadastr idoralariga boʼlgan ishonchlarini yanada mustahkamlash va sifatli xizmat koʼrsatishga chaqirdi.

🔵 Sohadagi bir qator kamchiliklarga toʼxtalib, hayotiy misollar bilan ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilib berdi.

🔵 Tadbirda soʼzga chiqqan Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Komplayens nazorat xizmati bo'limi boshligʼi А.Raxmatov oʼz soʼzida korrupsiyaga qarshi kurash Prezident tomonidan davlat siyosati darajasiga koʼtarilganligi va bu siyosat kadastr sohasi oldiga juda katta vazifalar qoʼyib, tizimni korrupsiya illatidan batamom tozalaguncha davom etishini alohida taʼkidladi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Президент Фарғона шаҳрида “Янги Ўзбекистон” массивининг қурилиш майдонида бўлди.
300 гектарли ушбу массивда 298 та кўп қаватли уй қурилиши режалаштирилган. Массив ўртасидаги 70 гектар майдонда “Янги Ўзбекистон боғи” ва сунъий кўл ташкил этилади.
Давлатимиз раҳбари ҳудудга коммуникация тармоқлари тортиш, уйларга замонавий хизмат кўрсатишни ташкил этиш бўйича кўрсатмалар берди.
Президент Фарғона вилоятига ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил строительную площадку массива "Янги Узбекистон" в городе Фергане.
На территории площадью 300 гектаров планируется построить 298 многоэтажных домов. На площади в 70 гектаров посреди массива будет создан парк «Янги Узбекистон» с искусственным озером.
Глава государства поручил обеспечить массив коммуникационными сетями, организовать современное коммунальное обслуживание.
Президент завершил поездку в Ферганскую область и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #massiv

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#online

Республика ишчи гуруҳининг Сайёр қабули Наманган шаҳрида ўз ишини бошлади

Айни дамда Наманган шаҳридаги Наманган давлат университетининг талабалар турар жойи ховлисида Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси Т. Худойбергенов раҳбарлигидаги вазирлик, секторлар, ҳудудий ташкилот ва идоралар вакиллари иштирокида оммавий сайёр қабул бўлиб ўтмоқда.

Мурожаатлар жойида ўрганилиб, ижобий ечими таъминланмоқда.