NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
9.96K photos
913 videos
9 files
4.22K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatga ko'ra, avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan koʻchirma berish davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer nazorati natijalari va tahlillari

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Viloyatining 14 ta shahar va tumanlarida Ishchi guruhlar tuzilib, maxsus dronlar yordamida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Aniqlangan yer qonun buzilishlar bo‘yicha planshetlardan foydalangan holda “E-YER NAZORAT” axborot tizimiga kiritilib, tegishli qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

🔹Hozirgacha kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida viloyat bo‘yicha jami 542 ta holatda jami 70,12 gektar yer maydonida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

🔹Shundan, 513 tasi yoki 13,2 gektari aholi yashash punkti yerlarida, 29 tasi esa yoki 56,9 gektari qishloq xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan.

🔹Shuningdek, 0,75 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoniga noqonuniy qurilish aniqlangan 14 ta holat bo‘yicha Prokuratura organlariga huquqiy baho berish uchun nazorat dasturi orqali yuborildi.
  
‼️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Sizlardan noqonuniy qurilish qilmaslikni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlaringizni so‘rab qoladi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastrchilar xalq xizmatida

🔹Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Norin tuman filiali tomonidan bevosita filialga qabulga kelgan murojaatchilar yoki tuman hokimligidan, tuman Xalq qabulxonasidan hamda virtual qabulxonalar orqali kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tumanda 57 ta MFY mavjud bo‘lib, har bir mahallaga kadastr xodimi biriktirilgan.

🔹Filialiga joriy yilning 4 oyida jami 325 ta murojaatlar kelib tushgan. Ular tuman filiali rahbar va mutaxassislar tomonidan joylarga chiqib, xonadonlariga borilgan holda o‘rganildi. Ulardan 211 tasi yoki 65% ijobiy hal qilindi va 97 tasiga huquqiy tushuncha berildi hamda 17 ta murojaatni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.

🔹Masalan, Norin tumaning “To‘da” MFY dan fuqaro R. Davlatov va “Toshqin” MFY dan fuqaro O. Axmedovlarning tuman hokimligiga kadastr masalasida qilgan murojaatlari hamkorlikda, Ishchi guruh tuzilgan holda joyida o‘rganilib, murojaatlarni ijobiy hal etildi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan, tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov, Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayevlar qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi shu kungacha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Barcha uchun muhim raqamlar

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


◼️Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun 2024-yil 31-may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan malaka imtihoni ma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi.

Kelasi malaka imtihoni sanasi muddatidan 5 kun avval e'lon qilinishini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurshish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

🔹Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Yangiqo‘rg‘on tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

👉BATAFSIL

Матбуот хизмати.

Telegram | Instagram | Facebook