NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.7K photos
903 videos
9 files
4.14K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya hamma vaqt taraqqiyot kushandasi bo‘lgan

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘lim va filialida bo‘lib, unda shaxsiy tarkib bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda xodimlarda korrupsiya illatining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik hisini shakllantirish maqsadida, kishilik jamiyatining har qanday tizimida, hayotda bu jirkanch yo‘lni tanlagan kimsalarning ayanchli qismati haqida gapirdi. O‘z hayot yo‘lini to‘g‘riso‘zlik, halollik va mehnatsevarlikka baxshida etgan fidoyi insonlarning el-yurt va jamiyatimizda ardoqlanganligini hayotiy misollar bilan so‘zlab berdilar.

🔹Suhbat jarayonida, kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash sohaning har bir xodimidan, xoh u kadastr muhandisi bo‘ladimi yoki bo‘lim boshlig‘imi, metin irodani va matonatni talab etishini, buning uchun xodimlardan bilim va oddiy insoniy bag‘rikenglikni, o‘z kasbiga nisbatan  hurmat va masʼuliyatni talab etishi taʼkidlab o‘tildi.

🔹Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari alohida tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi.

🔹Shu bilan birga, bo‘lim va filialda ijro va mehnat intizomining ahvoli, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Shu bilan birgalikda, arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, fuqarolar murojaatlarining asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹Suhbat savol javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiynayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha atroflicha maslahatlar oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - halokatga yetaklovchi yo'l


Korrupsiya illati har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

🫥 O'tgan bir hafta davomida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, o'z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashish mavzularida davra suhbatlari o'tkazildi.

▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3, 4
▫️Surxondaryo viloyati 1,
2, 3
▫️Namangan viloyati 1, 2, 3
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Toshkent shahar 1, 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Buxoro viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🆕 Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Bugun Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudovning topshirig‘iga asosan, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

✔️ Seminar treningda boshqarmalar rahbarlari B.Pazilov va M.Tursunbayevlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislar M.Nurmatov, A.Obidovlar, boshqarmalarning bo‘lim va sho‘ba boshliqlari qatnashdilar. Tuman (shahar) bo‘lim va filiallari xodimlari videoselektor orqali ulandilar. Tadbirda 350 nafardan ziyod kadastr xodimlari ishtirok etdilar.

✔️ Mashg‘ulot jarayonida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonlaridan tayyorlangan slaydlar namoyish etildi.

✔️ Seminar trening  mashg‘uloti davomida maʼruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ Seminar yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-trening mashg‘uloti savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar

Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma boshlig'i B.Pazilov boshchiligida tuman, shahar bo'lim boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi.

✔️ Unda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

✔️ Seminar jarayonida maʼruzachi M.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga taqdimotlar orqali yetkazdi.

✔️ Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Biz
korrupsiyaga qarshimiz!

🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdilar.

🟢Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazdi.

🟢Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

🟢Bundan tashqari, kadastr sohasiga bevosita aloqador bo‘lgan yangi qonun - “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunda kadastr idoralarining o‘z vakolat doirasidagi bajaradigan ishlarini, ushbu qonun bilan ko‘chmas mulklarga huquq e’tirof etilishi jarayonida aynan bir tashkilotning xulosasi bilan hal bo‘lmasligini, hech bir xodim bu bo‘yicha va’da berishga huquqi yo‘qligi, bunda inson omili aralashmasligini inobatga olib ish yuritishlarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Turli g‘arazli maqsadlarda kadastr xodimlarini yo‘ldan urishga urinadigan kimsalardan hushyorlikka chaqirdi.

🟢Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.

🟢Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi.

🟢Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Biz
korrupsiyaga qarshimiz! Halollik — asosiy mezon

🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Norin tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdilar.

🟢Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazdi.

🟢Bundan tashqari, kadastr sohasiga bevosita aloqador bo‘lgan yangi qonun - “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunda kadastr idoralarining o‘z vakolat doirasidagi bajaradigan ishlarini, ushbu qonun bilan ko‘chmas mulklarga huquq e’tirof etilishi jarayonida aynan bir tashkilotning xulosasi bilan hal bo‘lmasligini, hech bir xodim bu bo‘yicha va’da berishga huquqi yo‘qligi, bunda inson omili aralashmasligini inobatga olib ish yuritishlarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Turli g‘arazli maqsadlarda kadastr xodimlarini yo‘ldan urishga urinadigan kimsalardan hushyorlikka chaqirdi.

🟢Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.

🟢Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi.

🟢Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM