NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#huquqiy_targibot

Tilsiz yovdan ehtiyot bo‘ling!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq har yili qish mavsumi arafasida, yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy yil 15 noyabr –15 dekabr kunlari respublika hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni  o‘tkazish belgilangan.

🔹“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida birinchi galda xodimlarda yong‘in xavfsizligi masalalarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularda shaxsiy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish asosiy maqsad qilib olingan.

Yuqoridagilarga asosan quyidagilarga amal qiling!

1. Barcha yong‘in xavfsizligi uchun ajratilgan inventarlar yaroqliligi o‘rganib soz holga keltiring.
2. Barcha yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiyalar sozligi tekshirib ko‘ring.
3. Yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlarida faol qatnashing.
4. Xodimlar o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga amalga oshiring.  
5. Arxivlar, omborxonalar, yerto‘lalar, cherdaklar yong‘in xavfsizligiga qoidalariga mos kelishini taʼminlang.
6. Kotyollar, isitish moslamalari, elektr shitlari nazoratdan o‘tkazing.
7. Chekmang!
8. Eskirgan, ishga yaroqsiz yong‘in xavfsizligi inventarlari yangisiga almashtiring.
9. Elektr isitish asboblarini qarovsiz qoldirmang!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

🇺🇿Konstitutsiyani o'rganamiz


68-modda
🔹Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

🔹Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_4

Mingbuloq tumanida aholiga kadastr xizmatlari ko'rsatish borasidagi ishlar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali tomonidan joriy yilning 10 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida filial rahbari Sherzod Axmedov bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

🇺🇿Konstitutsiyani o'rganamiz


79-modda
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"MAXSUS REPORTAJ" informatsion dasturida kadastr masalalari

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan Yer resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi bo'yicha Kadastr tizimida qator vazifalar belgilab olindi. Xususan yerlarni masofadan turib zondlash, hududlar chegaralari belgilash ishlari bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr xizmati Inson manfaatlari yo'lida

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman  filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🔹Bu ishlarda, boshqarmaning Chortoq, Kosonsoy, Norin tumani filiallari xodimlari hozirgacha o‘z hududlaridagi 45 dan ortiq mahallalarda bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar va amaliy yordam bermoqdalar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda. Fuqarolar xonadonbay tashkil etilgan ishlardan hursand bo'lib o'z roziliklari va minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli Mingbuloq tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qodirxon Sattarovich Gapparovning  Mingbuloq tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

🔷 Vaqti:  13-dekabr 2023-yil soat 10-00 da boshlanadi.

🔷 Manzili: Namangan viloyati Mingbuloq tumani, Oybek MFY, 2-musiqa va san'at maktabi binosi.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #dastur_4

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida yerlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida bo'lim rahbari Abdulvohid Shodmonov bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

🇺🇿Konstitutsiya - baxtimiz qomusi🇺🇿

🔹Bugun 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" mavzusida tadbir o'tkazildi.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E'LON!

⭐️ Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlar tugallangunga qadar kadastr xizmatlaridan vaqtincha foydalana olmasliklarini ma'lum qilamiz.

▪️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

🔹Har yili dunyo bo‘ylab 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi. Meksikaning Merida shahrida 100 dan ortiq davlatlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Siyosiy konferensiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi aynan ana shu sanada imzolangan bo‘lib, mamlakatimiz ham 2008-yilning 7-iyulida ushbu konvensiyaga qo‘shilgan va bu g‘ayriijtimoiy illatga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan edi. Bugungi kunda jahonning 172 davlati mazkur konvensiya aʼzosi hisoblanadi.

🔹Muhtaram Prezidentimizning saʼy harakatlari bilan mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi.

👉Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
MADHIYA - MILLIY G'URURIMIZ

🇺🇿 10-dekabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!

🇺🇿 1992-yil 10-dekbr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

🇺🇿 Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook