NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
9.96K photos
913 videos
9 files
4.22K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Namangan viloyati bo'yicha 2 462 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

▪️Mingbuloq tumanidan 84 ta (koʼrish)
▪️Kosonsoy tumanidan 197 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumanidan 67 ta (koʼrish)
▪️Norin tumandan 88 ta (koʼrish)
▪️Pop tumandan 554 ta (koʼrish)
▪️To'raqo'rg'on tumanidan 224 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumanidan 98 ta (ko'rish)
▪️Uchqo'rg'on tumanidan 125 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumanidan 341 ta (ko'rish)
▪️Chust tumanidan 345 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo'rg'on tumanidan 244 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahridan 95 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_4

Yangi tashkil qilingan Yangi Namangan tumanidagi yangilanishlar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Yangi Namangan tuman filiali tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida filial rahbari Sohibjon Pattayev bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastrda_bunyodkorlik_ishlari

Zamonaviy kadastr  xalq xizmatida

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimidagi 12 ta tuman kadastr filiallarida 2018-yilgacha atigi 2 ta tuman filiali o‘z binosiga ega bo‘lib, 6 ta tumanda moslashtirilgan binolarda, 4 ta tumanda esa ijaradagi binolarda faoliyat olib borilgan. Xizmat ko‘rsatish ham shunga yarasha yozda issiq, qishda sovuq xonalarda edi.

🔹Muhtaram Prezidentimizning sohaga bo‘lgan eʼtiborlari va 2022-yilning 20-oktyabrda qabul qilgan PQ-405-sonli qarorlariga muvofiq 2023-2026 yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash dasturiga  asosan Namangan viloyatida ham bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr xizmati Inson manfaatlari yo'lida

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🔹Bu ishlarda, boshqarmaning yangi tashkil qilingan Davlatobod tumani filiali xodimlari hozirgacha o‘z hududlaridagi 25 dan ortiq mahallalarda bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar va amaliy yordam bermoqdalar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

🔹Fuqarolar xonadonbay tashkil etilgan ishlardan xursand bo'lib o'z roziliklari va minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

Ijtimoiy tarmoqlarda bo'sh turgan yoki foydalanilmayotgan yerlarga kadastr qilish aksiyasi bo'layotganligi to'g'risida tarqalgan xabarlarga 📺«MY5» telekanalining "Markaziy studiya" ko'rsatuvida batafsil javob berildi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida sayyor qabul boshlandi.

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari Nasritdinov Ahadxon Akmalovich boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari uchun to‘lovni 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi

🔹Prezidentimizning 2023-yil 21-noyabrdagi “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to‘lovlarini 24 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.

🔹Bunga qadar 12 oy muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

🔹 Bugun Namangan viloyati Mingbuloq tumani, Oybek MFY, 2- bolalar musiqa va san'at maktabi binosida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Nasritdinov Ahadxon Akmalovich boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

🔹Qabulda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 15 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 5 nafariga joyining o‘zida yechim topildi, 6 nafar murojaatchiga huquqiy tushuncha berildi, 4 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

🌟Kadastr agentligi tomonidan barcha eski tizimlardagi ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

💻 Shu kunlarda agentlik mutaxassislari tomonidan navbatdagi 500 mingta noturar joy obyektlariga oid 4 milliondan ortiq ma’lumotlar UZKAD tizimiga o‘tkazish (migratsiya) ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chmas mulk, uning egalari, unga bo‘lgan huquqlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Migratsiya jarayonida qo‘shimcha mantiqiy tekshiruv va solishtiruv jarayonlarini ham joriy qilinganligi sabab, migratsiya jarayonlari belgilangan muddatdan ko‘p muddat talab qilmoqda.

🟢Hozirgi kunda 300 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari migratsiya qilinib, ushbu ko‘chmas mulklar bo‘yicha notarius, yagona portal va davlat xizmatlari markazlari orqali 2 mingga yaqin arizalar qabul qilindi.
Rejadagi yana 200 mingta obyektlar hozir migratsiya jarayonida. Ushbu jarayon hisob kitoblarimizga ko‘ra 19-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Migratsiya jarayonidan o‘tib bo‘lgan ko‘chmas mulklar bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

O‘z navbatida keltirilgan noqulaylik uchun yurtimiz aholisidan yana bir bor uzr so‘raymiz.


📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari

📣Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🔹Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan viloyatida joylashgan va faoliyat yuritayotgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz:

📍
Namangan shahri
📍Mingbuloq tumani
📍Kosonsoy tumani
📍Namangan tumani
📍Norin tumani
📍Pop tumani
📍To'raqo'rg'on tumani
📍Uychi tumani
📍Uchqo'rg'on tumani
📍Chortoq tumani
📍Chust tumani
📍Yangiqo'rg'on tumani

Biz Sizga xizmat ko'rsatishdan mamnunmiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook