NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
921 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Сариосиё тумани Боғистон маҳалласида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Тўпаланг сув омборидан ичимлик суви билан таъминлаш лойиҳаcининг биринчи босқичини ишга тушириш маросими бўлди.

В махалле Богистон Сарыасийского района с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония запуска первой очереди проекта по питьевому водоснабжению из Тупалангского водохранилища.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ichimliksuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#milliy_yer_hisoboti

Milliy yer hisobotini yuritish raqamlashtirilmoqda


🔹Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev boshchiligida ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan yig'ilishda berilgan dolzarb topshiriqlardan kelib chiqib Namangan viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiali uchun tezkor yig'ilish o'tkazildi.

🔹Yig'ilish avvalida boshqarmaning Davlat yer kadastrini yuritish sho'basi boshlig'i O.Usmonov Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi "Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 578-sonli qarori mazmun mohiyati bilan tuman filiallari rahbarlarini tanishtirdi.

🔹Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga Milliy yer hisobotini tuzish ishlari, "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlarini qayta ko‘rib chiqilishi holatlari, tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_4

Kadastr - inson manfaati ustuvor soha.

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida aholiga kadastr xizmatlari ko'rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar
haqida videolavha.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo'rg'on tuman filiali tomonidan joriy yilning 10 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida filial rahbari Donyor Hasanov bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#ma_naviy_ma_rifiy_ishlar

🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

🇺🇿G‘urur va iftixorimiz ramzi, Vatanimiz bayrog‘i 1991-yil 18-noyabr, dushanba kuni, O‘zbekiston Respublikasi oliy Kengashining sessiyasida, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni bilan qabul qilingan edi.
Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida milliy bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹Tadbirda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy kengashi raisi o'rinbosari M.Nurmatov bayroqning yaratilish tarixi, uning ahamiyati haqida tarixiy misollar bilan tushunchalar berdi.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Jurayev “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati va ahamiyatli jihatlariga to‘xtaldi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilayotgan, yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan muhim, dolzarb mavzular haqida ma'lumot berib boruvchi navbatdagi Siyosiy-maʼrifat soatida ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook