NAMANGAN KADASTR
936 subscribers
9.05K photos
846 videos
9 files
3.96K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan, tanqidiy va tahliliy, tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi va Viloyat hokimi Sh.Abdurazaqovning topshirig‘ini barcha qatnashchilarga yetkazib, umumiy holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 9⃣ – Xotira va qadrlash kuni 💐

Aziz yurtdoshlar!

🌟 Kadastr agentligi jamoasi 9 may - Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo, xalqimiz abadiy bo‘lsin!

#Kadastr_agentligi #9_may

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 4 808 ta yer maydonlari ochiq auksion savdolariga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron savdolarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 903 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 383 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 182 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 272 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 429 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'g'on tumanidan 111 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 497 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 400 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 264 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 692 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 675 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi 153-sonli qarori va 2024-yil 18-yanvardagi 15-sonlifarmoni asosida yangi tartibda ochiq elektron savdoga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo'lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da faol ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning Namangan tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

🔷 Vaqti:  16-may 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.

🔷 Manzili: Namangan tumani, Katta Toshbuloq MFY, Mustaqillik ko'chasida joylashgan Nuroniylar maskani binosida.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook